Surtmalar, ularda qo‘llaniladigan asoslar, umumiy texnologiyasi. Gomogen surtma dorilar tayyorlash. Ma’ruza maqsadi




Download 105,83 Kb.
bet3/19
Sana20.12.2023
Hajmi105,83 Kb.
#124414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Surtmalar

Surtma asoslari


Surtma asoslarini tanlash kasallikning joyi va harakteri, shuningdek tavsiya etilgan dori moddalarning fizik-kimyoviy xossalariga bog’liq. Surtma asoslarga quyidagi talablar qo’yiladi:

  1. Surtiladigan, ya’ni kerakli struktura-mexaniq xossaga ega bo’lishi kerak.

  2. Dori moddalarni yorug’lik, xavo ta’sirida o’zgartirmaslikni ta’minlashi kerak, ya’ni kimyoviy turg’un bo’lishi lozim.

  3. Dori moddalarni o’ziga yaxshi qabul qilishi kerak. Dori moddalar ta’sirini oshirish xossasiga ega bo’lgani ma’qul.

  4. Surtma asoslari dori ta’sirini o’zgartiruvchi xossaga ega bo’lmasligi kerak. Ular teri va shilliq qavatning asl sharoitini saqlab turishi kerak.

  5. Mikroorganizmlar ko’paymaydigan bo’lishi kerak.

  6. Asoslar o’zining davolash tavsiyasiga to’g’ri kelishi kerak. Masalan, himoya surtmasi teriga surtilgan vaqtda teri ustida zich yopishib yuzasi tez kurib, ta’siri ish vaqtining oxirigacha saqlanib turishi kerak. Sirtga qo’llaniladigan surtmalar teri orqali surilmasligi kerak. Rezorbtiv ta’sirga ega bo’lgan surtma asoslari esa, aksincha, teriga chukur surilib qon va limfaga dori moddalarining surilishiga yordam berishi kerak.

  7. Kiyimlarni iflos kilmasligi, uta yopishkok bo’lmasligi, sovun va suv bilan oson yuvilishi kerak. SHifokor har xil surtma asoslari yozib beraverishi mumkin. Kasalni davolash asosni to’g’ri tanlashga bog’liq. Zamonaviy farmatsiya juda ko’p surtma asoslarini qo’llaydi. Bunga sabab surtma holida tavsiya etiladigan dori moddalarning turli xil fizik-kimyoviy xossaga ega ekanligidir. Demak, surtma asoslarining shunday tuplami bo’lishi kerakki, unda har bir surtma uchun eng ratsional asosni topish qulay bo’lsin.

Surtma asoslarining tasnifi.
Surtma asoslariga qo’yilgan talab shubhasiz ma’lum darajada shu davlat farmatsiyasida to’plangan an’analarning ta’siridir. Masalan: AQSH da hamma asoslar 4 sinfga bo’lingan tasnifi hukmrondir (davlat farmakopeyasida). Uglevodorodli, absorbsion, suvda yuviluvchi va suvda eruvchi. Bu tasniflanish o’zida kimyoviy va fizik-kimyoviy belgilarni mujassamlashtiradi.
Bizning amaliyotda surtma asoslarini quyidagi 3 guruhga bo’lish ko’p uchraydi:
1)Gidrofob, 2) Gidrofil, 3) Difil-emulsion.
Emulsion asosni biz alohida guruhga ajratamiz, chunki unga ham gidrofoblik, ham gidrofillik belgilari xos. Uning boshqa alohida xususiyatlari bundan mustasno.

Download 105,83 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 105,83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Surtmalar, ularda qo‘llaniladigan asoslar, umumiy texnologiyasi. Gomogen surtma dorilar tayyorlash. Ma’ruza maqsadi

Download 105,83 Kb.