|
Osiyo iqlimi va ichki suvlari
|
bet | 14/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblariOsiyo iqlimi va ichki suvlari
Osiyoning shimoliy yarim shardagi barcha geografik kengliklarda joylashganligi uning yer yuzasiga quyoshdan keladigan issiqlikning turli miqdorda tushishiga sabab bo`ladi. Chunonchi, quyosh radiatsiyasining umumiy miqdori ekvatorda yiliga xar bir sm2 maydonda 140--160 k kal ni tashkil etadi.
Osiyo ustidagi havo massalarining sirkulyatsiyasi yuqori hamda past bosim markazlarining mavsumiy joylashishiga bog`liqdir. Qish vaqtida materik ustidagi atmosfera bosimining eng muhim markazi Yer sharida qishki iqlimiy markazlarning eng qudratli markazi xisoblangan Osiyo antitsiklonidir. Bu antitsiklondan hamma tomonga sovuq va quruq kontinental mo`tadil havo tarqalib, bir necha tarmoq hosil qiladi. Osiyoning janubi-sharqida qishda sovuq quruqlik bilan iliq okean o`rtasida havo bosimining juda katta grdaiyenti vu-judga keladiki, u quruqlikdan dengizga esuvchi, kuchi va yunalishi barqaror bo`lgan havo oqimlarining, ya`ni qishki kontinental mussonning vujudga kelishiga sabab bo`ladi.
Tinch okeanining shimoliy qismi ustida qishda Aleut minimumi vujudga keladi. U asosan Kamchatkaning sharqiy sohili va Kuril orollariga ta`sir ko`rsatadi.
Subtropik mintaqadagi Tiber va Armaniston tog`liklariga dalandlik antitsiklonlari ta`sir ko`rsatadi va u yerda havo yil bo`yi kuchli darajada sovib turadi.
Osiyoning O`rta dengiz bo`ylarida, Arabistonning shimolida, Eron tog`ligining janubi va Panjobda ko`pincha bosim yuqori, lekin balandlik antitsiklonlaridagiga qaraganda pastroq bo`ladi. Mo`tadil va tropik havolar frontida siklonlar kuchayib, ular to Himolaygaa yetib borishi mumkin va yo`lda yog`inlarga sabab bo`ladi.
Janubiy Osiyo ustida passat sirkulyatsiyasi, ya`ni qishki musson shakllanadi.
Yozda atmosfera bosimi mintaqasi o`zgarishi bilan birga havo oqimlari ham o`zgaradi. Panjob, Eron tog`ligining janubiy yarmi, Rabiston yarim orolining janubiy va markaziy qismlari ustida past bosim vujudga kelib bu bosimni Old Osiyo depressiyasi deb ataladi. Bu bosim markazi tomonga Hind okeanidan nam havo esib Hind mussonini hosil qiladi.Hind okeani ustidagi janubiy tropik antitsikloni bu mussonni kuchayishiga sabab bo`ladi. Bu musson shamollari Janubiy va janubi-sharqiy Osiyo ustida hukmronlik qiladi, G`arbiy Pokiston va Rajasxanda Arabiston va Erondan kontinental havoning depressiyaga tortilishidan qurg`oqchil iqlim shakllanadi. Markaziy Osiyo ustida past bosim vujudga keladi, lekin qator tog` tizmalari bu yerga Hind va Tinch okeanlaridan havo massalarini kirib kelishiga yo`l qo`ymaydi. Sharqiy Osiyoga Gavayi antitsiklonining g`arbiy chekkasidan dengiz tropik havosi kirib keladi.
Kichik Osiy va Levant (Suriya, Isroil, Livan) sohillari Azor maksimumi ta`sirida qoladi va iqlimning quruq va issiq bo`lishiga sabab bo`ladi.
Osiyo iqlimining qaror topishida, uning cho`llari iqlimining, xususan baland tog` tizmalari va berk tog`lar iqlimining, shakillanishida relyef juda katta rol o`ynaydi. Yuqorida qayd qilib o`tilganidek, Markaziy Osiyo iqlimining arid iqlim ekanligiga ko`p jihatdan uning okeanlardan uzoqligi va orografik jihatdan berk xavza ekanligi sabab bo`lgan.
