I BOBTELEVIZION ESHITTIRISH ASOSLARI




Download 9.93 Mb.
bet2/59
Sana13.08.2023
Hajmi9.93 Mb.
#78480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
МАЖМУА Студ ЛОТИН (2)
Sillabus komp.arx sirtqi, Сайлов участкаси учун, Ilk o\'spirinlikning psixologik xususiyatlari by Yusupova Hilola, Abduqodir Qurolov, Qanday o’zbek piravayderlarini bilasiz, Dasturiy injinering 1-mustaqil ish, Qo\'llanma tarjima, KIRISIW omir qawipsizligi, Qawplerdi kvantifiaciylardin sani, 30D535HB, Ketma-ketlik limiti-fayllar.org (2), Ariza (javob olish), 4, ma\'navyat soati bayonnoma tayyor
I BOBTELEVIZION ESHITTIRISH ASOSLARI.
§ 1 Televizion eshittirish asoslari tarixi
"Televizor" atamasi (uzoqdan yoki uzoqdan ko‘rish) 1890 yilda paydo bo‘lgan. Hozirgi vaqtda televideniya zamonaviy radioelektronika sohasi bo‘lib, u kosmosda joylashgan jismlarning harakatlanuvchi va harakatsiz tasvirlarini elektr vositalar yordamida uzatish va qabul qilish bilan shug‘ullanadi. Hozirgi kunda kundalik hayotimizni oynai jahonsiz tasavvur qilolmaymiz. Texnika taraqqiyot etgan sari televizorlar ham rivojlanib, mukammallashib bormoqda .
Maʼlumki, ommaviy axborot vositalari orasida televideniye eng kenjasi boʻlib, mamlakatimizda uning paydo boʻlganiga deyarli yarim asr boʻlay deb qoldi . Tasvirni bir manzildan, boshqa manzilga uzatishga urinish ishlari XIX asr oʻrtalarida olib borilgan . Ingliz mexanigi A.Benua surat xolidagi tasvirni uzatish apparatini 1843-yili ixtiro qilgan. A.Benua qogʻozday ingichka qalay parchasiga tasvir tushirib, maxsus siyoh yordamida yozuvlar bitib, qalay taxtachani tasvir tarqatuvchi apparatga oʻrnatgan. Tasvirni qabul qiladigan apparatga esa elektr toki taʼsirida xiralashadigan maxsus, qogʻoz oʻrnatgan. Tasvirni elektr quvvati yordamida masofaga uzatadigan yana bir texnik uskuna loyihasi 1858 yilda Rossiya rasmiy doiralarida muhokama qilganligi haqida ham maʼlumotlar bor.
1897 yili bir muhim ixtiro qilinadi, nemis fizik olimi K.F. Braun osselograf uchun nur tarqatuvchi elektron trubka yaratdi. Ana shundan soʻnggina Peterburg Texnologiya INstituti professori Boris Lvovich Pozing television tasvirni qabul qilish, uni bir manzildan boshqa manzilga uzatishga muvaffaq boʻladi. 1907 yili B.Rozing tasvirni masofaga uzatishda nur tarqatuvchi electron trubkani qoʻllashnitaklif etadi. 1911 yili 22(9) mayda Rozing yorugʻ fonda bir-biriga parallel ikkita qora chizigʻini nur tarqatuvchi electron trubkada qabulqilishni tajribada sinab koʻrdi. Toshkentning Shayxontohur mavzesidagi Bola masjid koʻchasi, 74-uyda, (hozirgi Navoiy koʻchasidagi 199 uy. Hozirgi Toshkent televideniyesi markazi yonida) Yusufxon aka va Hamza opa Mirzamuhamedovlar uyida, 1925—1928 yillarda tasvirni ham uzatuvchi, ham qabul qiluvchi tomonlari toʻla electron tizimiga asoslangan hozirgi zamon televideniyesi yaratilib, jahonda birinchi boʻlib harakatdagi haqiqiy television tasvir qabul qilindi. Ushbu ixtiro asoschilari oʻsha paytdagi Eski shaharning soʻlim hovlisidagi boloxonali uyning bir xonasida yashovchi Boris Grabovskiy bilan Ivan Belyanskiylar edilar.
1928 yilning 4 avgust kuni teletasvirni uzatuvchi apparat koʻchaga oʻrnatildi. «Xiva» kinoteatri oldiga oʻrnatilgan telemajmuaning tasvirni qabul qiluvchi qismida oʻtib ketayotgan tramvay koʻrindi. Bu dunyoda birinchi bor koʻchada toʻgʻridan-toʻgʻri olib koʻrsatilayotgan telereportaj — toshkentlik ixtirochilarning katta gʻalabasi edi. Televizor haqida maʼlumot beradigan boʻlsak, u telestudiyalardan uzatiladigan teleeshittirishlarning signallarini qabul qilish, kuchaytirish hamda tasvir va tovushga aylantirish uchun moʻljallangan radioelektron qurilma. Televizorning rangli va oq-qora, statsiognar va koʻchma xillari bor. Televizion markazdan tarqatilgan electr signallarini toʻlqinlarni qabul qiluvchi antenna tutib, kabel orqalitelevizorga uzatiladi. Bunda tebranishlar kuchayadi, tasvir va tovush signallariga ajraladi, soʻngra kineskop va radiokarnayga oʻtadi. Generatorlar vositasida kineskop ekranida television rastr hosil qilinadi. Oq-qora televizorda tasvir tasvir signallari qora va yorugʻ elementlar koʻrinishida namoyon boʻladi. Qabul qilinadigan dasturlar soniga qarab, televizor bir, uch, besh, oʻn ikki, oʻttiz bir va hokazo kanallari boʻladi. Televizorda qabul qilish uchun metrli toʻlqinlardiapazonida ishlaydigan televizion kanallardan foydalaniladi. Detsimetrli diapazondagi dasturlarni qabul qilish uchun televizorlarga alohida moslama — konverton qoʻyiladi. U detsimetrli signalni qabul qilib, chastotasini birinchi, ikkinchi yoki boshqa television kanal chastotasiga moslab beradi. Televizorlarning tuzilishi standartlashtirilgan. Uning soddalashtirilgan sxemasi kanalning almashlb ulash bloki, tasvir va ovoz kanallari, sinxronlash kanallari, yoyuvchi blok va elektr quvvatlari bilan taʼminlovchi blokdan iborat. Telestudiyalar bir necha dasturni bir vaqtda uzatadi. Ulardan keragini koʻrish uchun televizorda sozlash blokidan foydalaniladi. Bu sozlash bloki yuqori chastotali kuchaytirgich bilan tutashtirilgan boʻladi. Tasvir va tovush signallari bir-biridan farq qiladigan chastotalarda uzatilganligi uchunbu signallar kuchaytirilganidan soʻng yuqori chastotali tebranishlar ajraladi va boshqa-boshqa mustaqil kanallar boʻyicha ketadi. Tovush signallari tebranishlari tovush blokiga tushadi. Tasvir blokida detector yuqori chastotali tebranishlardan tasvir signallarini ajratib oladi. Rangli televizorlarning tuzilishi ancha murakkab, ular oq-qora televizorlardan ranglar kanali bloki va rangli kineskopi bilan farq qiladi. Rangli televideniye tizimi uch kanalli boʻladi. Monoxrom tashkil etuvchilar — qizil, koʻk va zangori ranglar rang qorgichchida aralashadi, soʻngra uzatgich modilyatoriga oʻtadi. Tebranishlar qabul qilgichda qaytadan uch chastota kanaliga boʻlinib, rangli kineskopga oʻtadi. Sifat koʻrsatkichlari, ekranning oʻlchami va foydalanishga qulayligi boʻyicha televizor toʻrt sinfga boʻlinadi: I—III sinfdagisi — statsionar televizorlar, IV sinfdagisi — portativ, yaʼni koʻchma televizorlar, odatda, televizorlar bosma montajdan keng foydalanilgan alohida konstruktiv bloklardan tuziladi. Televizorlarda asosan, yarim oʻtkazgichli asboblar, integral platalar, tranzistorlar qoʻllaniladi. Ekrani tekis va elektrlyuminiforda ishlaydigan, juda katta va mitti ekranli televizorlar yaratilgan.

Download 9.93 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Download 9.93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOBTELEVIZION ESHITTIRISH ASOSLARI

Download 9.93 Mb.