|
Biologiyani o’qitishda differensial ta’lim texnologiyasining kirib kelishi
|
bet | 3/7 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #229990 |
Bog'liq Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasiBiologiyani o’qitishda differensial ta’lim texnologiyasining kirib kelishi.
Rivojlangan mamlakatlarda ommaviy o‘rta maktablarning yaratilishi ta'lim-tarbiya differensiyasi muammosini yanada keskinlashtirdi. Bundayholat umumiy ta'lim diversifikatsiyasining sifat darajasi boshqacha tizim zaruratini keltirib chiqardi. O‘quvchilarning iqtidori, qiziqishi, o‘zlashtirishiga ko‘ra differensial tayyorgarlikni kuchaytirish va murakkablashtirish - zamonaviy maktabning global yo‘nalishiga aylandi. Differensiyaning asosiy shakllari - o‘quv muassasalarini turli tiplarga bo‘lish, bir maktab ichida potok va profillarga, sinfda guruhlarga ajratish nazarda tutiladi.
Differensial ta'lim muammosi bir xil hal bo‘lmaydi va qaramaqarshiliklarga ega. Ijtimoiy tomondan differensiya ijtimoiy tanlov usuliga aylanadi.Pulli ta'lim va imtihonlar tizimi bunda tanlov vositasi bo‘lib hisoblanadi. Odatda tabaqalanish (differensiya) boshlang‘ich maktabni bitirgandan keyin boshlanadi. U turli tipdagi ta'lim muassasalarida amalga oshiriladi. Masalan: Angliyada Grammatik va zamonaviy maktablarda, Germaniyada real bilim yurti, gimnaziya va asosiy maktablarda, Fransiyada texnologik, kasbiy va umumta'lim litseylarda, Rossiyada oddiy o‘rta maktab, litsey, kollej, gimnaziyada va b. Bu o‘quv muassasalarida differensiyaning asosiy o‘ziga xos belgisi dasturlardir. Bir o‘quv muassasasi doirasida differensiya keng yoyilgan. Masalan, AQSh va Yaponiya kata o‘rta maktablarida 2 tipdagi umumta'lim va maxsus dasturlar mavjud. Ular turli qirralarda o‘quvchilarning turli guruhlarini o‘rganishadi. Germaniyada gimnaziya ta'limning 6 profilini taklif etadi, asosiy maktab esa differensiyani KKAM tizimi asosida amalga oshiradi. Unga ko‘ra ta'lim dasturning quyidagi variantlariga ko‘ra tashkil qilinadi: kasbiy kurs(K), kengaytirilgan kurs (K), asosiy kurs (A), moslashtirilgan kurs (M). To‘liqsiz o‘rta maktab differensiya vositasi hisoblanadi. 1930 yil AQShda, 1950 yil Yaponiyada, 1970-1980 yillar G‘arbiy yevropada, 1990 yil Rossiyada differensial ta'lim amalga oshiriladigan o‘quv muassasalari paydo bo‘la boshladi. Bu yerda gap AQSh va Yaponiyadagi kichik o‘rta maktab, Buyuk Britaniyadagi birlashgan maktab, Germaniyadagi yagona kollej, Rossiyadagi 6 yillik o‘rta ta'lim maktabi haqida ketyapti. Bu kabi ta'lim muassasalarida 11-12 yoshdan 15-16 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘qitiladi. Bu o‘quv muassasalarda tabaqalanishning pedagogik asoratlari ijobiy. Tabiiy maqsadga yo‘naltirilgan xarakterga ega, turli guruh o‘quvchilari imkoniyatlari hisobga olinadi. Umumiy dastur o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini oshirishga mo‘ljallangan. Masalan, Fransiyadagi ilk yagona kollejlarda yaxshi o‘zlashtiruvchilar foizi shu yoshdagi parallel ta'lim muassasalarida yaxshi o‘zlashtiruvchilar sonidan yuqori chiqdi. AQSh va Yaponiya kichik o‘rta maktablarida to‘liqsiz o‘rta ta'lim beriladi. Mazkur dastur qator afzalliklarga ega. Tanlov fanlar ta'limni davom ettirish yoki mehnat faoliyatini boshlashni nazarda tutadi. 1950 yil oxirida DJ.Konant boshchiligidagi pedagoglar guruhi umumqamrab oluvchi maktab modelini taklif etdi. Bu model bo‘yicha umumta'lim o‘quv muassasasida ijtimoiy daraja, qobiliyat, qiziqishidan qat'iy nazar barcha bolalar o‘qishadi, lekin turli-tuman ta'lim dasturlari amalga oshiriladi. Konant tavsiyalari AQShdagi kichik o‘rta maktablarda differensial ta'limni joriy qilishda foydalanildi. Buyuk Britaniyada birlashgan maktablar kichik grammatik sinflar va zamonaviy maktablarni o‘z ichiga oladi. Ilk 3 yillikda o‘quvchilar zamonaviy maktab dasturi bo‘yicha shug‘ullanadilar, keyin yoki shu dasturni davom ettiradi, yoki Grammatik maktab dasturi bo‘yicha o‘qishadi. Birlashgan maktablarda yoshiga ko‘ra 90% o‘smirlar shug‘ullanadilar.
