debetida va bu xarajatlami ifodalovchi schotlaming kreditida (1000,5110,
5010,6710,6520,6990 va boshqa schotlar) aks ettiriladi.
9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa x a ra ja tla r”- ushbu
schotning debetida yil mobaynida savdo korxonalarining moliyaviy faoliyatga
doir boshqa xarajatlari, masalan moliyaviy investisiyalami qaytabaholashdan
ko‘rilgan zararlar va boshqa xarajatlar aks ettiriladi Xarajatlaming aniq turlari
ushbu schotning debetida va bu xarajatlami ifodalovchi schotlaming kreditida
(0600,5800,6990 va boshqa schotlar) aks ettiriladi.
Favquloddagi z a ra rla r hisobi.
Savdo va umumiy ovqatlanish
korxonalarida favquloddagi zararlar hisobi 21 -son BHMSga muvofiq
9720 “Favquloddagi zararlar” schotining debetida hisobgaolinadi. Bunda
favquloddagi hodisalardan ko‘rilgan zararlami ko‘rsatuvchi schotlar,
masalan, 0100,0400,0700,1000,2900 va boshqa schotlar kreditlanadi.
Yil oxirida sotish tannarxigakiritilgan xarajatlar, davr xarajatlari, moliyaviy
faoliyatdan olingan xarajatlar, favquloddagi zararlar hisobi schotlarining
debetida to‘plangan summa ulaming kreditiga va 9910 “Yakuniy moliyaviy
natija” schotining debetiga yoziladi va shu asosda ular yopiladi.
27
3 .
Savdo korxonalarida yakuniy moliyaviy natijalam ing hisobi
Savdo korxonalari faoliyatining yakuniy
moliyaviy natijalarini
ifo d alo v ch i foyda (z a rar)lar k o ‘rsa tk ic h la ri b o sh q a tu rd ag i
korxonalardagidek «Mahsulot (ish, xizmat)lami ishlab chiqarish va sotish
xarajatlari hamda moliyaviy natijalami shakllantirishto‘g‘risidaNizom»ga
muvofiq aniqlanadi. Faqat, har bir foyda ko‘rsatkichini topishda bevosita
savdo faoliyatiga doir ko‘rsatkichlar asos qilib olinadi.
Chunonchi, savdo
korxonalarida tovarlami sotishdan olingan foyda (Fs) yoki zarar (Zs) sof
tushumdan (St) sotilgan tovarlar tannarxini (S) ayirish orqali topiladi, ya’ni:
Fs (Zs) = St -S , mos ravishda
Fs = a g ar St > S , Zs = a g a r St< S
Savdo korxonalarining asosiy va umumxo‘jalik faoliyati turlaridan
olgan foydasi (zarari), shuningdek soliqqacha foydasi (zarari) barcha
tarmoq korxonalaridagi singari yaxlit belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ulaming sof foydasi (Sf) yoki sof qoplanmagan zarari (Sz) soliqqacha
foyda (Fst) yoki zarar ( Zst) summasidan yagona soliq to‘lovi (Yast)
summasini ayirish orqali topiladi, ya’ni: