Sug’urta keys 2-guruh




Download 21.41 Kb.
Sana27.03.2024
Hajmi21.41 Kb.
#178717
Bog'liq
Keys 2-guruh
O`zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy siyosati va uning asosiy yo`nalishlari.TIF Tovar nomenklaturasi va uning ahamiyati., 11-MA’RUZA. Normal shakllar. Mukammal normal shakllar. Rostlik jadvali bo‘yicha mantiq funksiyalarining ko‘rinishini tiklash(2 soat)., 72H-20I Saloxiddinov Muhammadrizo, Meyoriy hujjatlar Muhammadqulov A, Everyday life, x22WnJIc1Kd1UyDHiL5I2Ca3Hfi1V4qKOcI67pU9, 1-мавзу слайд умумий психология, 1-мавзу слайд, Soliq deklaratsiyasi, biocrossword, 2.Ochiq dars ishlanma Bozorova G, Mavzu Ona tilidan tarqatma materiallar tayyorlash-fayllar.org, 2- ma�ruza mavzu Magnit maydonda o�tkazgichlar. Amper va Lorens, Umida, 1


Sug’urta keys 2-guruh
O’zbekistonda eng kam rivojlangan sug’urta turlaridan biri bu agrosug’urta hisoblanadi. Butun dunyo bo’ylab iqlim o’zgarishlarining barcha sohalariga ta’siri sezira oshib bormoqda, shu jumladan agrosanoatda ham. Shuning uchun ham agrosug’urtaning ahamiyati ortib bormoqda. Albatta O’zbekistonda ham eng birinchilardan bo’lib SEMURG Insurance sug’urta kompaniyasi tomonidan aynan bog’dorchilik va uzumchilik sug’urtasi yo’lga qo’yildi.Ushbu dastur bo‘yicha bog‘bonlar va uzum yetishtiruvchilar hosil yetishmagan taqdirda ham daromad olishlari mumkin. Semurg Insurance sug‘urta dasturlari xalqaro standartlarga mos ravishda ishlab chiqilgan mustahkam himoyadir.
Savollar:
O’zbekiston sharoitida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari qanday xavf-xatarlarga duch kelishi mumkin?
Iqlim o’zgarishlariga, shu jumladan oziq-ovqat xavfsizliga tahdid O’zbekistonning kurashish qobilayatini oshirishda agrosug’urtaning o’rni qanday?
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini sug‘urtalashning qaysi shakli eng maqbul hisoblanadi?

Xorijiy mamlakatlar tajribasiga ko’ra O’zbekiston uchun sug‘urta mukofotini subsidiyalash orqali davlat ko‘magini amalga oshirish halokatli yo‘qotishlar yuz berganda ishtirokchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat yordami ko‘rsatishdan ko‘ra samaraliroq. Shu orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining daromadlari saqlab qolinadi.

Ko‘pgina mamlakatlarda davlat siyosati tabiiy ofatlar sodir bo‘lganda qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi. Bunday ofatlar oqibatlarini qoplash sxemalari kompensatsiya mablag‘larini sug‘urta sektoriga yo‘naltirishni ko‘zda tutadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida sug‘urta infratuzilmasining mavjud bo‘lishi davlatning oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha strategik siyosatni qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, sug‘urta himoyasining mavjudligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli loyihalarga mablag‘ jalb etilishini rag‘batlantiradi, fermerlarning tabiiy ofatlarga bog‘liqligini kamaytiradi, ularning daromadlarini barqarorlashtiradi, aholi bandligi va ijtimoiy himoyasini ta’minlaydi.

Ishlab chiqarish xatari. Ayniqsa, o‘simlikshunoslikda keng tarqalgan. Uni alohida ekinlarning hosildorlik darajasiga ko‘ra baholash mumkin. Ishlab chiqarish xatari darajasi odatda statistik ko‘rsatkichlar bilan o‘lchanadi va hosilning o‘rtacha belgisidan chetlanish darajasi bilan tavsiflanadi.

Narx yoki bozor xatari. So‘nggi o‘n yillikda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari narxlarning sezilarli o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatga asta-sekin moslashdilar. Shunga qaramay, narxlarning o‘zgarishi qishloq xo‘jaligida jiddiy xatar manbai hisoblanadi.

Institutsional xatar. U iqtisodiy siyosatda, qishloq xo‘jaligini huquqiy tartibga solishda, davlatning agrar siyosatida o‘zgarishlar yuz berganda paydo bo‘ladi.

Moliyaviy xatar. Korxonaning kapitalini shakllantirish va to‘plash usuli hamda moliyalashtirilishi bilan bog‘liq. Bu holda xatar zayom kapitali bo‘yicha kredit stavkalarining o‘zgarishi, aksioner kapitalining hajmi va likvidlikning yetarli emasligi bilan bog‘liq.

Shaxsiy xatar (inson omili). Bunda korxonaning xo‘jalik faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan kasallik, xo‘jalik rahbarining mehnat qilish qobiliyatini yo‘qotishi kabi baxtsiz hodisalarning yuzaga kelish ehtimoli nazarda tutiladi.



Ushbu beshta asosiy xavfga qo‘shimcha ravishda shartnoma majburiyatlarining bajarilmaslik xatari, shuningdek, mulkiy xavf kabi turlarni aytib o‘tish mumkin.


Download 21.41 Kb.




Download 21.41 Kb.