1.3. Qurilish tashkilotlari hisob siyosatining xususiyatlari
Q urilish tashkilotlari boshqa x o ‘ja lik yuritish subyektlari singari
respublikamiz qonunhujjatlari asosida o ‘zlarining hisob siyosatini ishlab
chiqishlari hamda unga amal qilishlari lozim. Ushbu hisob siyosatida qurilish
tashkiloti rahbariyati tomonidan tanlab olingan buxgalteriya hisobining
tashkiliy shakli, xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari, aktivlar, majmuriyatlar
va xususiy kapital elementlarini tan olish mezonlari, ular hisobini yuritishga
asosboiuvchi hujjatlartizimi, ishchi schotlar rejasi, boshlang‘ich hujjatlar
aylanishi, arxiv ishi, tovar-moddiy boyliklami inventarizatsiyasini o‘tkazish
jadvali, hisobni yuritishga doir boshqa tartib-qoidalar va tamoyillar aniq
ifodalangan bo‘ lishi lozim. Qurilish tashkilotlarining hisob siyosati ichki va
tashqi foydalanuvchilarga ular faoliyati to‘g ‘risidagi axborotlami tegishli
shakl va mazmundayig‘ish, qayd etish, guruhlash vajamlash hamda ulami
o ‘z vaqtida yetkazib berish talablariga javob berishi kerak.
Q urilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobi respublikam izning
«Buxgalteriya hisobi to ‘g‘risidagi» qonuni (7-moddasi)da ko‘rsatilgan
to‘rtta shakldan birida tashkil etilishi mumkin.
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkiliy shaklini belgilashda
bu tashkilotlaming katta-kichikligi, ulaming maqomi muhim rol o ‘ynaydi.
Yirik qurilish tashkilotlarida bajariladigan hisob-kitob ishlari hajmi katta
bo‘lganligi iiçhun buxgalteriya tarkibi alohida bo‘limlardan, masalan,
moddiy boyliklar hisobi bo‘ limi, mehnat va unga haq to‘ lash hisob-kitobi
boiimi, qurilish ishlari hisobi bo‘limi, moliyaviy hisob-kitoblar bo‘limi va
boshqalardan tashkil topadi. Buxgalteriya boiimlari ish faoliyatiga bosh
buxgalter rahbarlik qiladi va mas’ ul hisoblanadi.
Mikrofirmalar vakichik korxonalar maqomidagi qurilish tashkilotlarida,
odatda, maxsus hisob boiinm asi tashkil qilinmaydi. Ularda shartnoma
asosida ishga qabul qilingan buxgalterga barcha hisob-kitob ishlarini yuritish
yuklaliladi.
Qurilish tashkilotlari x o ‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi
ixtisoslashgan buxgalterlik firmasi yoki auditorliktashkiloti tomonidan
tuzilgan shartnomaga muvofiq olib borilganda, ular buxgalteriya hisobini
respublikamiz qonun hujjatlariga muvofiq ravishdaolib borilganligi uchun
qurilish tashkilotlari oldida shartnoma shartlariga asosanjavobgar va mas’ul
hisoblanadilar.
Qurilish tashkilotida buxgalteriya hisobi uning rahbarining o ‘zi
tomonidan yuritilganda u buxgalteriya hisobini respublikamiz qonun
hujjatlariga muvofiq ravishda olib borilganligi uchun bevosita javobgar va
mas’ul hisoblanadi.
Qurilish tashkilotlarining hisob siyosatida buxgalteriya hisobini tashkil
qilishning tanlab olingan shakli, shuningdek ushbu shaklda hisob ishlarining
bajarilishini tartibgasolibturuvchi ichki me’yoriy hujjatlartizimi belgilanadi.
Bunday ichki me’yoriy hujjatlar, odatda, buxgalteriya to‘g‘risidaNizom,
bosh buxgalter va buxgalterlaming kasbiy mahoratiga qo‘yiladigan talablar,
buxgalterlar o‘rtasida funksional majburiyatlaming taqsimoti, mehnat
shartnomalari, ixtisoslashgan buxgalterlik firmalari yoki auditorlik
tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar hisoblanadi.
