Tovar va taralar inventarizatsiyasining hisobot yilida o'tkazilishi lozim
b o ig an
majburiy soni, ularni o ;tkazish sanalari, doimiy harakatdagi
inventarizatsiyakomissiyasi va bir marotabalik ishchi inventarizatsiya
komissiyalarining tarkibi ulgurji savdo korxonasi rahbarining buyrug‘i,
farmoyishi yoki qarori bilan belgilanadi. Korxona buxgalteriyasida
«Inventarizatsiyani o'tkazish to‘g‘risida buymq 1 arni bajarilishini nazorat
qilish kitobi» yuritiladi.
Tovar va taralar inventarizatsiyasini o‘tkazish savdo korxonasi rahbari
buyrug‘iga asosan moddiy javobgar shaxslardan Inventarizatsiyani
boshlash sanasiga hisobot tuzib berish, shuningdek ushbu hisobotga barcha
kirim va chiqim hujj atlari kiritilganligi, Inventarizatsiyani boshlashga to‘ siqlik
qiladigan hechqanday obyektiv sabablaryo‘qligi to‘g‘risidatilxat olishdan
boshlanadi. Inventarizatsiyakomissiyasi raisi oxirgi hisobotga ilovaqilingan
barcha kirim va chiqim hujjatlariga «Inventarizatsiyagacha hisobotga
kiritilgan» yozuvni va sanani qo‘yadi hamda ularni imzolaydi. Oxirgi hisobot
asosida korxona buxgalteriyasi inventarizatsiya boshlanish sanasiga tovar
va taralar bo‘yicha hisob maiumotlarini aniqlab beradi.
Omborlardagi tovar va taralarni inventarizatsiya qilishdan oldin
inventarizatsiyakomissiyasi quyidagi ishlami amalga oshiradi:
- tovar va taralar joylashgan binolardagi qo‘shimcha kirish va chiqish
eshiklarini plombalaydi;
- barcha tortish va oichash asboblarining sozligini tekshiradi;
- tovar va taralarni sanash, oichash oson boiish uchun ulaming nomi,
navi, oicham i va boshqa belgilari bo‘yicha alohida guruhlarga va joylarga
ajratadi;
- ta’minotchilaming tara va boshqa o‘rov materiallarida keltirilgan va
ochilmagan (buzilmagan) holda turgan tovarlar alohida joylarga taxlanadi;
- o ‘zga yuridik shaxslaming mas’ul saqlashda boigan tovar-moddiy
boyliklarning ro ‘yxati olinadi va ular tekshirish uchun alohida joyga
taxlanadi;
Bir nechta omborlarda saqlanayotgan tovar-moddiy boyliklar m aium
ketma-ketlikda inventarizatsiya qilinadi. Bir xonadan ikkinchisigao‘tilganda
tekshirishdan o ‘tkazilgan xona qulflanishi va inventarizatsiya tugaguncha
plombalanishi loziin.
Tovar va taralaming inventarizatsiyasi oichash, tortish, sanash orqali
am alga oshiriladi. A niqlangan natijalar
belgilangan shakldagi
«Inventarizatsiya ro'vxati»ga komissiyaa'zolaridan bin tomonidan yozib
boriladi. Tovarlarni oTchash, tortish, sanash faqat ombor mudiri yoki
moddiy javobgar shaxslar brigadasi a’zosi ishtirokida amalga oshirilishi
lozim. Inventarizatsiya ro'yxatida har bir tovar bo'yicha uning nomenklatura
raqami, artikuli, navi, bahosi, soni ko‘rsatiladi, ro‘yxatning har bir beti
oxirida unga yozilgan tovar-moddiy boyliklar tartib raqamining bosh va
oxirgi soni ko‘rsatiladi, shuningdek komissiya a ’zolari
o 'z
imzolarini
qo‘yadilar.
Inventarizatsiya o‘tkazilayotgan vaqtda kelib tushgan tovar-moddiy
boyliklar moddiy javobgar shaxs tomonidan inventarizatsiya komissiyasi
ishtirokida qabul qilinadi va ular bo‘yicha alohida «Inventarizatsiya
o ‘tkazish vaqtida kelib tushgan tovar-m oddiy boyliklar» nomli
inventarizatsiya ro‘yxati tuziladi.
Inventarizatsiya o‘tkazish vaqtida rahbarning yozma ruxsati bilan
ombordan chiqarilgan tovarlar bo‘yicha komissiya tomonidan alohida
«Inventarizatsiya o‘tkazish vaqtida ombordan chiqarilgan tovar-moddiy
boyliklar» nomli inventarizatsiyaro‘yxati tuziladi.
Omborlarda mas’ul saqlanayotgan o‘zga yuridik shaxslaming tovar-
moddiy boyliklari bo‘yicha alohida «Mas’ul
saqlashdagi tovar-moddiy
boyliklar» nomli inventarizatsiya ro ‘yxati tuziladi. Moddiy javobgar
shaxslaming bo‘ynida boigan, lekin boshqa joylarga mas’ul saqlashga
berilgan tovarlar bo‘yicha ham alohida ro‘yxat tuziladi. Ushbu ro‘yxatga
m a’lumotlar chiqim hujjati asosida kiritiladi. Komissiya tovarlar mas’ul
saqlanayotgan joydagi korxonadan ushbu tovarlar bo‘yicha alohida
inventarizatsiya ro‘yxatini talab qilib oladi va undagi ma’lumotlami o‘zlari
tuzgan inventarizatsiya ro‘yxati ma’lumotlari bilan taqqoslaydi.
Inventarizatsiya varaqalari ikki nusxada tuziladi, moddiy javobgar
shaxslar almashilayotganda yoki huquqni muhofaza etish organlari,
auditorlik tashkilotlari ishtirokidagi hollarda esa uch nusxada tuziladi.
Qayta baholash maqsadida o ‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari
k o m issiya tom onidan «Q ayta baholash dalo latn o m asi» b ilan
rasmiylashtiriladi
Inventarizatsiya komissiyasi tomonidan to‘liq rasmiylashtirilgan va
buxgalteriyaga taqdim etilgan inventarizatsiya ro ‘yxati maTumotlari
buxgalteriyada hisob ma’lumotlari bilan taqqoslanadi va inventarizatsiya
natijalari aniqlanadi. Buning uchun maxsus «Taqqoslama qaydnoma»
tuziladi, unga har bir chetlanish aniqlangan tovar va tara bo‘yicha quyidagi
ma’lumotlar yoziladi: tovaming nomi, navi, artikuli, o‘lchov birligi, bahosi,
haqiqiy soni va summasi, hisobdagi soni va summasi,
kamomad yoki
ortiqchaning soni va summasi. Ushbu qaydnoma komissiya raisi, bosh
hisobchi, ombor mudiri tomonidan imzolanadi va korxona rahbariga
tasdiqlash uchun taqdim etiladi
Rahbaming qarori inventarizatsiya natij alarini buxgalteriya hisobida aks
ettirishga asos boiadi. Inventarizatsiya natijalari hisobda quyidagi yozuvlar
bilan aks ettiriladi (24.7-jadval).
0 ‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari bo‘yicha tovar va taralaming
ombor hisobi registrlariga (kartochkalar, kitob, qaydnomalar) tuzatish
yozuvlari qilinishi, shuningdek ular moddiy javobgar shaxslaming
inventarizatsiyadan keyin tuzilgan birinchi tovar hisobotlarida mos ravishda
kirim va chiqim qismlarda alohida qatorda aks ettirilishi lozim.