|
Gidrofob, lipofil surtma asoslari
|
bet | 4/19 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 105,83 Kb. | | #124414 |
Bog'liq Surtmalar Gidrofob, lipofil surtma asoslari
Gidrofob surtma asoslari guruhiga lipofil, uglevodorodli va silikonli asoslar kiradi.
Lipofil asoslarga lipidlar guruhidan biri bo’lgan yog’lar va mumlar kiradi. Ular xossalariga kura terining yog’ ajratmalariga yakin turadi. Bu asoslar ushlab ko’rilganda yog’li dog’ qoldiradi. Yog’lar-yog kislotalarining triglitseridi hisoblanadi. Ko’pincha yumshoq yog’lardan — chuchqa yog’i va ayrim vodorod bilan to’yintirilgan yog’lar, qattiq yog’lardan — mol yog’i, suyuq yog’lardan — ayrim o’simlik moylari ishlatiladi. Hamma yog’lar suvda erimaydi, spirtda kam eriydi, efir va xloroformda oson eriydi.
Chuchqa yog’i — Adeps suillus depuratus. Oq, yangi, achimagan bo’lishi kerak. 34-36 0S da suyuqlanadi. Kislota soni 2 dan ortiq bo’lmasligi kerak. Tarkibida 62-68% triolein (S17 N35SOON) saqlaydi. Surtma uchun eng yaxshi asoslardan biri hisoblanadi. CHuchka yog’i terini juda yaxshi qoplaydi, dori moddalarni yaxshi qabul qiladi, teri orqali yaxshi suriladi, suv va sovun bilan yuvganda oson yuviladi.
Mol yog’i. (Sebum Bovinum). Yangi, oq, achimagan bo’lishi kerak, suyuqlanish harorati 42-50 0S, tarkibida 53% tripalmitin va tristearin, 45% triolein saqlaydi. Suyuqlanish haroratining yuqoriligi va terini koplash xususiyatiga kura surtma asosi sifatida chuchqa yog’idan keyin turadi. Kerak bo’lganda surtmaga qattiqlik berish uchun chuchqa yog’iga qo’shib ishlatiladi. Qo’y yog’i xossasi bo’yicha mol yog’iga o’xshaydi, suyuqlanish harorati 44-51 0S.
Gidrogenlangan yog’lar. Surtma asosi bo’lib faqat yumshoq surtmaga o’xshash ashyolar xizmat qilishi mumkin. Bunga quyidagilar kiradi: 1. Salomas yoki gidroyog — Adeps hydrogenisatum 2. O’simlik yog’i — Axungiha vegetabilis (88-90) gidroyog va 10-12% o’simlik moyidan iborat qotishma 3. Kombiy yog’i — Adeps compositus (55% salomas, 30% o’simlik moyi va 15% mol yog’i, chuchka yog’i kitning gidratlangan yog’idan iborat kotishma).
O’simlik moylari. Kungaboqar moyi — (Oleum Helianthi), shaftoli moyi (Oleum persicorum) va boshqa moylar mol yog’i va mumga qo’shimcha sifatida ishlatiladi. Buning natijasida xossasi buyicha chuchqa yog’iga yaqin bo’lgan qotishma hosil bo’ladi. Ishlatiladigan moylar kislota soni 2,25-2,5 dan oshmasligi kerak. yog’larning umumiy kamchilik tomoni ularning xavoda tez taxirlanib kolishidir, ayniqsa suvli sharoitda. yog’larning farmakologik indifferentligi ularning yangiligiga bog’liq. Eskirgan yog’lar teri va shillik qavatni kitiklaydi. SHuning uchun surtma asoslari bo’lgan yog’larni saqlashda extiyotkorlik talab qilinadi. Ulardan tayyorlangan surtmalarning muddati belgilangan bo’ladi. Surtma tarkibiga kiruvchi moddalar yog’ kislotalari va yog’larning aynigan mahsuloti (perekislar, ozonidlar) bilan ta’sirlashsa (ishqoriy komponentlar, og’ir metall tuzlari va oksidlari), u holda yog’lar asos sifatida yaroksizdir. yog’larni oksidlanishdan saqlash uchun qator tabiiy va sintetik antioksidantlar qo’llaniladi. o’zida antioksidant saqlaydigan o’simlik moylari ham bor. (Masalan: tokoferollar). Sintetik antioksidantlardan butiloksianizol (BOA) va butiloksitoluol (BOT) yuqori aktiv va fiziologik zararsizdir. Ikkala modda ham xayvon yog’larini turg’unlashtirishda 0,02% konsentratsiyasigacha ishlatilishi mumkin. Xayvon va o’simlik yog’larida qancha ko’p tokoferol saqlansa, ular shuncha oksidlanishga chidamli bo’ladi. yog’larda ketadigan oksidlanish protsesslari perekis soni bilan aniqlanadi. Perekis soni bu pereoksidlarni parchalash uchun ketgan yodning protsent miqdoridir. YAngi chuchqa va mol yog’ining perekis soni 0,03% dan oshmaydi. Perekis soni 0,1 bo’lishi chegara hisoblanadi. Undan oshsa chuchka va mol yog’i buzilgan hisoblanadi.
|
| |