Akademik litseylarda differensial ta’limni qo’llanilishi




Download 0,6 Mb.
bet5/7
Sana13.05.2024
Hajmi0,6 Mb.
#229990
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi

2.1 Akademik litseylarda differensial ta’limni qo’llanilishi.
О‘quvchilarning bilish faoliyati individual tarzda tashkil etilganda о‘quvchilar о‘quv materialini mustaqil о‘zlashtiradilar, ularning aqliy rivojlanishi, qiziqishi, ehtiyoji, iqtidori, bilimlarni о‘zlashtirish darajasi hisobga olingan holda tuzilgan о‘quv topshiriqlarini mustaqil bajaradi va о‘z bilish faoliyatining subektiga aylanadi. О‘quv topshiriqlarini individual bajarish jarayonida о‘quvchilarning aqliy faoliyati jalb etiladi, о‘z bilimi, kuchi va qobiliyatiga bо‘lgan ishonch ortadi va har bir shaxs о‘z imkoniyati darajasida rivojlanadi. Shu tarzda tashkil etilgan bilish faoliyati orqali vaqtdan unumli foydalaniladi, samaradorlik ortadi.
Biologiyaning о‘qitishda о‘kuvchilarning bilish faoliyatini individual tarzda tashkil etish asosan dars bilan birgalikda darsdan va sinfdan tashqari ishlarda ham foydalaniladi. Masalan, о‘quvchilarning uy vazifasini bajarishida ularga tavofutlab yondashish imkoniyatlari mavjud. О‘quvchilarga muayyan mavzular bо‘yicha krossvordlar tuzish, kuzatish va tajribalar о‘tkazish, ma’ruza va referatlar, turli mavzularda о‘tkaziladigan tanlovlar uchun materiallar tayyorlash shular jumlasidandir.
О‘quvchilarning bilish faoliyati kichik guruhlarda tashkil etilganda guruhdagi har bir о‘quvchi iqtidori, qiziqishi, bilim saviyasi, bilimlarni о‘zlashtirish darajasini aniqlash, о‘quvchilar о‘rtasida hamkorlik, о‘quv muloqoti, bahsi, munozara, о‘zaro yordamni amalga oshirish kо‘zda tutiladi.Biologiya darslarida о‘quvchilarning bilish faoliyati yalpi о‘qitishni individual va kichik guruhlarda ishlash shakllari bilan uyg‘unlashtirilganda juda yuqori samara beradi.
Ma’lumki, biologiyani о‘qitish dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari ishlar va ekskursiyalar shaklida tashkil etiladi. О‘rta maxsus, kasb ta’limi muassasalarida biologiya о‘quv fanini о‘kitishning samaradorligini oshirishning muhim sharti ta’lim-tarbiya jarayoniga tizimli yondoshuv sanaladi, shu sababli о‘quv dasturidan о‘rin olgan har bir mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadi hisobga olingan holda biologiyani о‘qitishda quyidagi dars turlaridan foydalanish tavsiya etiladi va о‘qituvchilarga quyidagi dars turlari tavsiya etiladi:
Ma’ruza (kirish ma’ruzasi, mavzuli ma’ruza, umumlashtiruvchi ma’ruza)darslari.
Seminar (bilimlarni mustahkamlovchi, yangi bilimlarni mustaqil egallashga mо‘ljallangan) darslari.
Modulli dars.
Muammoli (aqliy xujum) darslar.
Munozarali darslar.
Didaktik-о‘yinli (syujetli-rolli, ijodiy, ishbilarmonlar, konferensiyalar, о‘yin mashqlar) darslar.
Uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi bо‘lgan о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida biologiyani umumta’lim fani sifatida о‘qitish yagona о‘quv dasturi asosida tashkil etilsa-da u ikki yо‘nalishda amalga oshiriladi. Akademik litsey о‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal о‘stirish, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan muassasa ekanligini hisobga olgan holda, biologiyani о‘qitishda ilmiy-nazariy masalalarga keng о‘rin berish, о‘quvchilarning chuqur о‘zlashtirayotgan fani bilan fanlararo bog‘lanishlarni amalga oshirish, ularning qiziqishlari va ehtiyojlari, mustaqil, ijodiy va mantiqiy fikr yuritish, tajriba qо‘yish va kuzatish kо‘nikmalarini rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish masalalariga e’tiborni qaratish, ilmiy-tadqiqot institutlarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar mazmuni va natijalari, biolog olimlarning hayoti, ularning fan rivojiga qо‘shgan hissalari bilan tanishtirish, uchrashuvlar tashkil etish tavsiya etiladi. Kasb-hunar kollejlarining о‘quvchilari tanlagan kasblari bо‘yicha ixtisoslik olishlarini nazarda tutgan holda biologiyani о‘qitishda kо‘proq amaliy masalalarga, ayniqsa qishloq xо‘jalik, tibbiyot, о‘rmonchilik, baliqchilik, oziq-ovqat, yengil sanoat, hamda xalq xо‘jaligining boshqa sohalarida biologiyaning tutgan о‘rniga ahamiyat qaratiladi. О‘quv yurtining ixtisosligiga bog‘liq holda jamoa, fermer, о‘rmonchilik xо‘jaliklari va tibbiyot muassasalariga ekskursiyalar uyushtirish, tabiatni muhofaza qilishning nazariy va amaliy masalalariga e’tiborni qaratish lozim.
