• V alutalar k urslari farq id an darom adlar
  • Uzoq muddatli ijaradan daromadlar
  • Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar




    Download 15,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet90/418
    Sana17.01.2024
    Hajmi15,8 Mb.
    #139284
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   418
    Bog'liq
    4-Boshqa-tarmoqlarda-buxgalteriya-hisobining-xususiyatlari.-K.B.-URAZOV-2011-DARSLIK

    Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar 
    deganda qurilish tashkilotining 
    boshqa yuridik shaxslarga bergan qarzlari vakreditlari uchun hisoblangan 
    foizlar tushuniladi. Ushbu foizlar summasi tuzilgan shartnomalar asosida 
    hisoblanadi. Foiz ko‘rinishida hisoblangan daromadlar 4830 “Olinadigan 
    foizlar” schotining debetida va 9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar” 
    schotining kreditida aks ettiriladi.
    V alutalar k urslari farq id an darom adlar 
    deganda qurilish 
    tashkilotining valuta schotida saqlanayotgan chet el valutasi va chet el 
    valutasidagi debitorlik qarzlar bo‘yicha hisoblangan ijobiy kurslar farqi 
    tushuniladi. Ushbu daromad har oyning oxirida 5210 “Mamlakat ichidagi 
    valuta schotlari”, 5220 “Chet eldagi valuta schotlari”, 4000 “Olinadigan 
    schotlar”, 4300 “Ta’minotchi va pudratchilarga berilgan bo‘naklami 
    hisobga oluvchi schotlar” va boshqa chet el valutasida hisobi yuritilgan 
    debitorlik qarzlar schotlari bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
    banki e’ Ion qilgan kurslar asosida hisoblanadi. Hisoblangan ijobiy kurslar 
    farqi yuqorida keltirilgan schotlaming debetida va 9540 “Valutalar kurslari 
    farqidan daromadlar” schotining kreditida aks ettiriladi.
    Uzoq muddatli ijaradan daromadlar 
    deganda mulkni bir yildan ko‘p 
    muddatga ijaraga berishdan olingan daromadlar tushuniladi. Ushbu 
    daromadning summasi tuzilgan lizing (ijara) shartnomasi asosida hisoblanadi. 
    Hisoblangan daromad summasi 4830 “Olinadigan foizlar”, 6230 “Boshqa 
    muddati uzaytirilgan daromadlar” schotlarining debetida va 9550 “Uzoq 
    muddatli ijaradan daromadlar” schotining kreditida aks ettiriladi.


    Q im m atli qog‘ozlarni qayta baholashdan d a ro m a d la r deganda 
    uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar qiymatini oshirish natij asida vuj udga 
    kelgan daromadlar tushuniladi. Bunday daromadlar qayta baholash 
    dalolatnomalari asosida hisoblanadi. Hisoblangan daromad summasi 0600 
    “Uzoq muddatli investitsiyalami hisobga oluvchi schotlar”, 5800 “Qisqa 
    muddatli investitsiyalami hisobga oluvchi schotlar”ning debetida va 9560 
    “Qimmatli qog‘ozlami qayta baholashdan darom adlar” schotining 
    kreditida aks ettiriladi.
    Qurilish tashkilotlarida moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlaming 
    talil iliy hi sobi ulaming turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlari 
    bo‘yicha 11 -s jumal-orderda olib boriladi.
    21 -son BHMSga muvofiq qurilish tashkilotlarida moliyaviy faoliyatga 
    doir xarajatlaming hisobi quyidagi schotlarda olib boriladi:

    Download 15,8 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   418




    Download 15,8 Mb.
    Pdf ko'rish