Ishlab chiqarish zaxiralarining sintetik hisobi




Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/418
Sana17.01.2024
Hajmi15,8 Mb.
#139284
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   418
Bog'liq
4-Boshqa-tarmoqlarda-buxgalteriya-hisobining-xususiyatlari.-K.B.-URAZOV-2011-DARSLIK

11.3. Ishlab chiqarish zaxiralarining sintetik hisobi
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralarining sintetik 
hisobi 1000 «Materiallami hisobga oluvchi schotlar» tizimiga kiruvchi 
schotlarda yuritiladi. Chunonchi:
-1010 “Xomashyo va materiallar” schotida o‘z ishlab chiqarishida qayta 
ishlash uchun moijallangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisobga olib 
boriladi;
-1020 “Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar” 
schotida sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar 
hisobga olib boriladi;
-1030 “Yog‘ilgi” schotida qishloq xo‘jaligi korxonasi transporti va 
texnikasi uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi (qattiq va suyuq) yoqilg‘ilar 
hisobga olib boriladi;
-1040 “Ehtiyot qismlar” schotida qishloq xo‘jalik texnikasi uchun sotib 
olingan barcha turdagi ehtiyot qismlar hisobga olinadi;
-1050 “Qurilish materiallari” schotida qishloq xo‘jaligi korxonasida turli 
maqsadlaixla ishlatish uchun sotib olingan qurilish materiallari hisobga olinadi;
-1060 “Idish va idishbop materiallar” schotida barcha turdagi idishlar 
va idish materiallari (qoplar, bochkalar va boshqalar) hisobga olinadi;
-1070 “Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar” schotida qayta 
ishlash uchun boshka tashkilotlarga berilgan materiallar hisobga olib boriladi;


-1080 “Inventar va xo‘jalik jihozlari” schotida qishloq xo ‘jaligi 
korxonasidagi inventarvaxo‘jalikjihozlari hisobgaolibboriladi;
-1090 “Boshqa materiallar” schotida yem-xashaklar, urugiik, o‘g‘itlar, 
asosiy vositalami tugatishdan olingan metallolom, eskirgan shinalar, qayta 
ishlangan moylar va boshqa materiallar hisobga olib boriladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralari kirimi va 
chiqimi yuqorida nomlari zikr etilgan schotlarda hisob bahosida aks 
ettiriladi. Hisob bahosi bo‘lib ulaming sotib olish qiymati (haqiqiy tannarxi), 
reja tannarxi, o‘rtacha baho va boshqalar hisoblanadi. Ishlab chiqarish 
zaxiralarini tanlab olingan hisob bahosining aniq turi qishloq xo‘jaligi 
korxonasi hisob siyosatida belgilanadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralari kirimining 
hisobi boshqa tashkilotlardagi singari bevosita va bilvositausullardanbiri 
bo‘yicha olib boriladi. Chunonchi, bevosita usulda ulaming barcha 
manbalardan kirim qilinishi materiallar hisobi schotlarining (1010-1090 
schotlar) debetida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks ettiriladi. Bunda materiallaming 
kelib tushish manbalarini aks ettiruvchi schotlar (6010,4290,5010,4610 
va boshqalar) kreditlanadi.
Bilvosita usulda qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish 
zaxiralarining ta‘minotchilardan, o‘zinmg ishlab chiqarishidan kirim qilinishi 
dastlab 1510 «Materiallami tayyorlash va xarid qilish» schotining debetida 
aks ettiriladi. Bunda materiallaming kelib tushish manbalarini ifodalovchi 
schotlar (6010, 6990, 2310 va boshqalar) kreditlanadi. Material 
boyliklaming omborlarga kirim qilinishi 1510 schotning kreditida va 1010- 
1090 schotlaming debetida aks ettiriladi. Bu usulda materiallaming hisob 
bahosidagi qiymati va xarid qiymati o‘rtasidagi farq summasi hisobot 
davrida alohida 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» schotida hisobga 
olinadi. Hisobot davri oxirida materiallar qiymatidagi farq summalari 
quyidagichahisobdan chiqariladi:

Download 15,8 Mb.
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   418




Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ishlab chiqarish zaxiralarining sintetik hisobi

Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish