Biologiyani o’qitishda differensial ta’lim texnologiyasidan foydalanish




Download 0,6 Mb.
bet4/7
Sana13.05.2024
Hajmi0,6 Mb.
#229990
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi

1.2 Biologiyani o’qitishda differensial ta’lim texnologiyasidan foydalanish.
Ta’limni differensiallashtirish:
1.O’quvchilarni o’quv jarayoni uchun ahamiyatli bo’lgan xususiyatlariga ko’ra guruhlarga ajratib tashkil etiladigan o’quv jarayonining ma’lum bir shakli;
2.O’quv jarayonini tashkil etish didaktik tizimining bir qismi bo’lib, unda tahsil oluvchilarning har xil darajadagi guruhlarida maxsus o’qitish jarayoni tashkil etilishini ta’minlaydi.
Differensial ta’lim texnologiyasi o’quv jarayonining muayyan qismining didaktik maqsadini amalga oshirishga imkon beradigan mazmun, vosita, metod va shakllarining majmuasidir.Bu texnologiyaning asosiy mohiyati o’qitish jarayonini tabaqalashtirish ustuvor jihati bo’lib, unda har bir shaxsning imkoniyati va qobiliyatiga yarasha o’qitish, o’quvchilarni har xil guruhlarda ishlashga o’rgatish sanaladi.
O’qitishning barcha shaklida differensiallashtirish uchraydi, tabaqalashtirish mavjud, shu sababli mazkur texnologiya ta’lim jarayoniga «singib» ketuvchi texnologiya sanaladi.
Mazkur texnologiyaning afzalliklari:
1. O’qituvchi o’quvchilari egallagan bilimi, o’zlashtirish sur’atini e’tiborga olgan holda yordam berish imkoniyati vujudga keladi.
2. O’quvchilarning tahsil olish sur’ati va bilimlarni o’zlashtirish sifati ortadi.
3. Shaxsda mavjud «Men» konsepsiyasining darajasi ortadi, bilimi kuchli o’quvchilarning o’zlarining qobiliyatlarini namoyon qilish, o’zlashtirishi past bo’lgan o’quvchilarda bilish quvonchiga ega bo’lishiga olib keladi.
4. O’quvchilarning tahsil olishga bo’lgan qiziqishi, ehtiyoji ortadi.
5. O’quvchilarning har xil tabaqadagi (gomogen, geterogen) kichik guruhlarda ishlashiga imkon yaratiladi.
Biologiya o’qituvchisi o’qitishni differensiallashtirish uchun muayyan bir mavzu bo’yicha uch xil darajadagi:
A - ijodiy, V - izlanish, S - reproduktiv xarakterdagi o’quv topshiriqlarini tuzadi.
Bu o’quv topshiriqlarda ikkita yo’nalish nazarda tutiladi:
1. O’quvchilarning muayyan darajadagi bilim, ko’nikma va malakalani egallashi;
2. O’quvchilarning tahsil olishdagi mustaqilligini ta’minlash;
O’qituvchi A, V, S variantdagi o’quv topshiriqlarini tuzishda izchillikka amal qilishi kerak.
A - variantdagi o’quv topshiriqlari o’rtacha o’zlashtiradigan o’quvchilarga mo’ljallangan bo’lib, u o’quvchilarning DTS bilan me’yorlangan bilim va ko’nikmalarni ega. Uashlarini ta’minlaydi. Shuning uchun ushbu o’quv topshiriqlarni bajarish bo’yicha ko’rsatmalarda e’tibomi nimalarga qaratish kerakligi, qanday xulosa chiqarish yo’llari aniq belgilab qo’yilishi lozim.
V - variantdagi o’quv topshiriqlarini tuzishda o’qituvchi o’quvchilarning o’quv va aqliy faoliyat usullaridan foydalanishini nazarda tutgan holda, DTS bilan mfe’yorlangan bilim va ko’nikmalarni egallashdan tashqari shaxsning mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish maqsadida muammoli va mantiqiy xarakterdagi topshiriqlarni kiritadi.
S - variantdagi o’quv topshiriqlari o’quvchilarning avval o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalarini yangi vaziyatlarda qo’llab, yangi bilimlarni egallashlariga imkon yaratadi. O’quvchilar mavzu bo’yicha berilgan o’quv materiallarini mustaqil o’zlashtiradilar. Shuningdek, o’quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirilishiga zamin tayyorlaydi.
O’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish, ularda dunyoqarashni, ishonch va e’tiqodlarini o’stirish. O’quvchilarning ma’naviyatini boyitish va tarbiyalash. Yoshlarning ichki imkoniyatlarini, qobiliyatlarini va iste’dodlarini ochish hamda o’stirish kabi vazifalarni bajarishda differentsiyalashgan yondashuvning ahamiyati beqiyosdir. Chunki, differentsiatsiya (ya’ni yakka holdagi yondoshuv) talaba shaxsini chuqurroq o’rganishga, kuchli va zaif tomonlarini aniqlashga yordam beradi. O’quvchi shaxsi chuqurroq o’rganilgandan keyingina unga mos bo’lgan metodlar tanlab olinishi maqsadga muvofiq. Barcha o’quvchilar uchun umumiy metodlar qo’llash ta’limni ko’r-ko’rona olib borish bilan barobar va bu holda ta’limning samarasini juda past darajaga ega bo’ladi. Ta’limni differentsiatsiyalash muammosi hozirgi davrda rivojlangan mamlakatlarda ma’lum darajada o’z echimini topmoqda va aytish kerakki, bu echimlar ijobiy yutuqlarni qo’lga kiritishga yordam bermoqda.
Ta’limda yoshlarni bilim, ko’nikma, malakalar bilan qurollantirish, ularning qobiliyati va iste’dodlarini rivojlantirish jarayonida baholash va bilimlarni tekshirib turish muhim ahamiyat kasb etadi. Baholash ta’lim tizimida foydalanilayotgan metodlar qanchalik samarali ekanligini, talabalarning o’zlashtirish darajasini aniqlashga yordam beradi.
Ta’limning asosiy vazifalaridan biri talabani umumiy rivojini ta’minlash. Lekin talabaning haqiqiy rivoji faqat uning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holdagina amalga oshirilishi mumkin. Ularning real o’quv imkoniyatlarini, rivojlanish jihatlarini o’rganish hozirgi vaqtda shunchaki xohish emas, balki majburiy talabdir. Busiz o’quv jarayonini muqobillashtirish, uni boyitish aqlga sig’maydi. Albatta shaxsiy xususiyatlar juda xilma-xil va ularni o’rganish ma’lum vaqt talab etadi. Kuzatish jarayonida o’quvchining kuchli va ojiz tomonlarini, uning qiziqishlari, tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, hayoliga mos bo’lgan xususiyatlarini bilib olish mumkin. O’quvchi shaxsining muammolari va qiyinchiliklarini tahlil qilish hamda shu muammolarning sabablarini aniqlash keyingi pedagogik chora-tadbirlarni rejalashtirishda juda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa o’zlashtirishi bir oz pastroq bo’lgan talabalar bilan yakka holda ishlash jarayonida pedagog o’zi uchun o’quvchining yangi qirralarini kashf etishi e’tiborli. Keyingi davrlarda “differentsiallashgan ta’lim” degan tushunchani keng tarqalishining asosiy sababi ham shaxsiy xususiyatlari, qobiliyati, qiziqishlari, iqtidori kabilarni hisobga olgan holda talabalarni guruhlarga ajratishni va shu guruhlar uchun alohida dasturlar ishlab chiqishga qaratilgan. Guruhlar uchun tuzilgan dasturlar, qo’llaniladigan metodlar o’quvchilarning shaxsiy xususiyatlari hisobga olgan holda tanlanadi.
Differentsial ta’lim korrektsion-rivojlantiruvchi ta’lim uchun katta ahamiyatga ega. O’qishda va maktabda anomal bolalarga o’z vaqtida malakali yordam ko’rsatishni ta’minlovchi differentsial ta’lim tizimi bo’lib, uning asosiy vazifasi bola rivojlanishining umumiy darajasini oshirishga qaratilgan bilimlarni tizimlashtirish, uning rivojlanishi va o’qishidagi kamchiliklarni yo’qotish, etarlicha shakllanmagan malaka va ko’nikmalarni shakllantirish hamda bolaning idrok etish borasidagi kamchiliklarni tuzatish. Biologiya o’qituvchisining differensiallashtirish texnologiyasidan foydalanishi uchun quyidagi metodga to’xtalib o’tamiz:
Rasmlarini o’rganish metodi. Rasmlar bolani o’rganishda muhim differentsial-diagnostik vosita hisoblanadi. Bolada pedagog tomonidan tavsiya etilgan rasmlar xavotir uyg’otsa, bolaga erkin rasm chizishni taklif etish maqsadga muvofiqdir. Uning mavzu tanlay olishi, tasvirlash xususiyatlari, rasm chizish jarayoni yakuniy tashhis uchun qimmatli ma’lumot hisoblanadi. Aqli zaif bolalar odatda mavzuni tanlashga qiynaladilar, ular syujetlar yaratmay, alohida odatiy predmetlarni tasvirlashga harakat qiladilar.
