|
Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi
|
bet | 2/7 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #229990 |
Bog'liq Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasiKurs ishi maqsadi: Differensial ta’lim texnologiyasi o’quv jarayonining muayyan qismining didaktik maqsadini amalga oshirishga imkon beradigan mazmun, vosita, metod va shakllarining majmuasidir.Bu texnologiyaning asosiy mohiyati o’qitish jarayonini tabaqalashtirish ustuvor jihati bo’lib, unda har bir shaxsning imkoniyati va qobiliyatiga yarasha o’qitish, o’quvchilarni har xil guruhlarda ishlashga o’rgatish sanaladi.
Kurs ishi vazifasi: O’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish, ularda dunyoqarashni, ishonch va e’tiqodlarini o’stirish. O’quvchilarning ma’naviyatini boyitish va tarbiyalash. Yoshlarning ichki imkoniyatlarini, qobiliyatlarini va iste’dodlarini ochish hamda o’stirish kabi vazifalarni bajarishda differentsiyalashgan yondashuvning ahamiyati beqiyosdir. Chunki, differentsiatsiya (ya’ni yakka holdagi yondoshuv) talaba shaxsini chuqurroq o’rganishga, kuchli va zaif tomonlarini aniqlashga yordam beradi. O’quvchi shaxsi chuqurroq o’rganilgandan keyingina unga mos bo’lgan metodlar tanlab olinishi maqsadga muvofiq. Barcha o’quvchilar uchun umumiy metodlar qo’llash ta’limni ko’r-ko’rona olib borish bilan barobar va bu holda ta’limning samarasini juda past darajaga ega bo’ladi. Ta’limni differentsiatsiyalash muammosi hozirgi davrda rivojlangan mamlakatlarda ma’lum darajada o’z echimini topmoqda va aytish kerakki, bu echimlar ijobiy yutuqlarni qo’lga kiritishga yordam bermoqda.
Kurs ishi predmeti: О‘quvchilarning bilish faoliyati individual tarzda tashkil etilganda о‘quvchilar о‘quv materialini mustaqil о‘zlashtiradilar, ularning aqliy rivojlanishi, qiziqishi, ehtiyoji, iqtidori, bilimlarni о‘zlashtirish darajasi hisobga olingan holda tuzilgan о‘quv topshiriqlarini mustaqil bajaradi va о‘z bilish faoliyatining subektiga aylanadi. О‘quv topshiriqlarini individual bajarish jarayonida о‘quvchilarning aqliy faoliyati jalb etiladi, о‘z bilimi, kuchi va qobiliyatiga bо‘lgan ishonch ortadi va har bir shaxs о‘z imkoniyati darajasida rivojlanadi. Shu tarzda tashkil etilgan bilish faoliyati orqali vaqtdan unumli foydalaniladi, samaradorlik ortadi.Biologiyaning о‘qitishda о‘kuvchilarning bilish faoliyatini individual tarzda tashkil etish asosan dars bilan birgalikda darsdan va sinfdan tashqari ishlarda ham foydalaniladi. Masalan, о‘quvchilarning uy vazifasini bajarishida ularga tavofutlab yondashish imkoniyatlari mavjud. О‘quvchilarga muayyan mavzular bо‘yicha krossvordlar tuzish, kuzatish va tajribalar о‘tkazish, ma’ruza va referatlar, turli mavzularda о‘tkaziladigan tanlovlar uchun materiallar tayyorlash shular jumlasidandir.
Kurs ishi obekti: Akademik litseylarda o’quvchilarning bilish faoliyati individual tarzda tashkil etilganda о‘quvchilar о‘quv materialini mustaqil о‘zlashtiradilar, ularning aqliy rivojlanishi, qiziqishi, ehtiyoji, iqtidori, bilimlarni о‘zlashtirish darajasi hisobga olingan holda tuzilgan о‘quv topshiriqlarini mustaqil bajaradi va о‘z bilish faoliyatining subektiga aylanadi. О‘quv topshiriqlarini individual bajarish jarayonida о‘quvchilarning aqliy faoliyati jalb etiladi, о‘z bilimi, kuchi va qobiliyatiga bо‘lgan ishonch ortadi va har bir shaxs о‘z imkoniyati darajasida rivojlanadi. Shu tarzda tashkil etilgan bilish faoliyati orqali vaqtdan unumli foydalaniladi, samaradorlik ortadi.
|
| |