Chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida tovarlami savdo
ustamalari bilan birgalikda hisobga olinishi, shuningdek tovarlaming uzluksiz
tizimini sotish jarayonidaqoMlashning imkoniyati bo‘lmaganligi
sababli
sotish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar, ya’ni sotilgan tovarlar tannarxini
sotish paytida aniqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun oy oxirida sotilgan
tovarlarning tannarxi (St) tovarlarni sotishdan olingan daromad (Sd)
summasidan sotilgan tovarlarga to‘g ‘ri keladigan savdo va umumiy
ovqatlanish ustamalari (Su)ni ayirish orqali topiladi, ya’ni:
St = Sd - Su
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida sotish tannarxiga
kiritilgan xarajatlar yoki sotilgan tovaiiaming tannarxi quyidagi ketma-
ketlikda topiladi:
Birinchidan,
9020 «Tovarlarni sotishdan olingan
daromadlar» schotining kredit
aylanmasi asosida naqd pulga, kreditga,
mayda ulgurj i tarzda, ish haqi hisobidan va boshqa sotish turlaridan ol ingan
daromad summasianiqlanadi.