• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Surxondaryo viloyati sharoitida boʻrtma nematodalarning tarqalish yoʻllari va xususiyatlari




    Download 1.08 Mb.
    bet2/2
    Sana15.05.2023
    Hajmi1.08 Mb.
    #59996
    1   2
    Bog'liq
    Surxondaryo viloyati sharoitida boʻrtma nematodalarning tarqalish
    navbatchlik ruyhati, Operandlar qiymatlari ma\'lumotlarni o\'zgartirish operatsiyalarid
    Materiallar va metodlari. Ushbu tadqiqotning maqsadi sabzavot ekinlarida uchraydigan parazit fitonematodalari va ularning tarqalish xususiyatlari o’rganishdan iborat. Tadqiqotlarimiz 2021-2023 yillarda Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Mustaqillik, Limon, va Saxovat aholi mahallasi, Angor tumani Xalqobod mahallasi, Muzrabod tumani Mexrgiyon, Tong yulduzi mahallasi, Sherobod tumani bir qancha aholi punktlaridagi issiqxonalarda olib borildi.
    Tuproq va o'simlik namunalaridan nematodalarni ajratib olish uchun asosan o'zgartirilgan Berman usuli qo'llanilgan. Ildiz nematodalarining erkak va lichinkalari tuproqdan va o‘simliklarning ildiz tizimidan Berman usulida, urg‘ochilari esa ildiz to‘qimasini yorib o‘simlik ildizidan ajratib olingan. Tuproq namunalari (20 sm3) va kesilgan ildizlar (20 g) (uzunligi 0,5-1 sm uzunlikdagi ildizlar bo'laklari) sut filtrlari bo'lgan metall to'rlarga 15 sm diametrli shisha voronkalarga joylashtirildi, qisqichli rezina naycha qo'yildi. tor uchi va musluk suvi bilan to'ldirilgan.
    Tadqiqot ob'ekti Surxondaryo hududidagi issiqxonalaridagi sabzavot ekinlari pomidor- Lycopersicom esculentum, bodring-Cucumis sativus, bulgor qalampiri-Capsicum annuum.
    Issiqxonalarda yetishtiriladigan pomidor va bodringning vegetativ organlari, shuningdek, tuproq zonasi rizosferasi namunalarini yig‘ish ikki yil davom etdi, bu davrda 240 ta namunalar olindi, ajratilgan nematoda namunalari 15% formalinda fiksatsiya qilindi.Issiqxonalardagi sabzavot maydonlaridan pomidor bodring, bulg’or qalampirining nematoda faunasini o’rganish jarayonida vegetativ organlarining yer osti qismlari, ildiz tizimi, shuningdek, ushbu o’simliklarning ildiz tuprog’i namunalari olingan.
    Olib borilgan tadqiqotlarimizning natijalariga ko’ra, poliz ekinlarining bo'rtma nematodalari bilan jiddiy zararlanishi natijasida xosildorlikning pasayib ketishi kuzatildi. Bo’rtma nematodalari bilan zararlangan pomidor, bodring o’simligi 80-100 % ni ko'rsatdi. Tadqiqot ishlari olib borilgan 284ga maydonning 227 gektarida o’simlik ildizlari Meloydoginoz kasalligiga uchragan.
    Meloydoginoz kasalligiga chalingan o’simlikning yer ustki qismida dastlab xech qanday kasallik belgilari kuzatilmaydi. O'simlikning o’suv davrida meloydoginoz bilan zararlanishning kuchayishi natijasida poya va barglar hajmining kichrayishi barglarda dog'larning paydo bo’lishi, sarg’ayishi, o'simlikning o’suvdan qolishi va vegetatsiya davrining o'rtalariga kelib yoppasiga nobud bo'lish holatlari ayrim o'simligi poliz ekinlari dalalarida kuzatildi. Buning natijasida hosildorlikning kamayishi va hosil tarkibida uglevodlar mikdorining pasayishi yuz beradi.
    Kasallangan o'simlik ildizini ehtiyotlik bilan qazib olib ko'rganimizda, ildiz
    yog’onlashgan shish holatidagi bo'rtmalar bilan qoplanganligi aniqlandi. Bo'rtmalarning kattaligi bir necha millimetrdan 1-2 santimetrgacha ekan. Havo haroratining 28-36 S atrofida bo'lishi, tuproqda namlikning yetarliligi, ayniqsa, qumloq tuproqli sharoitda burtma nematodalari tez va yaxshi rivojlanadi. Poliz o’simligining ko'karib chiqqandan so'ng 16-26 kun o'tgach o'simlik ildizlarida bo'rtmalar shakllana boshladi. Havo harorati yuqori (40-47C) bo'lganda, o'simliklarda namlikning yetishmasligi natijasida so'lish va ba'zan ularning nobud bo'lishi kuzatildi. O'simlik asosiy ildizining zararlanishi natijasida, uning o'suvchi uchki qismi nobud bo'ladi va u tuproq qatlamlaridan ozuqa moddalarini va suvni surib ololmaydi. Bunday holatlarda za rarlangan o'simlikning oziqlanishi, ko'plab yon yoki qo’shimcha ildizlar hisobiga amalga oshadi va bu ildizlarning ham tez orada bo'rtmalar bilan qoplanishi tadqiqotlar natijasida aniqlandi. Meloydoginoz kasalligining kelib chiqishi va keng tarqalishiga asosiy sabab, bo'rtma nematodasi bilan zararlangan yovvoyi, begona madaniy o'simliklar ildizlari sug’orish tizimi zararlangan tuproq hisoblanadi. Bu kasallikning keng tarqalishiga asosiy ta'sir ko'rsatuvchi omillardan biri kasallikning eski o'choqlaridan bu kasallikni qo’zgatuvchi parazit bo'rtma nematodalarining sog’lom, kasallikka beriluvchan o'simliklarga o'tishi bo'lib yangi yuzaga kelishiga olib keladi. Bo’rtma nematodalari tabiatda aktiv va passiv tarqaladi. Aktiv tarqalish invazion holatdagi lichinkalarning o'z o'simlik ho’jayinlariga tuproq orqali harakatlanib o'tishi bilan bog'liq [ 1]. [ 2]. Zararlangan tuproqqa sabzavot ekinlarini ekib kuzatganimizda tuproqdan invazion lichinkalarning o'simlik ildiz to'qimalariga o'tishini va aksincha, ildizdan tuproqqa tushib boshqa sog’lom o'simliklarga ko'chib o'tishi mumkinligini aniqladik. Zararlangan o'simlikdan bo’rtma nematodalari sog’lom o'simliklarga o'tib yangi zararlanish o'choqlarini yuzaga keltiradi.
    Shunday qilib, bu parazit o'zi uchun zarur hayotiy sharoitlarni yaratishga intiladi. Ko'plab o'simliklarga bo'rtma nematodalari passiv holatda o'tadi. Masalan, shamol orqali , suv , tuproq, hayvonlar va asosan ko'pchilik holatlarda odamlar tarqatuvchi bo'lib hisoblanadi [3] . [2] Bu parazitlarning viloyat bo'ylab tarqalishida yil davomida " Afg’on shamoli " deb ataluvchi shamolning roli nixoyatda katta. Bu shamol Afgoniston Respublikasi territoriyasidan boshlanib, 300 km dan toki 350 km gacha masofani qamrab oladi. Shamol boshlanishidan toki to'xtagunicha 24-36 soat vaqt o'tadi va bu shamol yiliga 30-35 marta takrorlanib turadi. Shamolning tezligi sekundiga 10-14 \ sek dan 12-25 m \ sek gach, ba'zan 20-25 m / sek gacha yetadi va tuproq erroziyasiga sabab bo'ladi. Ayniqsa, qum va qumloq tuproqlarning kuchli erroziyaga uchrashi kuzatiladi. Bunday kuchli shamollar natijasida turli xil yovvoyi, begona o'tlar va sabzavot - ekinlarining kasallangan ildizlari o'nlab, yuzlab kilometr masofalarga tarqalishi aniqlandi [3. Bo'rtma nematodalari maydonlarida ishlovchi odamlar va shu hududda boqiladigan bo’ladi (2 - rasm). chorva mollari ham bu parazitlarning asosiy tarqatuvchilari hisoblanadi. Ish qurollari, ishchilarning oyoq kiyimlari va zararlangan joydan ko’chatlarning boshqa joylarga ko'chirib o'tkazilishi yoki olib borib ekilishi natijasida ham zararlangan yangi bo'rtma nematodasi o'choqlari yuzaga keladi. Zararlanmagan hududlarga bo'rtma nematodalari tuganak va mevalar orqali ham o'tishi mumkin (1 - rasm)

    1-rasm. Nematodalarning tarqalish yo’llari.
    Olib borilgan fitogelmintologik tadqiqot natijalari va o'rganilgan adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, meloydoginoz o'choqlarining tarqalish yo'llari zararlangan maydonlardan zararlanmagan maydonlarga o'tishi 2 xil yo'l bilan: aktiv va passiv holatda amalga oshadi. Aktiv tarqalishi bo'rtma nematodalari lichinkalarining ko’chib yurish xususiyati bilan aloqador. Passiv tarqalishida shamol, sug’orish suvi, qor va yomg'ir suvlari, qishloq xo'jalik texnikalari oyoq kiyimlari va odamlarning ish qurollari, yashik va boshka inventarlar, zararlangan o'simlik ko'chatlari, tuganaklari, ildizmevalari va mevalari muhim rolni o'ynaydi (2 - rasm ) .

    2 – rasm. Nemadotalarning passiv tarqalishga yordam beruvchi faktorlar.
    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. Борисов Б.А.,Коновалова Г.Н.,Субботин С.А.,Эшназаров К. Перспективное направление биологической борьбы с нематодами // Ж. Заш. растений. -М., 1992. - N. 7. - С. 21-22.
    2. Хуррамов Ш.Х., Бекмуродов А.С. Испытание нового нематоцида в борьбе с галловыми нематодами гранатовых агроценозов в Узбекистане // Узбекский биологический журнал. – Ташкент, 2015. – №3. – С. 47-50
    3. Хуррамов А.Ш., Эшназаров К. «Паразитические нематоды овощных культур и меры борьбы с галловымы нематодамы в Сурхандарьинскои области»//Термез.2021.172 с.
    Download 1.08 Mb.
    1   2




    Download 1.08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Surxondaryo viloyati sharoitida boʻrtma nematodalarning tarqalish yoʻllari va xususiyatlari

    Download 1.08 Mb.