Germaniyada umumiy maktablarda yoshiga ko‘ra 5% o‘quvchilar tehsil olishadi. Umumiy maktabning kooperativ va integral tiplari yuzaga keldi. Kooperativ maktablar asosiy, real maktab va gimnaziyalarni birlashtirdi. 9-sinfdan keyin o‘quvchilar asosiy maktabdagi kabi diplom oladilar, 10-sinfdan keyin esa diplom real maktab va gimnaziyaning o‘rta bosqichiga teng keladi. Kooperativ maktablarda mashg‘ulotlar majburiy va elektiv dastur birgaligida amalga oshiriladi. Fransiyada yagona kollejlarda guruh bo‘yicha ta'lim doimiy tashkil etiladi. Turli tipdagi guruhlar tuziladi: gomogen guruhlar-tayyorgarlik darajasi bir xil, yarim gomogen guruhlar-tayyorgarlik darajasi yaqin, geterogen-tayyorgarlik darajasi har xil. Guruhlarga o‘qituvchilar, psixologlar, yo‘nalishlari bo‘yicha maslahatchilar tavsiyasiga ko‘ra bo‘linadi. Guruhlar maktab dasturi variantlarini o‘zlashtiradilar. Ikkita bitiruvchi sinfda kuchli va kuchsiz bosqichli guruhlar yuzaga keladi. Bu ikki xil guruhni bitirgan kollej o‘quvchilariga ta'limning keyingi tiplari tavsiya etiladi. Yaponiya maktablarida guruhli ta'lim yaxshi mavqyega ega, uni musobaqa tarzida tashkil etishadi. Sinfdagi guruhchalar kim ko‘p ingliz tilidagi so‘zlar, ieroglif va she'r yod olish bo‘yicha bellashadilar. Baho butun guruhga qo‘yiladi. Yapon pedagoglari guruhli ta'limga har xil nuqtai nazar bilan qarashadi. Guruhli ta'lim pedagogik jihatdan to‘g‘ri, lekin guruhlarda shug‘ullanuvchi bolalar va o‘smirlar dunyoqarashini toraytirish xavfi bor, deb hisoblashadi. Masalan, guruhni kuchlilar va zaiflar guruhiga bo‘lganda 2ta holat yuzaga keladi: yoki kuchlilarga, yoki kuchsizlarga e'tibor qaratiladi, bu har ikkala guruhga ham zarar. Chilida ta'lim intizomi. Chili ta'lim tizimining o‘ziga xos tashkiliy tuzilmasi mavjud. Chili ta'lim tizimida 1981 yilda tashkiliy o‘zgarishlar amalga oshirildi, ya'ni hukumatning markazlashgan nazorati ostida bo‘lgan ta'lim tizimi mahalliy hokimiyat tomonidan nazorat qilinadigan universal vaucher tizimiga o‘tkazildi. Hozirgi kunda, ta'lim muassasalari ijtimoiyiqtisodiy qatlamlarga bo‘lingan. Bular kambag‘allar o‘qiydigan davlat maktablari, o‘rta qatlam tahsil oladigan vaucherli davlat maktablari va boylar o‘qiydigan xususiy ta'lim dargohlaridan iborat. Chilida talabalar orasidagi zo‘ravonlik indeksining yuqori darajada bo‘lishi, Chili maktablarida keng tarqalgan bezorilikning natijasi bo‘lishi mumkin. Chili maktablari keskin tabaqalashuvi bilan farqlansa-da, boylar tehsil oladigan maktablardagi tartib quyiroq maktablarga nisbatan unchalik ham farq qilmaydi. O‘z navbatida, qishloqdagi tartibsizlik ko‘rsatkichi shaharga nisbatan ancha kamdir.
