Ish davrining davomiyligini belgilab beruvchi omillar:
• ishlab chiqariladigan mahsulot turi va iste'mol qilinish xususiyatlari;
• ishlab chiqarish texnologiyasi va uning texnikaviy qurollanish
darajasi;
• qo'llaniladigan mehnatning miqdori va uning unumdorligi;
• ishlab chiqarishning tabiiy va iqlim sharoitlari.
Ishlab chiqarish vaqtida tanaffuslaming mavjud bo'lishini taqozo etuvchi
omillar:
1. Tabiiy jarayonlarning (kimyoviy, biologik) m ehnat
buyumlariga ta’sir ko'rsatish zarurligi.
2. Tashkiliy sabablar. Bunda tanaffuslarni korxonalarning
ish rejimi va ishlab chiqarishni tashkil qilish xususiyatlari
zarur qilib qo'yadi.
Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash zarurligi ishlab
chiqansh vositalanning zaxira va ehtiyotlar sifatida bo'lish vaqtini taqozo
etadi.
Muomala vaqtining davomiyligini belgilab beruvchi omillar:
> transport, aloqa va kommunikatsiya tizimining rivojlanish holati;
>
tovarlar va resurslar bozorining rivojlanish darajasi;
> bozor infratuzilmasining holati;
>
xo'jalik aloqalarining mavjud tizimi.
Download