-Bob Ozuqaning barcha tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati




Download 171.5 Kb.
bet7/10
Sana25.05.2022
Hajmi171.5 Kb.
#21882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mohinur Muxorova biokimyo dfd
7-modul Milliy xavfsizlikni ta\'minlash borasida ishlar, shaxsiy-grafik-301191108996 (1), SKANER, Bolalar adabiyoti (Abdulla Suyumov, Mamasoli Jumaboyev)
2-Bob Ozuqaning barcha tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati
2.1.Oziq ovqat sanoati.
Oziq-ovqat sanoati - xalq xoʻjaligining oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan sohasi. Tarmoq tarkibida goʻsht-sut, yogʻ-moy, baliq mahsulotlari, un-yorma, makaron, mevasabzavot konservalari, sut-yogʻ, shakar, choy qadokdash, qandolatchilik, non, uzum va shampan vinolari, spirt, araq, tamaki, pivo, chanqovbosar ichimliklar, sovun va boshqa sanoat korxo-nalari bor.Oʻzbekiston zamonaviy oziq-ovqat sanoatiga ega. Uning tarkibida 3200 dan ortiq korxonalar bor. Bu soha, asosan, mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga asoslangan. O.-o.s. korxonalarida 200 dan ortiq mahsulot turi tayyorlanadi.Mamlakat mustaqillikka erishgach, O.-o.yeda chuqur tashkiliy va iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. Koʻpgina sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilib, ochiq turdagi aksiyadorlik birlashmalari va jamiyatlariga aylantirildi, ilgari tarmoq korxonalariga rahbarlik qilgan oziq-ovqat, goʻsht-sut, don mahsu-lotlari va boshqa vazirliklar tugatilib, "Oʻzoziqovqatsanoat" davlat-aksiyadorlik konserni (1993 yil 5 may; 1994 yil 26 sentabrdan "Oziqovqatsanoat" va "Yogʻ-moytamakisanoat" uyushmalari), "Oʻzgoʻshtsanoat" davlat-aksiyadorlik uyushmasi (1993 yil 6 aprel), "Oʻzdonmahsulot" davlat-aksiyadorlik korporatsiya-si (1994 yil 22 aprel), "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" davlat-aksiyadorlik uyushmasi (1994 yil 28 noyabrdan), "Oʻzbaliq" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (1994), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibidagi "Oʻzparrandasanoat" respublika ishlab chiqarish birlashmasi (1964), "Oʻzbekbirlashuv" tarkibidagi O.-o.s. korxonalari ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Axrli ehtiyojlarini respublikaning oʻzida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan qondirish choralari koʻrilmoqda. 2002 yildaO.-o.s. korxonalarida (ming t): goʻsht — 147,4, mol yogʻi — 1,9, sut mahsulotlari — 216,6, konservalar — 480,6 ming shartli banka, qandolatchilik mahsulotlari — 61,1, oʻsimlik moyi — 222,2 non va non-bulka mahsulotlari — 842,8, un (davlat resurelari donidan) — 1554,9, qadoqlangan choy — 5,3, tamaki — 10,6, xoʻjalik sovuni — 41, qand-shakar — 217,2, makaron mahsu-lotlari — 74,6, vino-araq— 6134 ming dal, pivo — 7853 ming dal, chanqovbo-sar ichimliklar — 12680 ming dal va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarildi.Tarmoq korxonalariga oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli muhandis-texnik kadrlar Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Buxoro yengil va oziq-ovqat sanoati instituti, Toshkent iqtisodiyot universiteti va Toshkent texnika universitetida, Samarkand, Yangiyoʻl oziq-ovqat, Toshkent texnologiya kollejlarida tayyorlanadi.



Download 171.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 171.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Bob Ozuqaning barcha tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati

Download 171.5 Kb.