Ikkinchi daraja - kriogen kompyuter




Download 4,04 Mb.
bet3/5
Sana22.07.2024
Hajmi4,04 Mb.
#268218
1   2   3   4   5
Bog'liq
21-maruza

Ikkinchi daraja - kriogen kompyuter. U ham kompyuterning yangi bir turi bo‘ladi va u boyagi, mutlaq nol haroratga maksimal yaqin haroratda turgan kubitlardan iborat kvant kompyuterining ishini boshqaradi. Kriogen kompyuter kvant kompyuteridan sal yuqoriroq haroratda, ya'ni, –268 °C sovuq haroratda ishlaydi.
So‘nggi, uchinchi daraja esa, odam ishlashi uchun moslashtirilgan jihozlardan iborat bo‘lgan interfeys kompyuteri (odam-mashina interfeysi) bo‘adi. Eng kamtarona taxminlarga ko‘ra, bunday kvant kompyuterlari hozirda mavjud eng ilg‘or superkompyuterlardan 100-300 barobar tezkorroq bo‘ladi!
Google kvant texnologiyalari sohasidagi muvaffaqiyatlari haqida hisobot berdi. Kompaniyaning 70 kubit kuchga ega kompyuteri dunyodagi eng kuchli Frontier superkompyuteri 47 yilda amallaydigan vazifani bir necha soniya ichida uddaladi.
Hozirdagi sotuvda mavjud kompyuterlardagi prosessorni tashkil qiluvchi tranzistorlarning bitta donasining o‘lchami 10 millimikronni tashkil qiladi. Bu degani, bir millimetrning yuzmingdan bir qismi demakdir.
bunday mayda-mayda (zarra-zarra) o‘lchamlar uchun ham bir kun kelib fizik chegaraga yetib kelinadi. Ya'ni, tranzistorni bundan ham mitti qilishning imkoni bo‘lmay qoladigan payt albatta keladi. Aynan shunday “IT-rivojlanish inqiroz”ga yo‘liqmaslik uchun ham hozirda mutaxassis olimlar kvant tamoyillari asosida ishlovchi kompyuterlarni ishlab chiqish ustida mehnat qilmoqdalar. Agar, oddiy kompyuterlarda tranzistorlar 0 yoki 1 holatdan faqat bittasinigina ifodalay olsa, kvant kompyuterlarining tranzistorlari esa aksincha, bir vaqtning o‘zida ham 0 va ham 1 holatida tura oladi. Ya'ni, bunday kvant tranzistori bir vaqtning o‘zida ham “yoniq” va ham “o‘chiq” bo‘lishi mumkin. Bu ilm-fanda “superpozitsiya” deb ataladigan fizik fenomenning amaldagi namunasi bo‘ladi.
Hozirda Sunʼiy intellekt tizimlari jadal rivojlanishda.
2015-yildan 2018-yilgacha bo‘lgandavrda 3465 milliard dollarga, АQShda esa 1393 milliard dollarga yetgan sunʼiy intellekt startaplarining o‘sishi buni tasdiqlaydi.
2017-yilda bunday sunʼiy intellekt kompaniyalarining eng ko‘p soni АQShda ro‘yxatga olingan, o‘sha paytda ularning soni 2905 ta bo‘lgan.
Janubiy Koreya qonuni SI strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ilk tashabbus edi. 2017-yilga kelib beshta davlat SI milliy strategiyasini qabul qilgan bo‘lsa, 2018–2019-yillarda ularning soni 30 taga yetdi. Shunday qilib, BAA, Xitoy, Fransiya, Shvetsiya, Meksika, Singapur, Yaponiya va Germaniyada SI sohasida strategiyalar ishlab chiqilgan3.

Download 4,04 Mb.
1   2   3   4   5




Download 4,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ikkinchi daraja - kriogen kompyuter

Download 4,04 Mb.