baholaridagi qiymati, sotib olishga doir barcha qo‘shimcha
xarajatlar
(tashib keltirish,
brokerlik, bojxona, sertifikatlash xarajatlari) va savdo
ustamasi kiritiladi.
2-usul.
Tovarlarni sotib olinishini maxsus schotda, masalan 1510
«Tovar moddiy boyliklami sotib olinishi» schotida, hisobga olish usuli.
Ushbu schotda tovarlar uzluksiz hisob tizimiga muvofiq sotib olish
baholarida, ya’ni tannarxi bo‘yicha, aks ettiriladi. Qiymat tamoyiliga
muvofiq tovarlarning tannarxiga ularni ta’minótehilardan sotib olish
baholaridagi qiymati va sotib olishga doir barcha qo‘shimcha xarajatlar
(tashib keltirish, brokerlik, bojxona va boshqa xarajatlar) kiritiladi. Sotib
olishga doir barcha xarajatlar oldin 1510 «Tovar- moddiy boyliklami
sotib olinishi» schotida to‘planadi va tovarlar savdo shoxobchalariga kirim
qilingach, ushbu schot 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» schotiga
yopiladi. Tovarlarning sotib olish qiymati ustiga qo‘yiladigan savdo
ustamalari alohida 2980 «Savdo ustamalari» schotining kreditida va 2920
«Chakana savdodagi tovarlar» schotining debetida aks ettiriladi.
Tovarlar kirimining tahliliy hisobi moddiy javobgar shaxslar (savdo
shoxobchalari mudirlari) bo‘yicha olib boriladi.
Tovarlarni naqd pulga sotilishining hisobi.
Tovarlarni naqd pulga
sotish va undan olingan daromadning
hisobi savdo pulini qayerga
topshirilganligiga bog‘liq. Savdo puli korxona kassasiga topshirilganda
quyidagi buxgalteriyayozuvi qilinadi: