O’zbekiston landshaftlarining paydo bo’lishi va rivojlanishi




Download 1,66 Mb.
bet31/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

31. O’zbekiston landshaftlarining paydo bo’lishi va rivojlanishi
O‘zbekiston hududini tabiiy geografik sharoiti nuqtai nazaridan ikki qismga: cho‘l hamda tog‘ va tog‘oldi zonasiga bo‘lish mumkin. Cho‘l zonasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Sirdaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlari kiradi.
Cho‘l sharoitida shaharlarning vujudga kelishi va rivojlanishi, eng avvalo suv resurslariga bog‘liq. Shu bois, suv manbalari yetarlicha bo‘lgan arid hududlarda ham yirik shaharlar tashkil topgan. Bunga misol qilib Nil deltasida joylashgan-Qohira, Mesapatamiyadagi-Bog‘dod shaharlarini keltirish mumkin. Aksincha, suv resurslari cheklangan Arabiston, Turkmaniston, Mug‘uliston singari davlatlarda hanuzgacha yirik shaharlar shakllanmagan. O‘zbekistonning ham cho‘l zonasidagi daryo bo‘ylarida Qarshi, Nukus, Navoiy kabi kattaroq shaharlar shakllangan bo‘lsa, suv manbalaridan uzoqlashgan sari manzilgohlar soni va aholisi kamayib boradi.
Cho‘l zonasida shaharlarning shakllanishi va rivojlanishiga uch omil-suv, geografik o‘rin va tabiiy resurslarning roli benihoyat katta. Buxoro shahrining vujudga kelishida Zarafshon daryosi va uning tarmoqlarining muhim ahamiyat kasb etgan. Mashhur tarixchi Narshaxiy Buxoroning hozirgi o‘rnida suv mo‘l bo‘lganligini, botqoqlik va ko‘l-to‘qay landshaftlaridan iboratligini ta’kidlaydi. Keyinchalik Zarafshon daryosi suvining kamayib borishi tufayli ko‘llar sayozlanib, qisqarib boradi va ulardagi to‘qayzorlarda qurg‘oqlashuv ro‘y beradi. Ushbu erlarni insonlar tomonidan o‘zlashtirilishi va ularning dehqonchilik o‘chog‘iga aylantirilishi oqibatida madaniy qatlamlar vujudga kelgan. Buxoro obod hududga aylanishi bilan geografik o‘rni qulaylashib, u o‘z atroflari uchun markaz vazifasini bajara boshladi. Shundan so‘ng bir necha hukmdorlar davlat poytaxti qilib Buxoroni tanlagan. O’zbekiston hududi adir mintaqasi landshaflari va ularning ekologik asoslari:O’zbekiston territoriyasining dengiz satxidan 500 m.dan-1200 m.gacha bo’lgan joylar adir mintaqasiga kiradi. Respublikamizning barcha tog’ etaglari, chunonchi, Toshkent, Farg’ona, Andijon, Namangan viloyatlarining ko’pgina qismi Yangiyer, Jizzax, Qarshi shaharlarining atroflarida Shahrisabz, Denov, Nurota, G’allaorol , Bo’stonliq kabi tumanlarining asosiy qismini adir mintaqasiga kiritish mumkin. Adir mintaqasining eng xarakterli belgisi relyefning notekisligi bo’ztuproqdan iboratligi, o’simliklar qoplamining rang-barangligi bo’lib, umuman tog’ etaklaridagi barcha maydonlar shu mintaqaga kiradi. Adir-tog’ etaklaridagi tuprog’i och tipik va to’q bo’z tuproqdan iborat. Tashqi tomondan qaraganda qizg’ish ko’rinadi. Qo’lga olib ezilganda mayin, yumshoq, qattiq bosganda yopishib qoladi. Cho’l mintaqasiga qaraganda tuproqning tarkibidagi gumus ancha yetarli. Ayrim hududlarda shag’al va qattiq toshlar ham aralashgan. Adir mintaqasi adir iqlimi hisoblanib, cho’l mintaqasiga nisbatan ancha salqin. O’rtacha yillik harorati 12-300 janubiy rayonlarda biroz baland. Yoz oylarida harorat 30-450 ga ko’tariladi, yozda