Bog'liq 4-Boshqa-tarmoqlarda-buxgalteriya-hisobining-xususiyatlari.-K.B.-URAZOV-2011-DARSLIK
Kredit 5110 «Hisob-kitob schoti».
2 8 .2 . S a v d o k o r x o n a la r i d a m a j b u r i y a j r a t m a l a r v a ushlanmalaming hisobi Yagona soliq to‘lovini toiovchi savdo korxonalari davlatning maqsadli
fondlari (pensiya fondi, yo‘1 fondi, maktab ta’limini rivojlantirish fondi)ga
majburiy ajratmalami qilmaydilar. Yalpi daromad solig‘ini to‘lovchi ulgurji
savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi respublika ixtisoslashtirilgan
ulguiji baza-kontoralari va ulaming hududiy bazalari esa ushbu majburiy
ajratmalami to‘lovchilari boiibhisoblanadi. 2009-yil 1-yanvardan boshlab
ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizim iga kiruvchi respublika
ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va ulaming hududiy bazalari
davlatning maqsadli fondlarining har biriga majburiy ajratmalami sof tovar
aylanmasidan 1 foiz miqdorida to‘laydilar. Barcha savdo korxonalari,
ulaming qaysi soliq to ‘lovini to‘lovchilari bo‘lishlaridan qat’i nazar,
xodimlarga hisoblangan ish haqi ko‘rinishidagi barcha daromadlardan
(imtiyozlardan tashqari) belgilangan foiz miqdorida pensiya fondiga
ajratmani, shuningdek undan belgilangan foiz miqdorida ushlanmani amalga
oshirishlari lozim. Bundan tashqari, barcha savdo korxonalari o ‘z
maqsadlarida sotib olgan avtomobillar uchun ulaming sotib olish qiymatidan
belgilangan stavkada y o i fondiga toiovlam i amalga oshiradilar.
Savdo korxonalarida boshqa korxonalar singari davlatning maqsadli
fondlariga ajratmalar tasdiqlangan shakllarda hisob-kitob qilinadi va ushbu
hisob-kitoblar asosida hisoblangan ajratmalar summasiga quyidagi yozuv
qilinadi:
Debet 9430 «Boshqa operasion xarajatlar»;
Kredit 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga toiovlar».
Xodimlarga hisoblangan ish haqi koiinishidagi barcha daromadlardan
(imtiyozlardan tashqari) belgilangan foiz miqdorida pensiya fondiga
aj ratmaga quyidagi yozuv qilinadi :