Tabiiy Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari




Download 1,66 Mb.
bet27/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

27. Okeaniyaga umumiy ta’rif
Asosiy xususiyatlari. Okeaniya — Tinch okeanning bepoyon suvli maydonlarida sochilib yotgan orollar dunyosi, suv tagidan hisoblansa, harakatdagi eng baland vulqoni bor, zaharli ilonlari, yirtqichlari va yirik sutemizuvchi hayvonlari yo‘q, yagona uch ko‘zli kaltakesak shu yerda yashaydi, endemik organizmlari ko‘p, quruqlikka nisbatan suvli muhit eng ko‘p (98%) maydonni egallaydi. Quruqlikning 90 % maydoni ikki orolga to‘g‘ri keladi.
Geografik o‘rni. Тinch okeanning markaziy va g‘arbiy qismlarida sochilib yotgan katta-kichik orollar Okeaniya deb ataladi. O‘zi egallagan maydonga nisbatan quruqlik atigi 2% ni tashkil etganligi uchun ham Okeaniya nomini olgan. Okeaniya o‘z tarkibiga 7 mingdan ortiq orollarni birlashtiradi. Orollarning umumiy maydoni atigi 1,3 mln kv.km.
Okeaniya hududi tabiiy geografik va tarixiy-milliy farqlariga asoslanib, uchta qismga, ya’ni to‘plam orollariga bo‘linadi. 1. Melaneziya (yunoncha, melos — qora, nesos — orol, ya’ni qora orollar). 2. Mikroneziya (yunoncha, kichik orollar). 3. Polineziya (yunoncha, ko‘p orollar).
Melaneziya. Melaneziyaga Yangi Gvineya, Bismark, Luiziada arxiрelaglari, Solomon orollari, Santa-Krus, Yangi Gebrit orollari, Yangi Kaledoniya, Fiji, shuningdek, bir qancha mayda orollar kiradi. Bular, asosan, materik orollaridir.
Mikroneziya. Mikroneziyaga Valkano, Bonin, Miriana, Karolina, Marshall, Gilbert, Ellis arxiрelaglari, Nauru va Oshen orollari kiradi. Bular ko‘proq marjon orollari hisoblanadi.
Polineziya. Polineziyaga Gavayi orollari, Layn, Finiks, Tokelau, Samoa, Kuk, Taiti, Jamiyat, Tuamotu yoki Rossian atollari (atoll — yarim yoy yoki yarim doira shaklidagi marjon oroli), Markiz orollari va Pasxa oroli kiradi.
O‘rganilish tarixi. Okeaniya to‘g‘risidagi ma’lumotlar yevropaliklarga F.Magellan sayohatidan (1521- y.) keyin ma’lum bo‘lgan. J.Kuk (1771-1773-y.) ko‘plab orollarni xaritaga tushirib tavsif bergan. XIX asrda ruslar 40 marotaba ekspeditsiya uyushtirgan. Shu asrning oxirida „Chellenjer" ekspeditsiyasi (1873-1876-y.) Okeaniya orollari, aholisi haqida qiziqarli ma’lumotlar to‘pladi. Bu borada M.N.Mikluxo-Maklay Yangi Gvineyada papuaslar bilan birga 12 yil yashab (1871-1882-y.), ularning yashash tarzi haqida bebaho ma’lumotlarni yozib qoldirgan.
Geologik tuzilishi va relyefi. Orollarning geologik tarixi va qanday jinslardan tuzilganligiga ko‘ra bir necha guruhlarga bo‘ lish mumkin. Materik orollari (Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya), vulqonli orollar (Gavayi, Pasxa, Tuamotu), geosinklinal orollar (Mariana, Yangi Kaledoniya). Bulardan tashqari, Okeaniyada biogen (marjon, atoll, rif) orollar ko‘p uchraydi. Okeaniyaning eng baland nuqtasi Yangi Gvineya orolidagi Jaya cho‘qqisi (5030 m) hisoblanadi.
Okeaniyaning yirik orollarida foydali qazilma konlari bor. Jumladan, Yangi Kaledoniyada nikel, Yangi Gvineya va Yangi Zelandiyada neft va gaz, Fiji va Yangi Gvineyada oltin, Nauru orolida fosforit konlari bor.

Download 1,66 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tabiiy Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari

Download 1,66 Mb.