deyarli yomg’ir yog’maydi, tez-tez shamollar esib turadi. Cho’l zonasiga yaqin bo’lganidan hatto garmsel esib turadi. Asosiy yog’in qish va bahorda yog’ib qisman kuzda ham tushishi mumkin. Yerda qor 2-3 oygacha saqlanadi. Izg’irin bo’ronli kunlar bo’lib turadi. Tog’ zonasiga yaqin bo’lganidan uning ta’siri katta. Bahor va kuz paytlari ham deyarli salqin. Yog’in miqdori cho’l zonasiga nisbatan ko’p bo’ladi. Pastki adirlarda 500-550 mm ga etadi. Shu sababdan ham havoning nisbiy namligi ancha baland. Bu zonada sug’orilgan yerlar, madaniy ekinlar maydoni ham keng. Bunda mikroiqlim tevarak atrofga ancha ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli adir zonasi o’simliklari dunyosiga boyligi hamda dehqonchilik va chorvachilik uchun qulayligi bilan ajralib turadi. O’zbekiston adirlari haqiqatdan ham o’simliklarga boy. Bu zona O’zbekistonning asosiy lalmikor yerlari hisoblanadi. Ko’pgina yerlarda g’alla, arpa, bug’doy ekiladi. Dehqonchilikda foydalanish qiyin bo’lgan notekis yerlar suv kam bo’lgan adirlar chorvachilikda keng foydalaniladi. Adir mintaqasi tuprog’i, iqlim rel’efi dengiz sathidan balandligi va o’simliklar qoplamiga qarab ikkiga: pastki va yuqorigi adirlarga bo’linadi. vodiysida ham o’z aksini topgan. Umuman vertikal zonalarning tasnifi azaldan geobotaniklarni, fiziograflarni, tuproqshunos va zoologlarni qiziqtirib kelgan. O’rta Osiyoda Tosh DU tashkil bo’lishi munosabati bilan kelgan bir qator olimlar O’rta Osiyo tabiiy resurslarini har tomonlama o’rganish bilan ularning vertikal tik mintaqalar bo’yicha tarqalishiga ham, ularning o’sha joyga aloqadorligiga ham e’tibor berganlar. Shu boisdan Markaziy Osiyo tabiiy hududlarini vertikal tik mintaqalarga ajratganlar. M. V. Kultiatsev, M,G. Popov, E, P, Korovin, professor Kashkarov kabi olimlarning har qaysisining vertikal tik zonalar bo’yicha sxemalari bor. Ularning barchasidagi kamchiliklar quyidagilardan iborat. Tog’ mintaqasi Granitov taklifi bilan paski va yuqorigi mintaqalarga bo’lib o’rganila boshlagan. Tog’ning pastki qismi adir bilan chegaradosh bo’lgani uchun kirofilizatsiya kuchli, namgarchilik kam. Shuning uchun aksariyat tog’ mintaqasining tog’-toshlari o’simliklari qurg’oqchilikka moslashgan bo’ladi. Bu yer uchun xos bo’lgan o’ismliklar tikan bargli pechaklar, farg’ona shuvog’i, bargi qirqilgan shuvoq, izen. Butalardan toshga yopishib o’suvchi atirgullar, bug’doyiq kabi turlar tashktl qiladi. Archazorga kirib borgan sari zirk, shilvilardan tashkil topgan va archazorlar aralashgan manzarani ko’rish mumkin. Tog’ning o’rta qismida dominant jamoa, sarv archa va Zarafshon archa qo’shma jamoalari. Siyrak holatda do’lana, zirk, shilvining turlari, nixoyat siyrak holda cheton kabilar shu archazorga yo’ldosh bo’ladilar.
Tog’ mintaqasi o’t o’simliklariga yorongul, Tyanshan otqulog’i, yovvoyi zig’ir, ligullariyani kiritish mumkin. Bular umumiy manzarani uchinchi qismini tashkil qiladi. Pastki yarus (qavat)da chim hosil qiluvchi g’alladoshlar va undan ham pastki qismda moxlar, lishayniklar asosiy pastki manzarani hosil qiladi.

Download 1,66 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston landshaftlarining paydo bo’lishi va rivojlanishi

Download 1,66 Mb.