Qurilish tashkilotlarida hisobotlarning turlari va ularni




Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/418
Sana17.01.2024
Hajmi15,8 Mb.
#139284
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   418
Bog'liq
4-Boshqa-tarmoqlarda-buxgalteriya-hisobining-xususiyatlari.-K.B.-URAZOV-2011-DARSLIK

8.1. 
Qurilish tashkilotlarida hisobotlarning turlari va ularni 
taqdim etish muddatlari
Qurilish tashkilotlarida, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar singari, 
hisobjarayoniningyakuniy bosqichi moliyaviy vastatistik hisobotlami tuzish 
hisoblanadi. Ushbu hisobotlarrespublikamizda milliy valutadaming so‘m 
birligidatuziladi.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida qonun (16-modda)ga muvofiq qurilish 
tashkilotlarining moliyaviy hisoboti quyidagilami o‘z ichiga oladi:
- buxgalteriya balansi;
- moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot;
- asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot;
- pul oqimlari to‘g‘risida hisobot;
- xususiy kapital to‘g‘risida hisobot;
- izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
Kichik biznes subyektlari hisoblangan qurilish tashkilotlariga moliyaviy 
hisobotni ixchamlashtirilgan tarzda tuzish va taqdim etishga ruxsat etiladi. 
Ushbu ixchamlashtirilgan moliyaviy hisobot o‘z ichiga buxgalteriya balansi, 
moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot hamda izohlar, hisob-kitoblar va 
tushuntirishlami oladi.
Qurilish tashkilotlarida barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlaridagidek 
hisobot davri boiib taqvim yilning 1 - yanvaridan 31 - dekabrigacha boigan 
davr hisoblanadi. Taqvim yilining 1 -oktabridan keyin davlat ro'yxatidan 
o‘tgan qurilish tashkilotlari uchun birinchi hisobot yili davlat ro‘yxatidan 
o‘tgan sanadan kelgusi yilning 31 -dekabrigacha bo‘lgan davr hisoblanadi. 
Ushbu davrdayuz bergan xo‘jalikjarayonlari birinchi hisobot yiliga doir, 
deb tan olinadi va mos ravishda shu davming moliyaviy hisobotiga kiiitiladi.
Qurilish tashkilotlarining moliyaviy hisoboti quyidagilarga majburiy 
tarzda taqdim etiladi: soliq idoralariga; ta’sis hujjatlariga muvofiq mulk 
egalariga; davlat statistika organlariga; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
organlarga.
Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari ulaming tashkiliy-huquqiy 
maqomigabogiiq. Chunonchi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qurilish 
tashkilotlari faqat yillik moliyaviy hisobotni tuzadilar vauni keyingi yilning 
25- martigacha taqdim etadilar. Aksiyadorlik jam iyati, m as’uliyati


cheklangan jamiyat va xiisusiy korxonalar maqomidagi qurilish tashkilotlari 
yillik moliyaviy hisobotni keyingi yilning 15- fevraligacha taqdim etishlari 
lozim.
Kichik biznes subyektlariga kiruvchi qurilish tashkilotlari moliyaviy 
hisobotni faqat hisobot yili yakuni bo‘yicha taqdim etadilar. Ushbu 
maqomga ega bo‘ lmagan boshqa turdagi tashkilotlar (xorij iy investitsiyalar 
ishtirokidagi korxonalardan tashqari) yillik hisobotdan tashqari choraklik 
hisobotlami hamtuzishlari vaulam i choraklikdan keyingi oyning 25- 
sanasigachategishli organlarga taqdim etishlari kerak.
Qurilish tashkilotlari ulaming maqomi va tashkiliy shakllariga qarab 
moliyaviy hisobotdan tashqari turli statistika hisobotlarini ham tuzadilar. 
Chunonchi, kichik biznes subyektlari hisoblangan qurilish tashkilotlari har 
chorakda 1 -MB shaklda «Mikrofirma va kichik korxonaning hisoboti»ni 
tuzishlari va statistika organlariga taqdim etishlari lozim.

Download 15,8 Mb.
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   418




Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  Qurilish tashkilotlarida hisobotlarning turlari va ularni

Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish