Tabiiy fanlar fakulteti




Download 171.5 Kb.
bet9/10
Sana25.05.2022
Hajmi171.5 Kb.
#21882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mohinur Muxorova biokimyo dfd
7-modul Milliy xavfsizlikni ta\'minlash borasida ishlar, shaxsiy-grafik-301191108996 (1), SKANER, Bolalar adabiyoti (Abdulla Suyumov, Mamasoli Jumaboyev)
Xulosa. Ushbu kurs ishimning asosiy maqsadi hozirgi kunda asasiy muammolardan bo’lgan oziq – ovqat sifati uning tarkibi ,uning qay darajadagi tirik organizmlarga foydasi yoki zaararli tomonlarini o’rganib uni keng ommaga taqdim etishdir. Ayni chogʻda dehqonchilik mahsulotlari hosildorligi va chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish vazifalarini hal etish uchun zamonaviy agrotexnologiyalar joriy etilishini ragʻbatlantirish, qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish va tayyorlash, taqsimlash, qayta ishlash va sotishning samarali tizimini yaratish ham muhim. Xususan, butun yil mobaynida ham oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaydigan, ham narxlarning mavsumiy oʻzgarib turishini pasaytiradigan mexanizm yaratish lozim.Shu nuqtayi nazardan yangi va qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashning samarali usullarini tatbiq etish davr talabidir.Boisi 2025-yilga borib Oʻzbekiston oʻrtacha darajadan yuqori daromad oladigan mamlakatlar guruhiga oʻtishi maqsad qilingan. Bu turmush tarzi, xulq-atvor andozalari, ovqatlanish tarkibini tegishli tarzda oʻzgarishiga olib keladi. Shularni eʼtiborga olgan holda bir qancha tovarlar boʻyicha qayta ishlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari ulushi oʻsishini taʼminlash zarur boʻladi. Qolaversa, ovqatlanish standartlari va meʼyorlarini joriy etish (shu jumladan, mikroelementlar va zarur nutriyentlar mavjud boʻlishi, zararli moddalar, turli qoʻshimchalar, boʻyoqlar, taʼm beruvchilar, emulgatorlarni nazorat qilish, tayyorlash, tashish texnologiyalariga rioya qilishni nazorat qilish), shuningdek, ovqatlanish sifati ustidan nazorat qilish mexanizmini yanada rivojlantirish lozim. Aholining ovqatlanish modelini yaxshilash maqsadida sogʻlom ovqatlanish toʻgʻrisidagi zarur axborotni tarqatish, bu borada tibbiyot muassasalari faolligini oshirish lozim.Zotan, Prezidentimiz taʼkidlaganidek, “Xalqimiz salomatligini mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, biz uchun hayotiy muhim masaladir. Takror aytaman, tinchlik va sogʻlikni taʼminlasak, qolgan hamma narsaga erishamiz. Qishloq xoʻjaligidagi islohotlardan maqsad – iqtisodiy foyda koʻrish bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, xalq farovonligini oshirishdan iboratdir. Buni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz kerak.

Download 171.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 171.5 Kb.