Simoliy Amerika tabiat zonalari va iqlim mintaqalari




Download 1,66 Mb.
bet17/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

Simoliy Amerika tabiat zonalari va iqlim mintaqalari

Tabiat zonalari. Materik iqlimi va relyefidagi farqlar tabiat zonalarining turlicha bo‘lishiga zamin yaratadi. Buyuk ko‘llardan shimoldagi tabiat zonalari kenglik bo‘yicha tarkib topgan bo‘lsa, janubdagi tabiat zonalari deyarli meridian yo‘nalishida joylashgan.
Arktika cho‘llari zonasi Grenlandiya oroli va Kanada-Arktika arxiрelagini egallaydi. Qishi juda sovuq (–35 °C dan past), yozi salqin (+5°C dan past). Asosiy o‘simliklari mox va lishayniklar. Hayvonot olami oq ayiq, morj, qo‘yho‘kiz (ular faqat shu zonada yashaydi), oq yapaloqqush va boshqalardan tashkil topgan.
Tundra va o‘rmon-tundra zonasining janubiy chegarasi sharqda 53° sh.k.dan, g‘arbda 62° sh.k. yo‘nalishigacha boradi. Botqoq va tundra — gleyli tuproqlarda buta va o‘t o‘simliklar, pakana qayin va tol, toshyorar, mox va lishayniklar o‘sadi. O‘rmon-tundrada qora va oq qarag‘ay, balzam pixtasi (qarag‘ayi), tilog‘ochlar o‘sadi. Tundrada shimol bug‘usi, qo‘yho‘kiz, lemming, qutb tulkisi, qutb bo‘risi, oq kaklik, oq quyon, Alyaskada tog‘ qo‘yi, qor echkisi ko‘p uchraydi.
Tayga zonasi 45° sh.k.gacha tarqalgan. Zona botqoq, podzol va muzloq tuproqlardan tarkib topgan. Asosiy o‘simligi qora va oq qarag‘ay, Amerika tilog‘ochi, balzam pixtasi, qarag‘ay kabi igna bargli daraxtlar o‘rmonlarni hosil qiladi. Labrador yarimorolidagi daraxtlarning 90% i qora qarag‘ayga to‘g‘ri keladi. Hayvonlardan qora va qo‘ng‘ir ayiq, Amerika losi, kiyik, o‘rmon bizoni, bug‘u, Kanada silovsini, yenot, bo‘ri, skuns, ondatra, qizil tulki kabilar yashaydi. Tinch okean sohillarida duglas qarag‘ayi, oq va qora qarag‘ay, kedr ko‘p o‘sadi. Daraxtlarning bo‘yi 80-100 m ga boradi.
Aralash va keng bargli o‘rmonlar zonasining sur o‘rmon tuproqlarida qarag‘ay, qayin, terak, tol, kashtan, eman, buk, Amerika yong‘og‘i, marvaridgul, yertut kabi o‘simliklar o‘sadi. Virgins bug‘usi, kalamush, puma, bobr (suv qunduzi), qizil olmaxon, yenot, burunduq asosiy hayvonlaridir.
O‘rmon-dasht va dasht zonalarining kashtan va qora tuproqlarida chalov, betaga, bizon o‘ti eng ko‘p uchraydi. Zonalarning shimoliy va sharqiy qismlarida qalin o‘tlarning bo‘yi 1,5 m ga yetadi. Buyuk tekisliklarda o‘t o‘simliklar ancha siyraklashadi, tikanli butalar, janubda, hatto, dub, akatsiya kabi daraxtlar uchraydi. Asosiy hayvonlari bizon, bo‘ri, tulki, kiyik, skuns (badbo‘y), opossum, oqboshli burgut va boshqalardan iborat.
Chalacho‘l va cho‘l zonalarining asosiy o‘simligi qora shuvoq, kaktus (bo‘yi 4-9 m), yukka (daraxtsimon doimiy yashil o‘simlik) qo‘ng‘ir-jigarrang tuproqlarda o‘sadi. Sudralib yuruvchilar (qora ilon) va kemiruvchilar, qalqondorlar yashaydi.
Materikda 6 ta iqlim mintaqalari tarkib topgan. Shimolda arktika iqlim mintaqasi katta maydonlarni egallaydi. Deyarli yil davomida havo harorati manfiy bo‘ladi. Ayrim kunlari yozda harorat +5°C gacha ko‘tariladi, xolos. G‘arbida 50-100 mm, sharqida esa 300-400 mm gacha yog‘in yog‘adi.
Subarktika iqlim mintaqasi hududi yozda mo‘tadil, qishda arktika havo massalari ta’sirida bo‘ladi. Yanvarning o‘rtacha harorati –25°C dan –30°C gacha, iyulda +5°C dan +7°C gacha kuzatiladi. Namgarchilik sharqdan g‘arbga kamayib (300-600 mm) boradi.
Mo‘tadil iqlim mintaqasi katta maydonlarni egallaganligi uchun iqlimiy sharoiti turlicha, yog‘in miqdori sharqdan g‘arb tomonga kamayib boradi (1500-1000 mm). Bu mintaqaga ko‘proq dengiz iqlimi xos. Arktika sovuq havo massalarining ta’siri ham kuchli.
Subtropik iqlim mintaqasi 40° sh.k.dan Meksika qo‘ltig‘i oralig‘idagi hududlarni egallaydi. Issiq, sernam yoz va iliq, sernam qish bu mintaqaning asosiy xususiyatidir. Tinch okean qirg‘oqlari O‘rta dengiz subtropik iqlim tiрiga xos bo‘lib, sovuq Kaliforniya oqimi ta’sir etadi. Qishi iliq (+6°C dan +8°C gacha), nam keladi, yozi esa quruq va iliq bo‘ladi.
Tropik iqlim mintaqasi yil davomida issiq bo‘lib, Atlantika okeani havo massalarining hukmronligi sezilib turadi. Yozda namgarchilik ko‘p bo‘ladi. Faqat mintaqaning g‘arbida quruq, tumanli kunlarni kuzatish mumkin.
Subekvatorial iqlim mintaqasi materikning eng janubiy tor qismida uchraydi. Bu yerda o‘rtacha yillik harorat yuqori (+25 °C) va namgarchilik ko‘p (1500-2000 mm).
Savannalar va siyrak o‘rmonlar zonasida qizil va qizil-qo‘ng‘ir tuproqlar hosil bo‘lgan. Baland o‘t o‘simlikli, kaktus-akatsiyali savannalar va eman-qarag‘ayli siyrak o‘rmonlar xos.
Fasliy nam (musson) o‘rmonlar zonasi uchun ferralit tuproqlar, eman, Karib qarag‘ayi, palma, kiрaris kabi o‘simliklar xos. Hayvonlardan alligator (timsohning bir turi), qora ilon, kurka, Nikaragua sohillarida anakonda ilonlari yashaydi.
Balandlik mintaqalari Kordilyera va Appalachi tog‘lari hududini qamrab olgan. Tog‘larda oq qarag‘ay, kedr, sekvoyya, qora qarag‘ay o‘sadi. Hayvonlardan tog‘ qo‘yi, qizil ayiq, yaguar, puma, qor echkisi, kondor va boshqalar yashaydi.


  1. Download 1,66 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Simoliy Amerika tabiat zonalari va iqlim mintaqalari

Download 1,66 Mb.