2 2- bob. AVTOTRANSPORT KORXONALARIDA
SOLIQLAR, ¡VIAJBUR1Y AJRATMALAR VA
T O ‘LOVLARNING H ISO BI
22.1. Avtotransport korxonalaridasoliqlarninghisobi
Respublikamizning soliq qonunchiligi hujjatlariga muvofíq ko‘ra
avtotransport korxonalari o‘zlarining tashkiliy-huquqiy maqomiga ko‘ra,
umumdavlat soliqlarini yoki ixchamlashtirilgan yagona soliq toiovini
to‘lovchilaii hisoblanadilar. Ixchamlashtirilgan yagona soliq rejimidafaoliyat
ko‘rsatishi uchun avtotransport korxonalari
ularni kichik biznes
subyektlariga kiritish mezonlari talablariga mos kelishi lozim. Kichik biznes
subyektlariga kiruvchi avtotransport korxonalari umumdavlat soliqlarini
to‘lovchilari sifatida ham faoliyat ko‘rsatish huquqiga egadirlar.
Avtotransport korxonalari to ‘laydigan barcha soliq to‘lovlari soliq
qonunchiligi hujjatlarida keltirilgan tartiblarda hisoblanadi va budjetga
o‘tkazib beriladi. Aksariyat soliq to‘lovlari, chunonchi mol-mulk solig‘i,
yer solig‘i, suv resurslari uchun soliq, obodonlashtirish va iníratuzilmani
rivojlantirish soliqlari boshqaxo'jalik yurituvchi subyektlaridagi kabi
umumbelgilangan tartiblarda hisob-kitob qilinadi.
Avtotransport
korxonalari tomonidan to‘lanadigan QQS, foyda solig‘i va yagona soliq
to‘lovini hisob-kitob qilish hamda ularni hisobga olish o‘ziga xos ayrim
xususiyatlarga ega. Quyida ushbu xususiyatlarga to‘xtalamiz.