0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkamasining 2003-yil 24-
sentyabrda qabul qilingan «Qurilish sohasida hisobotni yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 409-son qarori bilan qurilish
tashkilotlari uchun statistika hisobotlarining birxillashtiriladigan va
qisqartiriladigan shakllarining yangi ro‘yxati, ulami tuzish va taqdim etish
muddatlari tasdiqlangan. Ushbu statistika hisobotlarining birxillashtirilgan
ayrim shakllarining ro‘yxati 8.1 -jadvalda keltirilgan.
Qurilish tashkilotlarida yuqorida keltirilgan jadvaldagi statistika
hisobotlarini tuzish buxgalteriyaga yuklati ladi. Ulami tuzishga asos bo‘ lib
bajarilgan ishlar, ularga ketgan sarf-xarajatlar, sotib olingan materiallar,
konstniksiyalar, uskunalarga guvohlik beruvchi boshlang‘ich hujjatlar,
Shuningdek hisob registrlari maiumotlari hisoblanadi.