|
Osiyodagi kraudfanding platformalariBog'liq 18-mavzu. Startaplarni moliyalashtirish RejaOsiyodagi kraudfanding platformalari
Yaqin Sharqda faoliyat ko‘rsatadigan Aflamnah platformasi (BAA) asosan
kino va ijodiy loyihalarga mo‘ljallangan.
Xitoydagi eng yirik DemoHour karudfanding platformasi 2011 yilda ish
boshlagan.
Janubi-Sharqiy Osiyoda Singapurning ToGather.Asia platformasi 2012 yilda,
Indoneziyaning KitaBisa platformasi 2013 yilda faoliyat ko‘rsatishni boshlagan.
Kraudfanding haqida qiziqarli faktlar
2001 yilda AQShda tashkil etilgan musiqa yo‘nalishidagi ArtistShare sayti
dunyodagi birinchi kraudfanding platformasi hisoblanadi.
2008 yilda Barak Obama saylov kampaniyasi uchun praymeriz bosqichida
ikki milliondan ortiq kishidan 272 mln dollarga yaqin pul to‘plagan.
iPhone va Android qurilmalari bilan sinxronlashuvchi Pebble qo‘l soatlarini
yaratish uchun 2012 yilda 10 mln 200 ming dollardan ortiq pul yig‘ilgan.
2014 yilda Zak Braun Kickstarter platformasida kartoshka salati tayyorlash
uchun 55 492 dollar yiqqan: bu kraudfanding tarixidagi eng muvaffaqiyatli hazil
loyihalardan biri hisoblanadi.
Ssenariynavis Rob Tomas «Veronika Mars» teleserialini film qilib ishlab
chiqarish uchun Kickstarter’da taklif bergan va buning uchun 2 mln dollar
kerakligini bildirgan. Serial ishqibozlaridan jami 6 mln dollar pul tushgan va 2014
yilda film suratga olingan.
The Dash – “aqlli” simsiz quloqchinlarini ishlab chiqarish loyihasi uchun 260
ming dollar to‘planishi zarur bo‘lgan holda Kickstarter orqali qariyb 4 million dollar
to‘plangan.
Monolith Board Games LLC kompaniyasi "Konan-varvar" filmi asosida
kompyuter o‘yini yaratish uchun 80 ming dollar kerakligini ma’lum qilgach, bu
g‘oyadan ilhomlangan odamlar loyiha uchun naqd 3,3 million dollar
yig‘ib berishgan.
|
| |