Isroilda ta'lim intizomi va yutuqlar. Isroil ta'limidagi intizomiy iqlim va talabalarning yutuqlari orasidagi kuchli va muhim bog‘liqlik mavjud. Test natijalari rahbarlarning talabalarning mashg‘ulligi yuzasidan qilgan hisobotlari va o‘qituvchilarning sinf intizomi hisobotinig salbiy bog‘liqligini ko‘rsatadi. Talabalar orasidagi va talabalar tomonidan o‘qituvchilarga nisbatan amalga oshirilgan zo‘ravonlik ommaviy axborot vositalari tomonidan so‘nggi yillarda ko‘p yoritilib kelinmoqda. Isroil talabalari itoatkorlik va ehtirom borasida aralash ma'lumotlarni qabul qiladilar. Maktablarda, Isroillik talabalar ayni hisobotda ham intizomi uchun, ham fanlari uchun baholanadi. O‘z navbatida intizom bahosi qoniqarli ko‘rsatkichdan past bo‘lsa, talabalar safidan chiqarilishi mumkin. Boshqa tarafdan, isroilliklar mustaqil va jasurlikni qadrlaydigan sabrli yoshlar madaniyatiga juda kata ahamiyat beradilar. Italiya ta'lim dargohlarida immigrantlarning mavjudligi, intizomi va faoliyati. Italiya talabalari orasidagi zo‘ravonlik akademik faoliyatga katta to‘sqinlik qiladi. Yuqori darajadagi zo‘ravonlikning salbiy ta'siri immigrant talabalar faoliyatidagi o‘tkir masaladir. Ular mahalliy italiyaliklarga nisbatan ko‘proq zo‘ravonlikka duch keladi va akademik ko‘rsatkichlari ham nisbatan pastroqdir. Italiyadagi immigrantlar dunyoning hamma yerlaridan kelganlar. Ularning kattagina qismi Marokash, Xitoy, Ruminiya, Ukraina, Moldova, Hindiston va Fillipindan kelgan. Shuningdek, shimoliy va janubiy Italiya orasidagi farq ham dramatik ko‘rinishga egadir. Janub shimolga nisbatan kamroq moliyaviy resurslarga ega bo‘lganligi bois shimoldan ancha ortda va bu qoloqlikni ta'lim sohasida ham ko‘rish mumkin. Janubda, talabalar, o‘qituvchilar va rahbarlar, shimoldagilarga nisbatan taqqoslanganda, yuqori darajadagi tartibsizliklarni qayd qiladiladi.
Bugungi kunda insoniyat jamiyati, shuningdek, mustaqil respublikamiz xalqi oldida turgan ijtimoiy-itisodiy, g‘oyaviy-siyosiy, ta'limiy-tarbiyaviy muammolarning yechimini topish tabiiy, ijtimoiy, texnik fanlarni o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro munosabatlariga bog‘liq. Chunki, ularning barchasi mohiyati, mazmuni, tabiati, shakli va ko‘lamiga ko‘ra tizimlilik xarakteriga ega bo‘lib, ularga aynan mos yondashuv yordamida tadqiq etilib, yechimi topiladi. Bu o‘z navbatida ta'lim-tarbiya ishida ham tizimli yondashuvdan foydalanishni ko‘zda tutadi. Ko‘p sonli manbalar, xususan pedagogik amaliyot sohalarining tahlili ta'lim-tarbiya jarayonining rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan muammolar mavjudligidan guvohlik beradi. Bular asosan, bizning fikrimizcha, o‘rganilayotgan obyektlarning ba'zi bir jihat va xususiyatlarini lavhalar (fragment) shaklida o‘rganish natijasida yuzaga kelib, mantiqan bog‘lanmagan va tizimlashmaganligidadir. Amaliyotdagi bunday holatlarni bartaraf etishda integrative yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Fanda "Integratsiya" tushunchasi XVIII asrdayoq G.Spenser tomonidan qo‘llanilishiga karamay, unga davr taqozosiga ko‘ra yaqin paytlargacha yetarli ahamiyat berilgan emas. Ilmiylik nuqtai nazaridan olib qaraganda integratsiyaning asosini olamning yaxlitligi va uni tashkil etuvchi qism (element)larning o‘zaro aloqadorligi, munosabatlari tashkil etadi. Taniqli rus psixologik olimi G.S. Kostyukning fikricha:
"Tabaqalanish differensiatsiya – ruhiy jarayonlar va holat (xususiyat)larni ko‘payishiga olib kelsa, integratsiya - tartibga keltirish, subordinatsiya va uning natijalarini ma'lum ketmaketlikda joylashtirishga olib keladi. Integratsiyalash yo‘li bilan yangi psixologik jarayon, yangi faoliyat tuzilmasi hosil bo‘ladi. Bu yangi tuzilma ilgari alohida-alohida bo‘lgan elementlardan sintezlash yo‘li bilan hosil qilinadi".Genetik jihatdan integratsiya-uzviylik, predmetlararo aloqadorlik, o‘zaro aloqadorlik va nihoyat o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi, kengaytiruvchi hamda chuqurlashtiruvchi, o‘quv predmetlari mazmunini eng kamida ta'lim standartlari darajasida sintezlab, mantiqan tugallangan mazmun shakli va oliy darajasidir. Chunki predmetlararo aloqadorlikning har qaysi quyi darajasi, o‘rganilayotgan o‘quv predmetlari doirasida ma'lum didaktik birliklar orasida o‘rnatilib, ularni o‘rganish mazmunini va muddatlarini muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi, bundan farqli o‘laroq integrative aloqadorlik asosida tashkil etilgan o‘quv predmeti yoki integratsiyalab o‘rganilayotgan predmet, hodisa yoki jarayonlarni yaxlit tizim shaklida har tomonlama aloqadorlik va munosabatlar nuqtai nazaridan talqin etishni talab etadi. Bu o‘z navbatida hozirgi va istiqbol talablariga javob beradigan, mustaqil fikr yurituvchi va ijodiy faoliyat ko‘rsatuvchi, malakali mutaxassis shaxsini shakllantirishga imkon beradi.
|
| |