O’z sinflarida og’ir ko’rish qobiliyati buzilgan bola bo’lgan o’qituvchilar bolaga differentsial yondashuv asosida munosabatda bo’lishlari zarur. Buning uchun sinfdagi o’quvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi, sinf xonasi yaxshi yoritilgan, ko’rish qobiliyatida nuqsoni bo’lgan bolaning ish o’rni esa ko’shimcha yoritilgan bo’lishi kerak. O’quv-tarbiyaviy ishlar jarayonida o’qituvchining nutqi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Uning nutqi aniq, tushunarli, ifodali bo’lishi zarur. O’qituvchi o’zining har bir harakati mohiyatini so’z yordamida sharhlab borishi, sinfda ko’r yoki yomon ko’radigan bola bo’lsa o’qituvchi ularning individual xususiyatlari va imkoniyatlarini bilishi, ular normal ko’radigan tengdoshlaridan farq qilishlarini yaxshi anglashi maqsadga muvofiqdir.
Differentsial va integratsiyalashgan ta’limni tashkil etish zarurati – bu anomal bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o’rganish va ularning ta’lim – tarbiyasi bilan shug’ullanish asosida paydo bo’lgan. Differentsial va integratsiyalashgan ta’limni tashkil etish uchun zarur bo’lgan shart – sharoitlarni o’rganish, ulardagi nuqson va kamchiliklarni bartaraf etish, kompensatsiyalash, iloji boricha korrektsiyalash, ko’zga ko’rinmaydigan darajagacha kamaytirish yo’llari, usullarini belgilab olishdir.
So’nggi yillarda olimlar ruhiy sust rivojlangan bolalarni klinik – psixologik jihatdan quyidagi xillarga bo’lishni tavsiya etadilar:
1. Konstitutsional;
2. Somatogen;
3. Psixogen;
4. Tserebral shakli.
Ruhan sust rivojlangan bolalar maxsus yordamga muhtoj, ular maxsus muassasalarda yoki differentsial ta’limga jalb etilishi kerak.
Ta’lim metodlarini tasnif etish masalasiga doir karashlarning ko’pligi, rang - barangligi ularning - ta’lim metodlarining ko’p kirrali didaktik xodisa ekanligi bilan izoxlanadi. Shu bilan birga, bu didaktika soxasida amal kilayotgan differentsiatsiya va integratsiya jarayonlarining natijasidir. Endilikda ta’lim metodlari moxiyatini bayon etishga ko’p tomonlarna kompleks yondoshish zaruriyati kuchayib bormokda. Bu inson faoliyatiga yaxlit yondoshish metodologiyasi asosida ta’lim metodlari to’grisidagi bilimlarni umumlashtirish va yagona tizimga birlashtirish imkoniyatlarini kengaytirmokda. Pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiya tushunchasining kirib kelish munosabati bilan, o’kitishning interfaol metodlari xam yaratildi.
Ta’limning tashkiliy shakllari o’kuvchilar mikdori, o’kuv ishlarini o’tkazish o’rni, vakti xamda o’kitish va o’kish faoliyatlarining amal kilish usullariga ko’ra bir - biridan fark kiladi. Ta’lim yakka bir o’kuvchi bilan o’tkazilsa, individual ta’lim sanaladi. Ta’lim o’kuvchilarning kizikishi, kobiliyati, tayyorgarlik darajasini xisobga olib aloxida - aloxida o’kuvchilar jamoalari bilan tashkil etilsa, guruxlarda o’kitish deb yuritiladi.
Ta’limning tashkiliy shakllariga ko’ra bolalarning individual, guruxiy va jamoa ishlari nisbati aniklanadi, ulardan maksadga muvofik foydalanish, individual gurux va jamoa ishlarini optimal ko’shib olib borish o’lchovlari belgilanadi.