Qurilish tashkilotlarida daromadlar, xarajatlar va yakuniy moliyaviy
natijalari (foyda va zararlari) ko‘rsatkichlarini tan olish va hisobini yuritishning
birqanchausullari mavjud. Chunonchi, daromadlami qurilish ishlari yoppasiga
tugagandan so'ng, bosqichma-bosqich, qurilish navbatlari bo‘yicha tan olish
vahisobga ol ish mumkin. Qurilish tashkilotlari tomonidan bu usullaixlan qaysi
biri tanlab olinganligi yoki ulaming har birini qaysi turdagi ishlar uchun
qo‘llanilishi hisob siyosatida aniq ifodalangan bo‘ lishi lozim.
Bajarilgan qurilish ishlarining tannarxi, shuningdek olingan foyda
summasi ularga sarflangan materiallar qiymatini baholash usullariga
bevosita bogiiq. Bunday usullar bo‘lib, respublikamizning 4-son BHMS
«Tovar-moddiy zaxiralar»ga muvofiq FIFO, AVEKO, identifikatsiyalash
usullari hisoblanadi. Belgilangan tailibga ko‘ra qurilish tashkiloti ushbu
usullaming barchasidan foydalanishlari mumkin. Biroq, bir xil nomdagi
TMZlar bo‘yicha bir vaqtning o‘zida baholashning turli nsullarini q o ilash
m um kin emas. Shu bois ham, qurilish tashkilotlari o ‘zlarining hisob
siyosatida TMZlar qiymatini baholashning tanlangan usullarini ulaming
turlari bo‘yicha ko‘rsatishlari hamda unga amal qilishlari lozim.
Qurilish ishlarining bir necha yillarga cho‘zilib ketishi hisobot yilining
oxirida tugallanm agan qurilishni inventarizatsiya qilish va qiym atini
baholashni, shuningdek unga sarflangan xarajatlami to‘g‘ri taqsimlashni
taqozo etadi. Bu xususiyat qurilish tashkilotlari hisob siyosatida
tugallanmagan qurilish hajmini inventarizatsiya qilib chiqish, uning qiymatini
baholash tartibini aniq belgilashni talab etadi.
Qurilish ishlari bo‘yicha hisob-kitoblami o‘z vaqtida amalga oshirilishi
buyurtmachi tashkilotlaming to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligiga
bevosita bog1 liqdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buyurtmachi korxonalar
to ‘lov qobiliyatini yo‘qotish riskining mavjudligi qurilish tashkilotlarida
dargumon debitorlik qarzlami bevosita yoki tashkil qilinadigan maxsus
rezerv evaziga hisobdan chiqarish usullaridan birini hisob siyosatida belgilab
qo‘yishni talab etadi.
Bajariladigan ishlar (xizmatlar) qurilish tashkilotlari bo‘linmalarida
(qurilish m aydonchalari, sexlar, om borlar va boshqa jav o b g arlik
markazlarida) turli boshlang‘ich hujjatlami tuzishni, ular aylanishini tashkil
qilishni, shuningdek boshlang‘ich hujjatlar asosida tegishli hisob registrlarini
yuritishni taqozo etadi. Qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan boshlang‘ich
hujjatlar, ulami tuzish, taqdim etish va ishlovdan o ‘tkazish tartibi to‘g‘risida
keyingi boblarda alohidato‘xtalamiz.
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobi jumal-order, m emorial
order, bosh-jumal va ixchamlashtirilgan shakllardan birida qo‘lda yoki
zamonaviy kompyuterli texnologiyalarga asoslanilgan holda yuritilishi
mumkin. Hozirgi paytda aksariyat qurilish tashkilotlarida qo‘ llanilayotgan
hisob shakli bo iib jumal-order shakli hisoblanadi. Bu shaklda ishlatiladigan
hisob registrlariningschotlarbo‘yichataqsim oti 1.1-va 1,2-jadvallarda
keltirilgan.
|