|
Oddiy va murakkab guruhlash
|
bet | 4/4 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 65,61 Kb. | | #125169 |
Bog'liq STATISTIK KUZATISH USLUBIYATI, STATISTIK JAMLASH VA GURUXLASH.Oddiy va murakkab guruhlash
Oddiy yoki bir o`lchamli guruhlash bir belgi asosida, murakkab yoki ko`p o`lchamli guruhlash ikki va undan ortiq belgilar asosida tuzi-ladi.
Guruhlash bir yoki bir necha belgilar asosida tuzilishi mumkin. Bir belgi asosida tuzilgan guruhlash oddiy yoki bir o`lchamli, ikki va undan ortiq belgilar asosida qurilgan guruhlash murakkab yoki ko`p o`lchamli guruhlash deb ataladi. Bir omil belgi asosida tuzilgan analitik guruhlash o`rganilayotgan omil bilan natijaviy belgi orasidagi bog`lanishni aks ettirsa ham, ammo bu bog`lanish sof holda yuzaga chiqmaydi, chunki omilning o`zi boshqa omillar ta`siri ostida shakllanadi va shu sababli natijaviy belgi o`zgaruvchanligi bevosita o`rganilayotgan omil ta`siridan tashqari yana yot «shovqun» ga ham bog`liqdir.
Ikkilamchi guruhlash
Statistik guruhlashning yuqoridagi turlari dastlabki har bir ob`ektga tegishli ma`lumotlar asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun birlamchi guruhlash deb yuritiladi. Lekin bunday birlamchi guruhlashlar bilan bir qatorda ularning natijalarini qayta ishlash yo`li bilan tuziladigan ikkilamchi guruhlash ham mavjuddir. Bu usulga odatda birlamchi guruhlash natijalari maqsadga muvofiq bo`lmasa, yoki ularni taqqoslash maqsadiga moslashtirish zarurati tug`ilganda murojaat qilinadi. Ikkilamchi guruhlash ikki yo`l bilan amalga oshiriladi.:
birlamchi guruhlar oraliqlarini ixchamlashtirib maqsadga
muvofiqlashtirish;
umumiy yig`indiga nisbatan ayrim guruhlarning salmog`ini
ixtisoslashtirish.
Xulosa
Guruhlash hodisa va jarayonlarni o`rganish uchun statistik to`plamlarni tuzish, ularni chegaralash va statistik axborotlarni yaratishning muhim qurolidir. Bu usul yordamida statistik kuzatish natijasida to`plangan besanoq, tarqoq, tasodifiyot girdobida o`ralib qolgan, hom boshlang`ich materiallar asosida ixcham bir-biri bilan uzviy bog`langan, ma`lum tartib-qoidalarga, qonuniyatga bo`ysungan, tuzilmaviy shakllarga ega to`plamlar barpo etiladi.
Guruhlash hodisa va jarayonlarni sifat xossalariga asoslanib, o`zaro bog`lanishda tartiblash bo`lsa, guruhlash tasniflarni kundalik hayotda tuzish va ijtimoiy-iqtisodiy tahlil jarayonida qo`llashdir. Guruhlash ko`proq miqdoriy belgilarga tayanadi. Agarda tasniflash o`rganilayotgan ob`ektlarning sifat xususiyatlarini bilishni va faqat ularga tayanishni talab qilsa, guruhlash ularning muayyan sharoitda odatda miqdoriy jihatdan namoyon bo`lish natijalariga tayanadi. Shu bilan birga u guruhlarni tuzish va chegaralash uchun belgilarni saylab olish va hamda pirovard natijalarini talqin (tahlil qilish) qilishda o`rganilayotgan ob`ektlarning sifat mohiyatini hisobga olishni talab qiladi.
Shunday qilib, guruhlash to`la qonli statistik usul va operatsiyadir.
Guruhlashning har xil turlari va usullari bo`lganidek, guruhlashning ham turli usullari mavjud. Tipologik, analitik va tuzilmaviy guruhlashlar, oddiy va kombinatsion, bir o`lchovli va ko`p o`lchovli, birlamchi va ikkilamchi guruhlashlar shular jumlasidandir.
Guruhlash usulidan amaliy ishda foydalanayotganda guruhlarni tuzish va ularni ta`riflovchi birlamchi mutloq va o`rtacha ko`rsatkichlarni hisoblash bilan odatda chegaralaniladi. Ammo bu holda statistika uslubi ya`ni analitik statistika to`la qonlikda qo`llanildi, deb bo`lmaydi, chunki u guruhiy ko`rsatkichlarni va ular orasidagi bog`lanishlarni baholashni, ishonchli ekanligini aniqlashni talab qiladi. Shuning uchun guruhlash natijalarini elastiklik va barqarorlik ko`rsatkichlarini hisoblash hamda dispersion tahlil bilan to`ldirish va takomillashtirish kerak. Natijada guruhlash statistika usuli sifatida boy mazmunga ega bo`ladi va analitik ahamiyati kuchayadi.
Asosiy adabiyotlar
James McClave, Terry Sincich Statistics. Textbook. USA. 2013 year.
Daris Singpurwalla A Handbook of statistics: an Overview of Statistical Methods 1 st edition. 2013 year.
Soatov N.M., X.Nabiev N.M., Nabiev D., Tillaxo’jaeva G.N. Statistika. Darslik. – T.: TDIU, 2011. – 546 bet.
Абдуллаев Ё. Статистика назарияси. Дарслик. ‒Т.: Ўқитувчи, 2002 ‒ 647 б.
Soatov N.M., Tillaxo’jaeva G.N. Statistika nazaryasi. Darslik. – T.: TDIU, 2005, – 248 bet.
Internet saytlari
www.stat.uz – Ўзбекистон Республикаси давлат статистика қўмитаси расмий сайти.
www.mf.uz – Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги сайти.
www.lex.uz – Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси.
www.mineconomu.uz – Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт вазирлиги сайти.
|
| |