jihatlari o‘rganiladi, ulaming aniq parametrlari va o‘lchamlari belgilanadi.
Qurilish loyihasi, odatda. maxsus loyihalashtirish muassasalari (institutlar)
tomonidan buyiirtmachi bilan tuzilgan shartnomaga asosan ishlab chiqiladi.
Ishlab chiqilgan loyiha quriladigan obyekt joylashgan hududning
shaharsozlik bosh loyihasi talablariga zid bo‘lmasligi lozim. Shu bois ham
yangi obyektlarni qurishdan oldin ularning loyihalari 0 ‘zbekiston
Respublikasi «Davarxitektqurilish» qo‘mitasiningjoylardagi boshqarmalari
vabo‘limlaritomonidanko‘rib chiqiladi vama’qullanadi. Loyihalashtirish
jarayonining natijasi bo‘lib yangi quriladigan obyektning barcha texnik-
iqtisodiy parametrlarini ifodalovchi loyihasi va qurish smetasi hisoblanadi.
Qurish smetasida obyektni qurish bilan bogiiq barcha ishlaming hajmi,
ulaming belgilangan me’yor va tartiblarga muvofiq hisoblangan qiymati
ko‘rsatiladi. Loyiha qiymati pudratchi va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan
shartnoma qiymatini belgilashga asos bo‘ladi.
Qurishga tayyorgarlik va uning ta ’minot jarayon i
buyurtmachi va
pudratchi tomonidan amalga oshiriladigan ma’lum ishlardan tashkil topadi.
Bu ishlami bajarish bo‘yicha tomonlaming majburiyatlari tuzilgan
shartnomadao‘zaksini topadi. Masalan, buyurtmachi bujarayondao‘z
zimmasiga qurish uchun kerakli bo‘ lgan materiallami pudratchiga yetkazib
berish, oldindanto‘lov summasining kelishilgan qiymatini (loyiha qiymatining
15 foizidan kam bo‘ lmagan qismini) quruvchi tashkilotining hisob raqamiga
o ‘tkazib berish kabilami oladi. Pudratchi tashkilot qurish uchun kerakli
texnika vajihozlami qurilish maydonchasiga yetkazish, ulami qurish ishlari
uchun tayyorlash va shu kabi majburiyatlami o‘z zimmasiga oladi.