Individual ta’lim o’quv - tarbiya jarayoning eng kadimiy tashkiliy shakli bo’lib, u dastavval antik Gretsiyada paydo bo’lgan edi. O’kituvchi bir o’kuvchi bilan ishlab ta’limni bevosita tashkil etgan, boshkargan, nazorat etgan. O’kituvchi matnlarni o’kib bergan yoki bolalarning o’zlariga o’kitib, so’zlatgan. Koida va ta’riflarni yodlash, jismoniy mashqlarni bajarish, muzika asboblarida u yoki bu kuyni ijro etish yo’llari bilan bolalar xayot, san’at, notiklik, jismoniy madaniyatga oid bilimlarni o’zlashtirgan.
Keyinchalik individual ta’lim bilan yonma - yon guruxlar asosida ya’ni individual guruxiy o’kitish tajribasi xam ko’llana boshlangan. O’rta asrlarga kelib koidalarni yodlash, bir xil tipdagi mashqlarni bajarish, og’zaki savol-javob, shuningdek ta’limning yukori pog’onalarida ma’ruza, munozara ta’limning etakchi usullariga aylana boshlagan.
Individual ta’limni o’kituvchi yo o’z uyida yoki o’kuvchining uyida tashkil etgan. Individual - guruxiy ta’limda esa o’kituvchi bir gurux bola bilan ishlagan: bir xonaga turli yoshdagi, turli tayyorgarlikka ega bolalar to’plagan: o’kituvchi bolalar bilan individual ishlab xar bir o’kuvchidan o’rganilgan temani so’rab yangi materialni tushuntirgan, so’ngra bolalarga individual topshirik bergan. Guruxdagi barcha o’kuvchilar bilan aloxida - aloxida ishlash shu yo’sinda davom etilgan. Mashg’ulotlar kat’iy rejim, dastur asosida o’tkazilmagan. O’kuvchi kunning istalgan paytida maktabga kelgan. Dasturlarning yo’kligi ma’lumot mazmunini o’zlashtirish jarayonini tashkil etish, boshqarish, nazorat etishda turli chalkashliklarga olib keladi. Ta’limning individual - guruxiy shakllari - sinf dars sistemasi asoslanguncha davom etgan.
O’qitishni demokratlashtirish talablariga muvofiq o’quvchilarga o’quv topshiriqlarini tanlash huquqi beriladi. Shu tariqa har bir o’quvchining o’z imkoniyati va qobiliyatiga yarasha rivojlantirish imkoniyati yaratiladi.
Mazkur texnologiyada bilimlarni nazorat qilish va baholash individual tarzda bajarilgan o’quv topshiriqlariga muvofiq amalga oshiriladi. Tabaqalashtirilgan yondashuvda, o’quv topshiriqlarini tuzishda o’quvchilarning o’zlashtirishi lozim bo’lgan o’quv materiali asos qilib olinadi. Buning uchun o’qituvchi biologiyadan DTS ning mazmuni bilan yaqindan tanishishi, o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim va ko’nikmalarga qo’yiladigan minimum va maksimum talablarni yaxshi bilishi lozim.
O’quvchilarning mavzu bo’yicha o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilimlar va ko’nikmalar asos bo’lib, qisman izlanishli va ijodiy topshiriqlar bilimlarni rivojlantirish, chuqurlashtirish va mustahkamlashga xizmat qiladi, ya’ni o’qitish jarayonini har bir qatnashchisi uchun qiziqarli va foydali bo’lishi, shaxsning rivojlanishiga imkon yaratadi. Biologiyani o’qitishda tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish uchun o’qituvchi:
1. O’quv fani bo’yicha o’quv materiallarini qism (blok)larga ajratishi, har bir qism bo’yicha o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan o’quv materialining minimum va maksimum hajmi, o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarga qo’yiladigan minimum va maksimum talablarni yaxshi bilishi lozim;
2. Muayyan mavzular bo’yicha qiyinchiligi turli darajadagi o’quv topshiriqlarini tuzishi;
3. O’quvchilarning har xil darajadagi kichik guruhlarda ishlashini tashkil etish va boshqarish ko’nikmalarini egallagan bo’lishi lozim.
