kabi boshqaruv bilan bog‘liq xarajatlar kiradi. M a’muriy-boshqaruv
xarajatlari 9420 «Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari» schotining debetida
va aniq xarajatlami ifodalovchi boshqa schotlaming (0200,0500,1000,
5010,5110,6710,6520,6990) kreditidaaks ettiriladi.
9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schotida yil mobaynida qurilish
tashkilotlarining umumxo‘jalik faoliyatiga doir davr xarajatlari (moddiy
yordam, kompensatsiyalar, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv solig‘i, pensiya
fondiga, yo‘l fondiga, maktablami rivojlantirish
fondiga majburiy ajratmalar,
mulkni sotishdan va berishdan ko‘rilgan zararlar va boshqa shu kabi
operatsion xarajatlar) aks ettiriladi. Bunda operatsion xarajatlaming aniq
moddalarini ifodalovchi boshqa schotlar (1000,5010,5110,6400,6710,
6520,6990,9210,9220) kreditlanadi.
«Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xarajatlari»
schotining debetida yil mobaynida qurilish tashkilotlarining kelgusi faoliyatini
rivojlantirishga sarflangan davr xarajatlari (yangi ishlab chiqarishni vayangi
texnologiyalami o‘zlashtirishga, boshqaruv tizimini yaxshilashga sarflangan
va boshqa shu kabi operatsion xarajatlar) aks ettiriladi. Ushbu turdagi
davr xarajatlari soliq qonunchiligiga ko‘ra kelgusi 10 yil ichida bir maromda
soliq bazasidan maxsus hisob-kitob asosida chiqarib boriladi. Kelgusida
soliq bazasidan chegirib boriladigan xarajatlar bu schotning debetida va
boshqa schotlaming (masalan, 1000, 5110,50 1 0 ,6 0 1 0 ,6 7 1 0 ,6 5 2 0 ,
6990 va shu kabilar) kreditida aks ettiriladi.
Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xarajatlarini
o‘zgarishi to ‘g ‘risidagi ma’lumotlar maxsus balansdan tashqari 012
«Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xarajatlari»
schotida belgilangan muddatda ko‘rsatib boriladi.