• Yap Xarsten — Bluetooth asoschisi Bluetooth
  • Loyihaga Nokia, Intel, Toshiba, IBM
  • O’rnatilgan tizimlarda Bluetooth va wifi texnalogoiyalari




    Download 4,04 Mb.
    bet5/5
    Sana22.07.2024
    Hajmi4,04 Mb.
    #268218
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    21-maruza

    O’rnatilgan tizimlarda Bluetooth va wifi texnalogoiyalari


    Bugungi kun bozorida Bluetooth-interfeysga ega ko‘plab simsiz dinamiklar, naushniklar, manipulyatorlar, klaviaturalar va boshqa qurilmalar mavjud. Standartning eng oxirgi versiyalari paydo bo‘lishi bilan Bluetoothning sohada yanada mustahkam o‘rin egallashini tasdiqlovchi ko‘plab qiziqarli yangiliklar taqdim etilmoqda.
    Yap Xarsten — Bluetooth asoschisi
    Bluetooth borasidagi ishlar 1994-yilda boshlandi va standart yaratuvchilari ilgari hech kim amalga oshirmagan bir chipda bajarish zarur bo‘lgan kelishuvga juda tez keldilar. Nihoyat uch yildan keyin ular o‘ylagan g‘oyalarini amalga oshirishga erishdilar. Ishlanma ustida faoliyat yuritgan bo‘linmalar rahbarlari bir kompaniya standarti sifatida bunday texnologiyani jahon bozoriga olib chiqishning uddasidan chiqolmasligi, balki butun ekotizim zarurligini tushunib yetdilar. Shu sababli 1997-yilda ular faol tarzda o‘zlariga hamkor izlay boshladilar. Loyihaga Nokia, Intel, Toshiba, IBM kompaniya­lari qo‘shildi. Beshta kompaniya birgalikda Bluetooth SIG texnologiyasiga asos soldi. Faqat shundan keyingina dastlabki final spetsifikatsiyasi paydo bo‘ldi.
    Ericsson T39 — Bluetooth qollab-quvvatlagan birinchi telefon 2000-yilda yaratilgan.
    Texnologiya radioto‘lqinlardan foydalanishda ISM-diapazoniga (Industry, Science and Medicine) bog‘liq, 2,4–2,4835 GGts diapazonini litsenziualashdan erkin foydalanadi, unda o‘zgaruvchan qayta quriluvchi chastotalar (Frequency Hopping Spread Spectrum, FHSS) spektrini kengaytirish usuli qo‘llaniladi. (Bluetooth 1.0 versiyasi )
    2004-yilda ishlab chiqarilgan 2.0 versiyasi tezligi, Enhanced Data Rate (EDR) ma’lumotlar uzatish tezligini oshirish texnologiyasi evaziga 2,1 Mbit/s.ga yetdi, bazaviy tezligi esa 1.1 Mbit/s.ni tashkil etdi. 2007-yilda 2.1 qurilmasida batareya quvvati anchha tejaldi. 2009-yilda HS texnologiyasidagi Bluetooth 3.0 tezligi nazariy jihatdan 24 Mbit/s.gacha yetishiga erishildi.
    Aslida, Bluetooth dastlabki telefonlar uchun yaratilganiga qaramay, endi etarlicha ko'p miqdordagi zamonaviy do'konlar yoki inshootlar yig'ish kompyuterlari Bluetooth tizimlari bilan jihozlangan va bu ishlarni juda oshiradi.
    Tashqi va ichki Bluetooth adapterlari
    XX asrning 90-yillarida simsiz tarmoqlar holatini mustahkamlash jarayonlari yuz berishi, bu texnologiyalarni jadallik bilan rivojlanishiga olib keldi. Bugungi kunda simsiz texnologiyalar kundalik hayotimizga mustahkam joylashib bormoqda, yuqori tezlikni ta’minlash bilan birga ular yangi qurilma va xizmatlarni taqdim etmoqda. Yangi CDMA (Code Division Multiple Access - kanallarni kodli taqsimlash texnologiyasi), GSM (Global Systems for Mobile Communications- mobil aloqa tarmoqlarining global tizimi), TDMA (Time Division Multiple Accesskanallarni vaqt orqali taqsimlash texnologiyasi), 802.11, WAP (Wireless Application Protocol-simsiz texnologiyalar protokoli), 3G va 4G (uchinchi va to’rtinchi avlod texnologiyalari), GPRS (General Packet Radio Service, ma’lumotlarni paketlab uzatish xizmati), Bluetooth (o’rta va qisqa masofa tarmog’i), EDGE (Enhanced Data Rates for GSM Evolution, takomillashtirilgan GSM tarmoq) va shu kabi texnologiyalarning xilma-xilligi bu sohada tub burilish boshlanayotganini anglatib turibdi.
    Wi-Fi (Wireless Fidelity) - ingliz tili so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, «simsiz bog’lanish» ma’nosini anglatadi. Wi-Fi texnologiyasi raqamli ma’lumotlarni radiokanallar orqali jo’natish turlaridan biridir. Ushbu texnologiya yaratilishida avvalo korporativ foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, kabelli tarmoqni o’rnini egallashi bashorat qilingandi.
    Wi-Fi texnologiyasi minglab kabel tarmog’ini tushirish kabi mablag’li jarayon uchun mablag’laringizni tejash bilan birga, o’rnatishni oddiyligi esa murakkab texnik o’rnatish jarayonlariga vaqtni iqtisod qilinishini bu tarmoqni boshqa tarmoqlardan ustun qilib qo’yadi. Simsiz tarmoqlar radiochastotalardan foydalanishiga sabab radioto’lqinlar bino yoki umuman ofislardagi devor yoki shunga o’xshagan to’siqlardan ham o’tib ketaveradi va umuman hech narsa unga to’siq bo’la olmaydi(masofadan tashqari albatta!).
    Wi-Fi simsiz aloqa tarmog’ining keyingi avlodi Li-Fi deb nomlandi. Yaqinda olimlar ma’lumotlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan mutlaq yangi texnologiya ustida ishlashni boshlab yuborishgan edi. Bu simsiz interfeys bo’lib, uning yordamida oddiy yoritguvchi asboblardan foydalangan holda nurlanish maromini buzmay, osongina va tezkorlik bilan ma’lumotlarni o’tkazish mumkin. Buning uchun insonning ko’ziga ta’siri judayam kam bo’lgan yorug’lik diodlarining intensivligini tezda va yuqori aniqlikda o’zgartira olish qobiliyatiga ega texnologiyalardan foydalaniladi. Wi-Fi texnologiyasining ushbu analogi Li-Fi (inglizcha, light - yorug’lik so’zidan olingan) deb nomlanadigan bo’ldi.
    Wi-Fi texnologiyasi orqali ma’lumot uzatish. Ushbu texnologiya Wi-Fi (802.11a/b/g/n standartida) ishlab, bino ichida 45 metr uzoqlikda, 100 metr ochiq "Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings 24 September 2021 www.openscience.uz 107 joyda bemalol katta tezlikda stabil tarmoqqa ulanish imkonini beradi. Lekin katta hududda sifatli tezlikni ta’minlash uchun esa juda ham ko’p Wi-Fi nuqtalari o’rnatilishi lozim bo’ladi. Bu esa texnologiyaga bo’lgan harajatni oshishiga olib keladi. Muammolardan yana biri shuki, abonent, yani foydalanuvchini bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko’chganida, ma’lumot almashinish hamda ulanishda to’xtovlar vujudga kelishidir. Yuqorida ko’rib chiqilgan tarmoq texnologiyalari bugungi kunda qo’yilayotgan yuqori o’tkazuvchanlik, ishonchlilik hamda mobillik darajalarini o’zida qizman yohud to’liq aks ettira olgani bilan, narh bo’yicha bugungi operatorlarga to’g’ri kelmaydi. Aynan ushbu muammoni simsiz texnologiyaning yangi avlodi bo’lmish IEEE 802.16 standartli Wi-MAX (Worldwide Interoperability for Microwave Access) texnologiyasi hal qilishi mumkin.
    Ma’lumotlarni o’tkazishda yorug’likdan foydalanish g’oyasi yaqinda paydobo’lgan emas, bunday g’oya bir asr avval ham mavjud bo’lgan. Ilk marta simsiz telefon qo’ng’irog’ini amalga oshirgan shaxs Aleksandr Bell bo’lib, bu voqea 1880-yilda yuz bergan. Bell buni o’zining “Fotofon” deb nomlangan kashfiyoti yordamida amalga oshirgan. Yorug’lik yordamida ma’lumotlarni o’tkazishga bo’lgan ilmiy va tijoriy qiziqishlar, asosan, so’nggi yillarda kuchayib ketdi. Tan olish kerakki, bugungi kunda Wi-Fi texnologiyasi shunday ommalashib ketdiki, hozirda undan hatto samolyotlarda, avtobuslarda, muzlatgich va sovutgichlarda, umuman olganda, deyarli barcha turdagi elektronika vositalarida foydalanish mumkin. Biroq, ushbu texnologiya orqali ma’lumotlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan kirish nuqtalari (access point) va unga bog’lanuvchi simsiz qurilmalarning ishlashi bir-biriga halaqit berib qolishi mumkin.
    Download 4,04 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 4,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’rnatilgan tizimlarda Bluetooth va wifi texnalogoiyalari

    Download 4,04 Mb.