• Termiz iqtisodiyot va T.X.Avliyaqulov servis universiteti., p.f.f.d., dotsent v/b
  • Sulaymonova O’g’iloy




    Download 15.62 Kb.
    Sana31.05.2023
    Hajmi15.62 Kb.
    #68120
    Bog'liq
    Tashqi taqriz o\'g\'iloy
    2023 год отк.урок, 38-BOB, Mustaqil ish Matematik oʻqitish texnologiyalari va loyihalash, Abdusamad qarshiyev, mustaqil-ish, vacancy.argus.uz, 1.STEAM.M.Abjalova, Dars ishlanmasi Mavzu; Turli qog‘ozlardan girlyandalar va qor pa, dars jadvali yangi dar 111, 1. Tadbirkorlikning rivojlanish tarixi va mohiyati Tadbirkorlik -fayllar.org, 65EM4DTT, Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimiga yangicha yondashuv, 1. Transformatorlar haqida tushuncha Liniya va transformator par, 5-sinf o’quvchilarining muchal hamda Navro’z tantanalariga b~

    Termiz davlat Pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim nazariyasi 70110201-Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi bitiruvchisi Sulaymonova O’g’iloy Ilhom qizning “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari” mavzusidagi magistr akademik daraja olish uchun yozilgan magistrlik dissertatsiyasiga


    TAQRIZ

    Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim - tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori bilan tasdiqlangan «Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha 2017-2021 yillarga mo’ljallangan dastur»ning asosiy maqsadli vazifalari va yo’nalishlari qatorida ilg’or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish belgilangan.


    Dissertant Sulaymonova O’g’iloyning magistrlik dissertatsiyasi kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligini asoslab, muammoning o‘rganilganlik darajasini, tadqiqotning maqsadi va vazifalarini, ob’ekti va predmetini aniqlagan,shuningdek, tadqiqot ishining maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlariga mosligini ko‘rsatib bergan hamda tadqiqotining ilmiy yangiligi, natijalarning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, natijalarning amaliyotga joriy etilishi, e’lon qilinganligi, ishning tuzilishi borasida ma’lumotlarini kiritgan.
    Dissertatsiyaning “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish pedagogik muammo sifatida” deb nomlangan birinchi bobida, muommolari bu Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirish va bu soha bo’yicha olimlarning qarashlari va yondoshuvlarini tahliliy o‘rgangan va tizimlashtirgan.
    Sulaymonova O’g’iloyning mazkur dissertatsiyasining 2–bobi “Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy va madaniy kadriyatlarga xurmat ruxida tarbiyalash” deb nomlangan bobida uzluksiz ta`lim tizimida maktabgacha ta`limning o’rni, yosh avlodni milliy va madaniy qadryatlar asosida o’zligini anglash o`rni xususida fikr yuritgan. Shuningdek, magistr Sulaymonova O’g’iloy tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini ijodkorlik ko’nikmalarini egallash maqsadida seminar va suhbatlar olib borish kabi dolzarb vazifani amalga oshirishning ahamiyatini asoslagan. Ta’kidlash mumkinki, magistr Sulaymonova O’g’iloyning mazkur dissertatsiya ishi tugallangan tadqiqot sifatida magistrlik dissertatsiyasi talablariga to‘la javob beradi, o‘zining ilmiy amaliy ahamiyatiga ega, ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar kelgusida maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shadi.
    Sulaymonova O’g’iloy 70110201-Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi bo‘yicha magistr akademik daraja olishga loyiq deb hisoblayman va mazkur ishni ijobiy baholayman.
    Termiz iqtisodiyot va T.X.Avliyaqulov
    servis universiteti., p.f.f.d., dotsent v/b
    Download 15.62 Kb.




    Download 15.62 Kb.