|
Statistik jamlash va guruhlash
|
bet | 3/4 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 65,61 Kb. | | #125169 |
Bog'liq STATISTIK KUZATISH USLUBIYATI, STATISTIK JAMLASH VA GURUXLASH.Guruhlash turlari
Guruhlash statistik bog`lanishlar va qonuniyatlarni aniqlash, o`rganilayotgan to`plamning tuzilishini o`rganish va xo`jaliklarning sotsial-iqtisodiy tiplarini tasvirlash maqsadida bajariladi. Uning har xil turlari va shakllari mavjud.
Guruhlash maqsad va vazifalariga qarab uch turga bo`linadi:
tipologik;
analitik;
tuzilmaviy guruhlash.
Tipologik guruhlash deganda - o`rganilayotgan hodisalar to`plamini sotsial-iqtisodiy tiplarga taqsimlash tushuniladi. Tip so`zi quyidagi lug`aviy mazmunga ega: 1) bir turdagi narsa uchun umumiy bo`lgan namuna; 2) biologik hayvon va o`simliklar sistematikasidagi o`zaro o`xshash sinflarni birlashtiradigan oliy bo`linma 3) bir qator ichki yoki tashqi belgilar yagonaviyligi asosida birlashgan kishilar kategoriyasi.
Sotsial iqtisodiy tip jamiyatda iqtisodiyotda bajaradigan funktsiyalar va tutgan o`rinning umumiyligi bilan belgi-lanadi
Социал-иқтисодий тип - деганда жамиятда, иқтисодиётда бажарадиган функциялари ва тутган ўрни умумийлигига асосланган хўжалик юритувчи субъектлар, шахслар, қандайдир нарсалар (ишлаб чиқариш воситаси, ишловчи куч ва ҳ.к.) категорияси, тўплами тушунилади.
Tuzilmaviy guruh-lash - bu bir belgi asosida to`plam tizilishini tas-virlovchi taqsimot qatori-dir.
Tuzilmaviy guruhlash odatda ma`lum bir belgiga qarab to`plam tuzilishini ta`riflaydi. Buning uchun dastlab bir belgi asosida taqsimot qatori tuziladi, so`ngra har qaysi guruh uchun tuzilmani ta`riflovchi to`plama ko`rsatkichlar, masalan guruhlash belgisining guruhlardagi yig`ma hajmi va u bilan yaqindan bog`liq bo`lgan belgilar to`plama miqdorlari hisoblanadi va nihoyat ularga asoslanib ayrim guruhlarning umumiy to`plamdagi hissalari aniqlanadi.
Tuzilmaviy guruhlash taqsimot qatorlari bilan umumiylikka ega, ammo ulardan qator jihatlari bilan farq qiladi.
Tuzilmaviy guruhlashlar bilan taqsimot qatorlari bir biriga o`xshashib ketadi, ammo ular vazifalari va tuzilish jihatidan bir biridan farq qiladi. Tuzilmaviy guruhlashda ko`zlangan maqsad - to`plam tuzilishini o`rganish. Buning uchun har bir tuzilma bir to`da ko`rsatkichlar yordamida tavsiflanishi kerak, bu holda uning turli jihatlari oydinlashadi. Taqsimot qatorlari esa statistik to`plam tuzilmaviy xususiyatlarini va qonuniyatlarini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Tuzilmaviy guruhlashlar tizilishidagi o`zgarishlarni dinamika va fazo jihatidan statistik o`rganish va miqdoriy baholash imkonini beradi. Buning uchun ikki usuldan foydalanish mumkin: biri - har bir to`plamning ichidagi farqlarni miqdoriy baholashga asoslanadi, ikkinchisi esa - to`plamlar tuzilishi orasidagi farqlarni baholashga tayanadi.
Birinchi holda har bir to`plam ichki tuzilmaviy farqlari ularning o`rtacha absolyut qiymati va o`rtacha kvadratik qiymati hamda ularning koeffitsientlari yordamida baholanadi. Agarda ayrim guruhlar uchun o`rganilayotgan ko`rsatkich mi bo`lsa, ularning to`plamdagi salmog`i (ulushi, qismi)
u holda: o`rtacha absolyut salmoqlar farqi (1)
(ishorasi hisobga olinmaydi)
uning koeffitsienti (2)
salmoqlarning o`rtacha kvadratik farqi (3)
va uning koeffitsienti bu erda: .
Bu ko`rsatkichlar to`plamlar tuzilishini dinamika yoki fazo jihatdan qiyosiy tahlil qilish uchun hisoblanadi.
Ikkinchi holda ikki qiyoslanayotgan to`plamlar tuzilishini ifodalovchi tuzilma salmoqlari (di) orasidagi farqlar asosida hisoblanadigan o`rtacha arifmetik va o`rtacha kvadratik farqlar qiymati va ularning koeffitsientlaridan miqdoriy baholash ko`rsatkichlari tashkil topgan.
Bu erda: di1 -joriy davrdagi (yoki taqqoslanuvchi) to`plam guruhlari (tuzilma) ning salmoqlari
di0-o`tgan davrdagi (yoki taqqoslovchi) to`plam guruhlarining salmoqlari
Q - ikki to`plam tuzilishidagi farqlarning o`rtacha absolyut qiymati (ishorasi inobatga olinmaydi)
S-ikki to`plam tuzilishidagi farqlarning o`rtacha kvadratik qiymati
K - o`rtacha absolyut farqlar darajasi
KS - o`rtacha kvadratik farqlar darajasi.
Analitik guruhlash - bu belgilar orasidagi o`zaro bog`lanishlarni tasvirlovchi guruh-lashdir.
Analitik guruhlash deb ikki va undan ortiq belgilar orasidagi o`zaro bog`lanishlarni ta`riflovchi guruhlash ataladi.
Analitik guruhlashda ikki toifadagi belgilar ishtirok etadi: biri - omil belgilar, ikkinchisi - natijaviy belgilar. Natijaviy belgi deb boshqa belgilar ta`siri ostida o`zgarayotgan belgi ataladi, omil belgi esa unga ta`sir etayotgan, uni o`zgarishiga sabab bo`layotgan belgi yoki belgilardir.
Analitik guruhlash odatda omil belgi yoki belgilar asosida tuziladi, har qaysi guruh esa natijaviy belgilar bilan ta`riflanadi.
|
| |