|
Janubiy Amerikaning asosiy tuproqlari, o’simliklari va hayvonot dunyosi
|
bet | 23/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari23. Janubiy Amerikaning asosiy tuproqlari, o’simliklari va hayvonot dunyosi
Janubiy Amerikaning 40° janubiy kenglikgacha boʻlgan katta qismi neotropik oblasti, janubiy qismi Antarktika oblastiga mansub. Materikning shimoliyda doim yashil oʻrmonlar, savanna va butalar hamda laterit tuproqlar katta maydonni egallagan. And togʻlarida balandlik mintaqalari aniq sezilib turadi. Ekvatorial sernam oʻrmon — gileyalar, asosan, Amazoniya va Kolumbiya gʻarbida joylashgan, ularning tuprogʻi podzollashgan laterit tuproq. And togʻlarining tekisliklarga tutashgan yon bagʻirlarida togʻ gileyalari, yuqoriroqda daraxtsimon paporotnik va bambuklar, xin va koka daraxtlari, togʻ tepasida boʻtalar oʻsadi, 3200 m balandlikdan togʻ ekvatorial oʻtloqlari boshlanadi. Ekvatorial oʻrmonlardan janubiy va shim.da subekvatorial oʻrmonlar joylashgan.
Lyanos-Orinoko tekisligining jan., Magdalena payettekisligi, Braziliya yassitogʻligining shimolidagi qizil tuproqli yerlarda sernam savannalar, materikning shimoliy chekkasi va Braziliya yassitogʻligining shim.-sharqidagi qiziljigarrang va qizil-qoʻngʻir tuproqli yerlarda sukkulent va butazor quruq savannalar bor. Boʻz jigarrang tuproqli Gran-Chakoda siyrak daraxtli quruq oʻrmonlar koʻproq. Subtropiklarning tuproq-oʻsimlik zonalari, xuddi Shimoliy Amerikadagi kabi, asosan meridional yoʻnalishda. Subtropik oʻrmonli dasht zonasidagi qizgʻish-qora tuproqli yerlarda qaragʻay oʻrmonlari, savannalar, Kordilyera togʻlari etagidagi boʻz tuproqli chala choʻl va choʻllarda tikanakli boʻta va kaktuslar oʻsadi. Patagoniyadagi boʻz tuproqli chala choʻllarda butalar, Janubiy And togʻlaridagi qoʻngʻir tuproqlarda aralash qalin oʻrmonlar bor. Janubiy Amerika oziqovqat mahsulotlari, dori-darmon, sanoat xom ashyosi va qimmatbaho yogʻoch beradigan oʻsimliklar (shokolad daraxti, kakao, xin va qizil daraxtlar, geveya, kebracho va boshqalar)ga boy.
Hayvonot dunyosi neotropik oblastga mansub. Bu oblast Janubiy Amerikada materikning shimoliy katta qismini oʻz ichiga olgan Gviana-Braziliya kichik oblasti va janubiy tekisliklar hamda And togʻlarini (Ekvadorgacha) oʻz ichiga olgan Patagoniya-And kichik oblastiga boʻlinadi. Endemik hayvonlar (nandu tuyaqushi va boshqalar) koʻp. Qalin oʻrmonlarda keng burunli maymunlar, yalqov, chumolixoʻr, daraxt jayrasi (koendu), xaltali kalamush (opossum), kinkaju ayigʻi, koʻrshapalaklar va boshqa yashaydi. Yerda yashovchi hayvonlardan qalqondor, tapir, yaguar, qora choʻchqa, oʻrmon iti, hozirgi zamondagi eng yirik kemiruvchi — suv choʻchqasi (kapibara) bor. Daryolarida dare delfini (iniya), timsoh, baliqlarning 2000 tacha turi va daraxt baqalari yashaydi. Qushlar (toʻtilar, kolibri, kondor va boshqalar) hamda sudralib yuruvchilar (zaharli va boʻgʻma ilonlar, kaltakesaklar) koʻp. Endemik hasharotlar (ulkan kapalaklar, chumolilar), savannalarda kiyik, nandu tuyaqushi, kemiruvchilar bor. Materikning janubiy qismidagi ochiq dasht va chala choʻllarda puma, kiyik, pampa mushugi va tulkisi, magellan iti, yoldor boʻri; kemiruvchilardan vidra, botqoq nutriyasi, mara, tuko-tuko, qushlardan burgut, palamedeya va boshqa yashaydi.
|
| |