Differensiallashtirilgan ta’limda har bir o’quvchining shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlari hisobga olinadi. Shu sababli o’qitishni differensiallashtirish individuallashtirilgan ta’limni taqozo etadi.
Individuallashtirilgan ta’lim - o’qitish shakli, o’qitish jarayonini tashkil etishning modeli bo’lib, u quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
1. O’qituvchi har bir o’quvchi bilan individual ishlaydi;
2. Har bir o’quvchi o’zining shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlariga mos holda tuzilgan o’quv topshiriqlarini bajaradi, ya’ni o’qitish vositalari (darslik, ko’rgazmali va didaktik materiallar, kompyuter) bilan yakka tartibda ishlaydi.
Individual ta’limning asosiy afzalligi, o’quvchilarning o’quv faoliyatini tashkil etish, ta’lim mazmuni, vositalari va metodlarini tanlashda ularning shaxsiy xususiyatlari va sur’ati hisobga olinganligi sababli mazkur jarayonni jadallashtirish, ularning o’quv topshiriqlarini bajarishda mo’ljalni to’g’ri olishi va tezroq moslashishi, o’z imkoniyatlari darajasida bilim va ko’nikmalarni egallashlariga imkon yaratish hisoblanadi.
O’quvchilarning yosh va individual hususiyatlarini hisobga olish qoidasi. O’qituvchi bolalarning har birini tushunish mahoratiga ega bo’lishi kerak. O’z o’quvchilarini bilish va ular bilgan narsalarni bilish va har biri alohida va hammasi birgalikda bilishi mumkin bo’lgan narsalarni bilish o’qituvchi uchun zarur shartlardan biridir.
Tajribali o’qituvchilar o’quvchilarni kuzatadilar, ularni har tomonlarna o’rganadilar, o’quvchini boshqalardan ajratadigan sifatlarni izlab topadilar va u boshqalarga qanday naf keltirishi mumkinligini aniqlaydilar.
Tarbiyaning mazmuni, shakli va metodlari bolalar yoshi va saviyasiga qarab turli sinfda turlicha bo’ladi. Masalan, yuqori sinflarda shaxsning rivojlanishi va shakllanishi, uning ijtimoiy o’zligini anglashga bo’lgan istagi, qiziqishi va qobiliyatini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratiladi, kasbga yo’naltirishga e’tibor beriladi. O’quvchilar jamoasi ayrim shaxslardan iborat, Shuning uchun har bir bolaning o’ziga alohida pedagogik ta’sir ko’rsatilishi kerak. Buning uchun pedagog bolaning qanday oilada tarbiyalanganligi, u tarbiyalangan muhit ta’sirini, tengdoshlari, o’rtoqlari va kattalar qanday ta’sir ko’rsatayotganlarini, uning ijobiy va salbiy odatlarini, nimalarga qiziqishini va qobiliyati borligi va hokazolarni yaxshi bilishi kerak. Har bir bolaning o’zigagina xos hususiyatlarini aniq bilmay turib bolaga rejaviy ravishda, maqsadga muvofiq ta’sir ko’rsatish mumkin emas.
Pedagogning bu qoidaga amal qilishi o’quvchilarning tushunishiga, ularning his-tuyg’ularini, tashvishlarini jiddiy qabul qilish va qadrlashga, ijobiy insoniy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi. O’quvchilar ham o’z o’rnida o’zlarini inson sifatida anglaydilar va o’qituvchilarga hurmat bilan qaraydilar.
Pedagog tarbiya jarayonida bolalarning ijodkorligiga, ziyrakligiga, mustaqilligiga, bilish va ijtimoiy faolligiga keng yo’l berish kerak. Bolalar jamoasiga singdirilgan muomala harakteri har bir o’quvchiga haqiqiy insoniy tabiatni rivojlantirishga yordam berishi lozim.
Bu qoidani amalga oshirish bolalar faoliyatini mazmuni va shakllarini ularning yoshiga, hayotiy tajribasiga va imkoniyatlariga muvofiqlashtirishni talab qiladi. O’qituvchi o’z o’quvchilarida insoniy fazilatlarni tarbiyalash jarayonida ularning har biriga xos ravishda muomala qilish yo’lini topishi lozim.


Download 0,6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biologiyani o’qitishda differensial ta’lim texnologiyasidan foydalanish

Download 0,6 Mb.