ChTS haqida umumiy tushunchalar




Download 4.78 Mb.
bet17/94
Sana22.07.2021
Hajmi4.78 Mb.
#15496
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   94
1.ChTS haqida umumiy tushunchalar. Ma’lumki bir necha tenglamalar birgalikda qaralsa, ularga tenglamalar sistemasi deyiladi.

Tenglamalar sistemasidagi hamma tenglamalar chiziqli (1-darajali) bo’lsa, bunday tenglamalar sistemasiga chiziqli tenglamalar sistemasi deyiladi.

Tenglamalar sistemasidagi noma’lumlar o’rniga ma’lum sonlar majmuini qo’yganda, sistemaning hamma tenglamalari ayniyatga aylansa, bunday sonlar majmuiga tenglamalar sistemasining yechimi (ildizi) deyiladi. Bunday sonlar majmui bitta bo’lsa, tenglamalar sistemasi yagona yechimga ega bo’lib, bu sistema aniqlangan (tayin, muayyan) deb ataladi va bu tenglamalar sistemasi birgalikda deyiladi. Birgalikda bo’lgan sistema bittadan ko’p yechimga ega bo’lsa, bunday sistema aniq bo’lmagan sistema deyiladi.

Birgalikda bo’lgan tenglamalar sistemasi bir xil yechimlar majmuiga ega bo’lsa, bunday sistemalar ekvivalent deyiladi.

Tenglamalar sistemasi birorta ham yechimga ega bo’lmasa, bunday sistemaga birgalikda bo’lmagan sistema deyiladi.

Berilgan tenglamalar sistemasining birorta tenglamasini 0dan farqli songa ko’paytirib, boshqa tenglamasiga hadma-had qo’shish bilan hosil bo’lgan sistema berilgan sistemaga ekvivalent bo’ladi (bu xossadan kelgusida ko’p foydalaniladi).

Fan va texnikaning ko’p sohalarida bo’lganidek, iqtisodiyotning ham ko’p masalalarining matematik modellari chiziqli tenglamalar sistemasi orqali ifodalanadi.

Chiziqli tenglamalar sistemasini tuzishga iqtisodiyotdan misol qaraymiz.



1-misol. Korxona uch xildagi xom ashyoni ishlatib uch turdagi mahsulot ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarish xarakteristikalari 1-jadvalda berilgan.

1-jadval.





Download 4.78 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   94




Download 4.78 Mb.