|
Afrika tuproqlari o’simliklari va Hayvonot dunyosi
|
bet | 20/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblariAfrika tuproqlari o’simliklari va Hayvonot dunyosi
Afrikada tuproq-oʻsimlik qoplami zona-zona boʻlib joylashgan. Gvineya qoʻltigʻining shimoliy. sohili va Kongo botigʻi sernam boʻlganidan podzollashgan laterit tup-rokdarda doim yashil sernam ekvatorial oʻrmonlar oʻsadi. Bu oʻrmonlar kalin, yarusli boʻlib, daraxt turlari nihoyatda koʻp, liana (chirmoviq)lar va epifitlarga boy Yozda yogʻin yogʻadigan rayonlarda siyrak oʻrmonlar — savannalar (tropik oʻrmonli dashtlar), tikanli butazorlar uchraydi. Savannalarda gʻallagulli oʻtlar yilning quruq faslida qovjirab qoladi. Daraxtlar barg tashlaydi. Savannalarda daraxtlardan palma, baobab, akatsiya va boshqalarlar oʻsadi. Savannalarda kizil va qizil-qoʻngʻir tuproqlar, savanna oʻrmonlarida qizil-jigarrang toʻproqlar tarqalgan. Savannalarning ancha qismi haydab yuborilgan yoki yaylovga aylantirilgan. Choʻllarda (Sahroi Kabir, Namib) oʻsimlik siyrak, turlari kam. Sahroi Kabirda kserofitlar — yantoq, bargsiz retam butasi, lekanora lishaynigi, quruq oʻzanlar boʻylab yulgʻun, akatsiya oʻsadi, suv bor joylarda (vohalarda) xurmo ekiladi. Kalaxari choʻlining janubi-gʻarbida sukkulentlar, Namib choʻlida velvichiyalar oʻsadi. Afrikaning shim. subtropik yerlarida hamda janubiy chekkalarida doim yashil butazorlar tipik oʻsimliklardir; togʻ yon bagʻirlari oʻrmonlar bilan qoplangan. Afrikada 40000 dan ortiq gulli oʻsimlik turlari bor. Afrikaning katta qismi Paleotropik ob-lastga kiradi. Sahroi Kabir va Afrikaning shimoliy sohili Golarktika oblasti tarkibidadir. Qitʼaning eng janubi-gʻarbiy chekkasi Kap oblastini hosil qiladi.
Hayvonot dunyosi
Afrika hayvonot dunyosi boy va xilma-xil. Shimoliy Afrika va Sahroi Kabir Palearktika oblastiga kiradi. Bu yerlarda Janubiy Yevropa hayvon turlari bilan birga Efiopiya zoogeografik oblasti turlari uchraydi. Afrikaning qolgan hududi Efiopiya oblastiga kiradi. Sirtlon, viverra, dumsiz maymunlar, quyon, tuvaloq (Atlas togʻlarida), mendasa va bubala jayranlari, oddiy gʻizol, fenek tulkisi va boshqa (Sahroi Kabirda), Janubiy Yevropa hayvonlari, koʻzoynakli ilon, daman, tuyaqush Efiopiya oblasti hay-vonlaridir. Sahroi Kabirda bir oʻrkach-li tuya boqiladi. Efiopiya oblasti qalin oʻrmonlarida maymunlar, fillar, buyvollar (suv sigiri), mitti suv aygʻirlari, qushlardan aksari oʻrmalab chiquvchilar (qizilishton, sassiqpopishak, kulrang toʻtiqush) uchraydi. Qoʻngʻiz, kapalaklar juda koʻp. Savanna, chala choʻl va choʻllarda oʻtxoʻr hayvonlar: jayranlar (40 ga yaqin turi bor), zebra, jirafa, karkidon, begemot, buyvol, fillar; yirtqichlardan arslon, qoplon, gepard, silovsin va sirtlonlar: hasharotlardan termitlar va setse pashshasi koʻp. Noyob hayvonlar qoʻriklanadi.
|
| |