T o sh k e n t d a V l a t iqtisodlyot universiteti sa m a r q a n d iq t iso d iy o t va servis




Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/418
Sana17.01.2024
Hajmi15,8 Mb.
#139284
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   418
Bog'liq
4-Boshqa-tarmoqlarda-buxgalteriya-hisobining-xususiyatlari.-K.B.-URAZOV-2011-DARSLIK

Joriy ta’mirlanish ishlari 
profilaktik nuqtai nazaridan doimiy tarzda 
o‘tkaziladi. Joriy ta’mirlashlar, odatda, har chorakda, shuningdek nosozlik 
holatlari yuz bergan paytlarda o‘tkaziladi.
0 ‘rta ta’mirlanish ishlari 
yiligakam idabirm arotabao‘tkaziladi. 
Uningjoriy ta’mirlashdan farqi shundaki, bunda ATV ning ayrim qismlari 
vaagregatlari almashtiriladi.


K ap ital ta ’m irlash ishlari avtotransport korxonalarining biznes 
rejalariga muvofiq turli muddatlardaamalga oshiriladi. Chunonchi, ATVlar 
texnik holati va ekspluatasiya qilish intensivligiga qarab bir necha yillar 
ichida bir marta ta’mirlanishi mumkin. Kapital ta’mirlashningjoriy va o‘rta 
ta’mirlashdan farqi shundaki, bunda ATVning motori, borti va boshqa 
qismlari to‘liq yechib olinadi va qaytadan taxlanadi, shuningdek yaroqsiz 
holga kelgan agregatlar to‘liq almashtiriladi.
Avtotransport koixonalari balansidaATVlarqoldiq qiymatidaaks ettiriladi. 
ATVlarning qoldiq qiymati deganda ulaming boshlang‘ich (tiklangan) 
qiymati vajamlangan eskirishi summalari o‘rtasidagi farq tushuniladi.
18.2. A vtotransport vositalari holati va h arak atin in g hisobi
Avtotransport korxonalarida ATVlar holati va harakatining sintetik 
hisobi bosh kitobda ochiladigan 0160 «Transport vositalari» schotida 
yuritiladi. ATVlar holati va harakatining tahliliy hisobi ulaming har biriga 
ochilgan hisob kartochkalarida yoki «Asosiy vositalar hisob-kitobi»da 
olib boriladi. Hisob kartochkalari avtotransport korxonasida har bir ATVga 
davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng ochiladi. Ushbu kartochkada ATV ning 
barcha texnik ma’lumotlari, uning sotibolinishi (bepul olinishi)ni tasdiqlovchi 
hujjatning tartib raqami, sanasi, shuningdek boshlang1 ich qiymati, tiklangan 
qiymati, jamlanib boruvchi eskirish summasi, qoldiq qiymati hisobot 
davrlari bo‘yicha aks ettiriladi. Hisob kartochkasi ATVning korxonada 
foydali xizmat muddatida to‘liq saqlanadi. Korxona balansidan chiqarilgan 
sanaga ATVga ochilgan hisob kartochkasi yopiladi.
Avtotransport korxonalarida ATVlar asosan sotib olish, bepul olish, 
ta’sischilar badali sifatida kiritish evaziga ko‘payadi.
ATVlami sotib olinishi buxgalteriya hisobida tasdiqlovchi boshlang4 ich 
hujjatlar asosida quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi (18.2-jadval).
ATVlami boshqa yuridik va j ismoniy shaxslardan bepul olinishi tuzilgan 
shartnoma shartlariga ko‘ra va schot-fakturalar asosida avtotransport 
korxonasi balansiga kirim qilinadi. B uxgalteriya hisobida ushbu 
operatsiyaga quyidagicha yozuv qilinadi :
Debet 0160 «Transport vositalari»;
K redit 8530 «Bepul olingan mulk».
Avtotransport korxonalarida, chunonchi, m as’uliyati cheklangan 
jamiyatlarda, xususiy korxonalarda ATVlar ta’sischilar tomonidan ulaming


badallari evazi hisobidan ham shakllantirilishi mumkin. Ta’sischilar 
tomonidan korxona balansiga kiritilganATV qiymatiga ta’sis shartnomasi, 
baholar kelishuvi bayonnomasi, schot-fakturalar asosida quyidagicha 
yozuvqilinadi:

Download 15,8 Mb.
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   418




Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



T o sh k e n t d a V l a t iqtisodlyot universiteti sa m a r q a n d iq t iso d iy o t va servis

Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish