0 ‘stirishdagi va boquvdagi mollarning hisobi




Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/418
Sana17.01.2024
Hajmi15,8 Mb.
#139284
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   418
Bog'liq
4-Boshqa-tarmoqlarda-buxgalteriya-hisobining-xususiyatlari.-K.B.-URAZOV-2011-DARSLIK

11.4. 0 ‘stirishdagi va boquvdagi mollarning hisobi
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida o ‘stirishdagi va boquvdagi mollar 
aylanma aktivlaming muhim turini tashkil etadi. Ulami boqish jarayonida 
jonli mehnat sarfi, yem-xashak va boshqa xarajatlar qilinadi. M a’lum 
yoshga yetganidan so‘ng, o ‘stirishdagi mollar asosiy podaga o‘tkaziladi 
va, aksincha, asosiy podadan brak qilingan mollar boquvga qo‘yilib, 
aylanma aktivlarga o‘tkaziladi.
0 ‘ stirishdagi va boquvdagi mollar quyidagicha baholanadi:
- sut yo‘nalishidagi qoramolchilikdan olingan buzoqlar reja tannarxida 
baholanadi;
- go‘sht yo‘nalishidagi qoramolchilikdan olingan buzoqlar tirik vaznini 
tirik vaznning reja tannarxiga ko‘paytirilib baholanadi;
- cho‘chqachilikdan olingan cho‘chqa bolalari tirik vaznini tirik vaznning 
reja tannarxiga ko‘paytirilib baholanadi;
- ishchi hayvoni ardan olingan nasl ishchi hayvonning 60 ozuqa-kuni 
reja tannarxiga tenglashtirilib olib baholanadi;
- tuyalardan olingan nasl 120 ozuqa-kuni reja tannarxida baholanadi;
- parranda bolalari inkubatsiyaning sutkalik parranda reja tannarxida 
baholanadi.
- yangi asalari uyalari reja tannarxida baholanadi;
- chetdan sotib olingan o‘stirishdagi va boquvdagi mollar sotib olish 
bahosiga, barcha sotib olish va tashib keltirishga ketgan xarajatlar qo‘shib 
baholanadi;
- asosiy podadan brak qilinib, boquvga qo‘yilgan mollar balans 
bahosida baholanadi;
- asosiy podaga o‘tkazilgan yosh mollar haqiqiy tannarxida baholanadi.
Har oyda o ‘stirishdagi va boquvdagi mollar vazni oichanib, ulaming
oshgan vazni evaziga yangi qiymati topiladi. Yil oxirida o‘ sgan vaznning 
haqiqiy tannarxi aniqlangandan so‘ng, reja va haqiqiy tannarxi o‘rtasidagi 
farq topiladi, ushbu farq summasi tuzatish yozuvlari qilinib o‘stirishdagi va 
boquvdagi mollarning haqiqiy tannarxi aniqlanadi.


0 ‘ stirishdagi va boquvdagi mollar hisobining asosiy vazif alari quy idagilar 
hisoblanadi:
1) o‘stirishdagi va boquvdagi mollaming bosh soni oshishi va saqlanishi 
ustidan nazorat qilish;
2) podatarkibidagi o‘zgarishlami o‘zvaqtida hisobga olib borish;
3) o‘stirishdagi va boquvdagi mollarni parvarishlash va boqish 
natijalarini to‘g‘ri aniqlash;
4) o ‘stirishdagi va boquvdagi mollar harakatini to ‘g‘ri hujjatli 
rasmiylashtirish va ular hisobini o‘z vaqtida belgilangan tartibda yuritish.
0 ‘stirishdagi va boquvdagi mollar harakati quyidagi hujjatlar bilan 
rasmiylashtiiiladi.
1. 

Download 15,8 Mb.
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   418




Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 0 ‘stirishdagi va boquvdagi mollarning hisobi

Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish