|
Surtmalar, ularda qo‘llaniladigan asoslar, umumiy texnologiyasi. Gomogen surtma dorilar tayyorlash. Ma’ruza maqsadi
|
bet | 6/19 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 105,83 Kb. | | #124414 |
Bog'liq SurtmalarUglevod asoslari. Bu guruh moddalariga quyidagilar kiradi: vazelin, petrolatum, parafin, serezin, vazelin moyi, sun’iy vazelin va naftalan nefti. Vazelin (Vaselinum). Uglerod atomlar soni 7-35 bo’lgan suyuq, yarim suyuq va qattiq uglevodorodlar aralashmasidan iborat. 20-50% mikrokristalli izoparafinlar, siklik parafinlar va alifatik birikmalardan, 10% parafinlardan tashqil topgan. Vazelinning qattiq tarkibiy elementlari chigallashib uch o’lchamli tur hosil qiladi.
Bu tur uglevodorodlarning suyuq fraksiyasini ushlab turadi.
Oq vazelin oq tiniq yumshoq massa, erish temperaturasi 37°S teng. Uning aloxida o’ziga xos tomoni uning kuchli qovushqoq xususiyatga egaligi. Oyna plastinkasiga surtilganda tekis, okmaydigan va tekis plenka hosil qiladi. Bir xil aralashgan massa hosil bo’lishi uchun, qismlarga bo’lib aralashtirish talab etiladi. (Allen Ansel 317 str.)
Vazelin tashqi ko’rinishi gelga uxshash hidsiz, oq (Vaselinum album) yoki sariq (Vaselinum flavum) rangli massa. 37-50 0S da suyuqlanadi. Oq va sariq vazelin davolash va farmatsevtik nuqtai nazaridan bir xil qimmatga ega. Oq vazelin bo’yovchi moddalardan ko’proq tozalangan. Vazelin suvda erimaydi. Spirtda kam eriydi, efir va xloroformda eriydi va har qanday nisbatlarda yog’ (kanakunjut moyidan tashkari), moy va mumlar bilan aralashadi. Vazelin qanday neftdan olinganiga qarab har xil suyuqlanish haroratiga ega va struktura-reologik xossasi buyicha farq qiladi. Surtma asosi sifatida iloji boricha suyuqlanish harorati past bo’lgan vazelinni ishlatgan ma’kul. Vazelin kuzga ishlatiladigan surtmalar tayyorlashda keng qo’llaniladi. Agar dorixatda asos nomi ko’rsatilmagan bo’lsa, vazelin ishlatiladi. Oddiy vazelindan tashkari uta suyuq surtmalarga qattiqlik berish uchun vazelinning boshqa turi bo’lgan petrolatum ishlatiladi. U qattiq konsistensiyaga ega. Suyuqlanish harorati 60 0S dan yuqori.
Qattiq parafin (Paraffinum solidum). Ushlab ko’rganda moysimon, oq kristalli massa, yuqorimolekulyar to’yingan uglevodorodlardan tashqil topgan, 50-57 0S da suyuqlanadi. Suv va spirtda erimaydi. Efir, xloroform, yog’ va efir moylarida oson eriydi. Asoslarning konsistensiyasi va erish haroratini oshirish uchun qo’shimcha sifatida ishlatiladi. Issiq mamlakatlarda suzadigan kema va flot dorixonalarida, subtropik dorixonalarda yilning issiq paytida oddiy asosga 10% parafin yoki mum qo’shiladi.
Serezin (Ceresinum) rafinirlangan ozokerit bo’lib, amorf, rangsiz, sinuvchan massa. 6872 0S da suyuqlanadi. Yuqori molekulyar uglevodorodlar yoki bi-va tritsiklik naftenlardan tashqil topgan. Surtma asoslariga parafindan kura yaxshiroq qattiqlik beradi. Kristallanmaydigan qotishma hosil qiladi. Ba’zan surtma asoslari tarkibiga smolasizlantirilgan ozokerit kiradi. U mumga uxshash sargish rangga ega. Buni muzlatish yo’li bilan ajratib olish mumkin. Bu aralashma tozalangandan so’ng serezinga uxshash xossaga ega bo’ladi.
|
| |