|
Avstraliya geologic tuzilishi tektonikasi relyefi va foydali qazilmalari
|
bet | 25/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari25.Avstraliya geologic tuzilishi tektonikasi relyefi va foydali qazilmalari
Avstraliya qadimgi geologik o‘tmishda Gondvana materigining bir qismi bo‘lgan. Mezozoy erasining oxiriga kelib Avstraliya mustaqil materik tariqasida shakllandi. Materik asosini qadimgi qattiq va mustahkam platforma tashkil etadi. U Hind-Avstraliya litosfera plitasining bir bo‘lagidir. Platformaning mustahkam kristalli zamini materikning shimolida, g‘arbida va markaziy qismlarida yer yuzasiga chiqib yotadi. Sharqiy qismidagi Katta Suvayirg‘ich tizmasi gersin tog‘ burmalanishida ko‘tarilgan. Keyingi tektonik harakatlar natijasida Yangi Gvineya, Tasmaniya — materik orollari quruqlikdan ajralib qolgan. Kuchli zilzilalar kuzatilmaydi, vulqonlar umuman yo‘q.
Foydali qazilmalari. Platformaning zaminida temir, mis, qo‘rg‘oshin, rux, uran rudalari, qalay, oltin, platina kabi rudali qazilmalar joylashgan. Cho‘kindi jinslar bag‘rida fosforit, osh tuzi, toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir, neft, tabiiy gaz tarkib topgan. Avstraliya temir va rangli metallar (boksit, qo‘rg‘oshin, rux, nikel) hamda uran zaxiralari bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinda turadi. Ko‘pgina qazilma boyliklar yer yuzasiga yaqin joylashgan. Shu bois, ular arzon — ochiq usulda qazib olinadi. Avstraliya — rux, qo‘rg‘oshin va kumush qazib chiqarishda dunyoga mashhur.
Relyefi. Materikning 95 % hududi pasttekislik va yassi tog‘liklardan, 5 % i tog‘lardan iborat. Avstraliya relyef tuzilishiga ko‘ra uch qismga ajraladi. Birinchisi, G‘arbiy Avstraliya yassi tog‘ligidir. U yassi tog‘lik va baland tekisliklardan iborat (atlasga qarang). Nurash natijasida yemirilib, pasayib qolgan balandliklar va qoldiq tog‘lar ko‘zga yaqqol tashlanadi. Bunga yassi tog‘liklar ustidan baland ko‘tarilib turgan Makdonnell (Zil cho‘qqisi — 1 510 m) va Xamersli (Brus cho‘qqisi — 1 226 m) tog‘lari misol bo‘ladi. Kelib chiqishiga ko‘ra ularni palaxsali tog‘lar guruhiga kiritish mumkin.
Ikkinchisi, Markaziy pasttekislik bo‘lib, u materikning eng past va yassi tekisliklaridan iborat. Ular dengiz va daryo yotqiziqlaridan tuzilgan. Tekislikning mutlaq balandligi 100 m dan oshmaydi. Materikning eng past joyi (Eyr-Nord ko‘li, –16 m) ham shu yerda. U Markaziy havza deb ham ataladi. Markaziy pasttekislikning shimolida Karpentariya tekisligi bor. Markaziy havzada toshloq quruq vodiylar — kriklar ko‘p uchraydi. Eng kattalari Kuper-krik va Eyr-kriklardir. Bu joylar kriklar o‘lkasi deb ataladi. Materikning sharqida uzoq masofaga cho‘zilgan uchinchi tog‘li qismi — Katta Suvayirg‘ich tizmasini hosil qiladi. Bu tizmaning eng baland joyi janubiy qismidagi Avstraliya Alp tog‘lari (Kossyushko cho‘qqisi, 2 228 m) hisoblanadi. Тektonik yoriqlar, daralar va daryo vodiylari tog‘larni alohida-alohida massivlarga bo‘lib yuborgan.
|
| |