• Saqlash usidiga ko‘ra
  • Kelib tushisli manbalariga ko‘ra
  • Ishlab chiqilgan mamlakatiga ko(ra
  • Qishloqxojalik ishlab chiqarishida tutgait o ‘rniga ko‘ra




    Download 15,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet142/418
    Sana17.01.2024
    Hajmi15,8 Mb.
    #139284
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   418
    Bog'liq
    4-Boshqa-tarmoqlarda-buxgalteriya-hisobining-xususiyatlari.-K.B.-URAZOV-2011-DARSLIK

    Qishloqxojalik ishlab chiqarishida tutgait o ‘rniga ko‘ra
     
    qishloq 
    xo'jaligi korxonalarining ishlab chiqarish zaxiralari asosiy va yordamchi 
    ishlab chiqarish zaxiralariga bo‘linadi.
    Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy ishlab chiqarish zaxiralariga 
    dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlami yetishtirishda ishlatiladigan 
    urugiiklar, mineral o‘g‘itlar, em-xashak, dori-darmonlar vashu kabi 
    boshqa materiallar kiradi. Ushbu ishlab chiqarish zaxiralarisiz dehqonchilik 
    va chorvachilik mahsulotlarini yetishtiiib boimaydi.
    Y ordam chi ish lab c h iq a rish z a x ira la rig a dehqonchilik va 
    chorvachilikda ishlatiladigan turli xo‘jalik materiallari, ehtiyot qismlar, 
    yoqilg‘ i, moylash materiallari, idish va idishbop materiallar, plenkalar, o‘rov 
    materiallari va shu kabilar kiradi.
    Saqlash usidiga ko‘ra
     
    qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlatiladigan 
    ishlab chiqarish zaxiralari ochiq va yopiq usullarda saqlanadigan 
    materiallarga boiinadi. Urugiiklar, mineral o‘g‘itlar, dorilangan don, dori- 
    dannonlar maxsus joylarida va moslamalarda saqlanadi. Yontoq, karrak, 
    somon, beda va shu kabi em-xashaklar ochiq joylarda, usti yopiq 
    ayvonlarda, shuningdek omborlarda saqlanadi.
    Kelib tushisli manbalariga ko‘ra
     
    qishloq xo ‘jaligi korxonalarida 
    ishlatiladigan ishlab chiqarish zaxiralari ularning o ‘zlari tomonidan 
    yyetishtirilgan hamdachetdan sotib olingan guruhlarga ajratiladi. Yordamchi 
    ishlab chiqarish boiinmalari tomonidan o‘z maqsadlarida ishlab chiqilgan 
    ko‘k massa, makkapoya, somon, arpa, bug‘doy, urugiiklar o‘z ishlab 
    chiqarishidan olingan materiallar hisoblanadi. Ta’minotchilardan, 
    ta’sischilardan va boshqa tashqi manbalar kelib tushgan ishlab chiqarish 
    zaxiralari o‘zi ishlab chiqmagan materiallar hisoblanadi.
    Ishlab chiqilgan mamlakatiga ko(ra
     
    dehqonchilik va chorvachilik 
    sohalarida qo‘ llaniladigan ishlab chiqarish zaxiralari mahalliy va xorijdan 
    keltirilgan ishlab chiqarish zaxiralariga boiinadi.
    Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlatiladigan har bir ishlab chiqarish 
    zaxirasini nomi, navi, hosildorligi va boshqa jihatlari bo‘yichatasniflash 
    hamda hisobga olish zarurati ham mavjud. Bu, chunonchi, urugiik va 
    o‘g‘itlarga bevosita tegishli. Olinadigan mahsulotning hosildorligi ushbu 
    ishlab chiqarish zaxiralarining aniq navlariga, sepilgan mineral o‘g‘itlaming 
    turiga bevosita bogiiqdir. Masalan, g‘allachilikda ishlatiladigan urugiikning 
    «Elita» navi boshqa navlarga nisbatan hosildorlikni ko‘proq beradi.


    Kartoshkaning ayrim mahalliy navlari 60-70 sentnergacha hosil bersa, 
    uning Gollandiya navi respublikamizning iqlim sharoitida gektariga 400 
    sentnergacha hosil berishi mumkin. Xuddi shunday chigitning turli navlari 
    paxtani tez yoki kech pishishiga, shuningdek har chanoqdan turlicha 
    iniqdorda hosil olinishiga olib keladi.
    Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralariga turli 
    maqsadlarda ishlatiladigan xo‘jalik inventarían v a anjomlari ham kiradi. 
    Bunday ishlab chiqarish zaxiralari bo‘lib, chunonchi, dehqonchilik va 
    chorvachilikdako‘p ishlatiladigan ketmon, kurak, panshaxa, tirnagichlar, 
    xalatlar, qo‘lqoplar, fartuklar, samavar, qozon, o‘choq, kosa vatovoqlar, 
    bidonlar, flyagalar, xaltalar, ip, arqon, to‘l, brezent va shu kabi ko‘plab 
    boshqaturdagi xo‘jalik inventarlari va anjomlari hisoblanadi.
    Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralarining muhim 
    turlaridan biri - b u o‘stirishdagi va boquvdagi mollardir. Chorvachilik ishlab 
    chiqarishida ushbu ishlab chiqarish zaxiralari, bir tomondan ishlab chiqarish 
    natijasi, ikkinchi tomondan esa, bevosita uning maxsus yo‘nalishi 
    hisoblanadi. Shu bois ham qishloq xo‘jaligi korxonalarida o‘stirishdagi va 
    boquvdagi mollar hisobining xususiyatlariga darslikning keyingi qismlarida 
    alohidato‘xtalamiz. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida buxgalteriya hisobining 
    muhim vazifalaridan biri ishlab chiqarish zaxiralari qiymatini to‘g‘ri baholash 
    hisoblanadi. Respublikamizning 4-son BHMS «Tovar-moddiy zaxiralar»ga 
    muvofiq ishlab chiqarish zaxiralarining hisob bahosi, ulaming tannarxi 
    hisoblanadi. Ishlab chiqarish zaxiralarining tannarxi ulaming kelib tushish 
    manbaigako‘ra turli elementlardantashkiltopadi. Chunonchi, sotibolingan 
    ishlab chiqarish zaxiralarining tannarxi o‘z ichiga ulaming sotib olish 
    baholaridagi qiymatini hamda sotib olishga doir barcha qo ‘shimcha 
    xaraj atlar (tashib keltirish, boj xona to ‘ lovlari, sertifikatlash, brokerlaming 
    xizmat haqlari va boshqalar)ni oladi. Sotib olishdata’minotchilarga 
    to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasi ham qishloq xo‘jalik 
    korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralari qiymatiga qo‘shiladi. Chunki, ular 
    yyetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish bo‘yicha qo‘shilgan 
    qiymat solig‘ini to ‘lovchilari b o ‘lib hisoblanmaydilar. 0 ‘z ishlab 
    chiqarishidan olingan ishlab chiqarish zaxiralarining tannarxi ulami ishlab 
    chiqarish bilan bog‘ liq barcha moddiy, mehnat va boshqa xarajatlardan 
    tashkil topadi. Bunda ishlab chiqarish zaxiralari bir birligining o‘rtacha 
    tannarxi kalkulyatsiya qilish yo‘li bilan topiladi.



    Download 15,8 Mb.
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   418




    Download 15,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qishloqxojalik ishlab chiqarishida tutgait o ‘rniga ko‘ra

    Download 15,8 Mb.
    Pdf ko'rish