О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida biologik ta’lim mazmuni davlat ta’lim standartlari bilan meyorlangan, shu asosda о‘quv dasturi tayyorlangan va unga muvofiq holda darslikning yangi avlodi yaratilgan.
Biologiya darsligida о‘kuvchilarning о‘quv-bilish faoliyatini faollashtiradigan, mustaqil ishlashi va ijodiy fikr yuritish, о‘zlashtirgan bilimlarini nazorat qilishi va о‘z-о‘zini baholash, mantiqiy fikr yuritish operatsiyalarini194 bajarish natijasida biologik bilimlarni ongli о‘zlashtirish kо‘nikmalarini egallashlariga zamin tayyorlangan.
О‘qituvchi biologik ta’lim samaradorligiga erishish va о‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishi uchun ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari va ularni о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirish usullarini bilishi lozim.
Ta’lim mazmunining tarkibiy qismi bо‘lgan bilimlar о‘quvchilar tomonidan о‘kuv materialini sezgi organlari orqali qabul qilish, tasavvur qilish, abstrakt fikr yuritish, о‘rganilgan ma’lumotlarni yodda saqlash, bilimlarni tanish odatiy va yangi kutilmagan vaziyatlarda qо‘llash bosqichlari yordamida о‘zlashtiriladi.
О‘quvchilarda faoliyat turlari - kо‘nikma va malakalarni shakllantirish kо‘nikma tarkibiga kiradigan ish usullarni aniqlash va ularni bajarish, kо‘rsatmaga binoan shu ish usullarini takror mashq qilish, kо‘nikmalarni tanish, odatiy va kutilmagan yangi vaziyatlarda ijodiy qо‘llash kabi bosqichlarni о‘z ichiga oladi.Ta’lim mazmunining uchinchi tarkibiy qismi bо‘lgan ijodiy faoliyat tajribalari о‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritishiga zamin tayyorlab, uni о‘qituvchining tayyor axboroti orqali shakllantirish mumkin emas. О‘quvchilarda ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish uchun ular о‘kuv materialini mustaqil ravishda о‘zlashtirishlari, о‘quv topshiriqlarini bajarish jarayonida muammolarni idrok etishi, tasavvur qilishi, abstrakt fikr yuritishi, о‘rganilayotgan obektlarni tahlil va sintez qilishi, taqqoslashi, о‘xshashlik va umumiy tomonlarini aniqlashlari, fikr va g‘oyalarni umumlashtirib, xulosa yasash orqali bilim, kо‘nikma va malakalarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qо‘llashni о‘rganishlari lozim.
Ta’lim mazmunining tо‘rtinchi tarkibiy qismi hisoblangan qadriyatlar tizimi о‘qitish jarayonida ta’lim-tarbiyaning uzviyligi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini ta’minlash, о‘quvchilarda tabiat va butun borliqqa nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirishga xizmat qiladi. О‘quvchilar mazkur tarkibiy qismni о‘zlashtirishlari uchun avval о‘zlashtirgan bilim, kо‘nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlar ijodiy qо‘llashlari, bir sо‘z bilan aytganda faol о‘quv-bilish faoliyati talab etiladi. Ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari davlat ta’lim standartlarining asosini tashkil etadi.
Davlat ta’lim standartlari tahlili uning quyidagi tarkibiy qismlardan iboratligini kо‘rsatdi:
Asosiy qism – ta’lim-tarbiya jarayonidan kо‘zlangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga imkon beradigan biologik bilim, kо‘nikma va malakalarning o’quv qo’llanmasi sanaladi. Ta’lim mazmunining asosiy qismi bilimlar, faoliyat turlari – kо‘nikma va malakalardan iborat bо‘ladi.
Kengaytiruvchi tarkibiy qism – о‘kuvchilarning biologik bilimlari va mustaqil hayotga tayyorgarligini orttirishga imkon beradigan, shaxs yoki gurux qiziqishlarini rivojlantirishga yо‘nalti-rilgan ta’lim mazmuning bir qismi. Bu qism ta’lim mazmunining ijodiy faoliyat tajribalari va qadriyatlar tizimini о‘z ichiga oladi.
Yordamchi qism – biologiya kursining mantiqiy strukturasining yaxlitligini ta’minlovchi ta’lim mazmuninining ma’lum bir bо‘limi. О‘quvchilarning qiziqishlari, istagi va ehtiyojlari asosida darsdan va sinfdan tashqari tashkil etiladigan mashg‘ulotlarning mazmunini tashkil etadi. Qо‘shimcha tarkibiy qism - о‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalari yо‘nalishi va mahalliy xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladigan ta’lim mazmunining bir qismi. DTS ning asosiy va kengaytiruvchi tarkibiy qismlari о‘zgarmas bо‘lib, о‘quv fanining asosiy fundamental va amaliy masalalarini yoritadi, yordamchi va qо‘shimcha tarkibiy qismlari о‘kuvchilarning kelgusida egallaydigan mutaxassisliklariga bog‘liq holda о‘kuv fanining о‘zgarib turadigan qismi sanaladi.


Download 0,6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Akademik litseylarda differensial ta’limni qo’llanilishi

Download 0,6 Mb.