Okean oqimlaridan materikning sharqiy qirg`oqlari bo`ylab oquvchi Kuro-Sivo iliq oqimi ayniqsa katta ahamiyatga ega. Bu oqim ta`sirida materikning sharqida iqlim mintaqalari bir oz shimolda joylashgan. Shimoliy Amerika qirg`oqlari yaqinidagi Golfstrim oqimi kabi Kuro-Sivo oqimi ham 35-36 shimoliy kenglikka yetgandan keyin shimoli-sharqka qarab buriladi. Shuningdek Osiyoning shimoli-sharqiy sohillariga Sovuq Kuril oqimi kata ta`sir ko`rsatadi. Bu oqim Kuril orollarining janubidan o`tgan Oya-sivo nomini oladi.
Qit`ada eng past harorat 600-700 sh.k.oralig`ida kuzatiladi. Verxoyansk va Oymyakonda -700S harorat kuzatilgan. Bu yerlarda yanvarning o`rtacha harorati -550 S. Biroq yuqori bosim mintaqasi Mongoliyaning shimoliy rayonlarida kuzatiladi va u Markaziy Osiyo yoki Sibir maksimumi deb ataladi.
Osiyo uchun daryolarning mavjudligi quruqlik maydonining g`oyat kattaligi bilan bog`liqdir. Ayni vaqtda materikning iqlimi turli joylarda turlicha bo`lganligidan daryolar rejimi va ularning to`yinish tiplari xilma-xildir.
Osiyo yillik oqim o`rtacha xajmining kattaligi jihatidan boshqa materiklar orasida birinchi o`rinni egallaydi. Bu materikning yer yuzasidan okeanlarga xar yili 12850 km.kub. suv oqib tushadi, bu mikdor dunyo o`rtacha yillik oqimining 1/3 qismiga yaqinini tashkil etadi. Osiyo maydonining g`oyat katta ekanligi, alohida rayonlarning geografik o`rni sababligina emas, tog`-kotlovina Relyefi tufayli ham vujudga keluvchi keskin iqlimiy farqlar sababli oqim materik haroratda nihoyatda notekis taqsimlangandir.
Asosiy suvayrigichlarning katta qismi tog` tizmalariga to`g`ri keladi, lekin ularning ayrim qismlari Mongoliya, Jung`oriyaning baland tekisliklari va Markaziy Tibetning tog`liklari orqali o`tadi.
Xozirgi ko`pgina daryolar juda kichrayib va sayozlashib qolgan relikt ko`llarga yetib borolmaydigan bo`lib qolgan. Taklamakon cho`lidagi Tarim, Afg`onistondagi Xilmand, O`rta Osiyoda tugaydigan Tajan, Murg`ob kabi katta daryolar qumlar orasida tugaydi va ba`zi bir yillardagina o`z suvlarini ko`llarga olib borib quyadi. Osiyoning tashqi oqim to`rtta okean va ularning dengizlari o`rtasida taksimlangan, shu bilan birga Xind okeani Tinch okean va Shimoliy Muz okeani xavzalarining maydoni bir-birlariga taxminan teng. Atlantika okeaniga unchalik katta bo`lmagan maydondagi daryolar quyiladi.
Atlantika okeani xavzasiga O`rta dengiz bilan Qora dengizga quyiladigan daryolar kiradi. Bu daryolar rejimi asosan O`rta dengiz bo`yi rejimi bo`lib, u ayniqsa bevosita O`rta dengizga quyiladigan daryolar uchun xosdir.
Xindiston va Birmaning kalta daryolari mavsumiy yomg`ir suvlaridan to`yinadi, lekin yog`in suvlaridan to`yinadi, lekin yog`in tushishi rejimiga qarab, ularning maksimal suv sarfi davri ba`zi rayonlarda yoz oylarida, boshqa rayonlarda esa kuz oylarida boshlanadi.
Gang daryosi Bosh Ximalay tizmasidagi muzliklardan boshlanadi. Gangning ko`pdan-ko`p irmoqlari unga ko`p suv keltirib quyadi. Gang daryosi tog`dan chiqqan joyda yozgi musson davrida hamda Ximalay tog`laridagi muz va qor eriydigan vaqtda keng toshadi. Bu daryo quyilish joyida Braxmaputra bilan birga keng delta hosil qiladi.
Rejimi xususiyatlariga qarab Sharqiy Osiyodagi daryolar ikki tipga: Amur va Xitoy tiplariga bo`linadi. Amur tipidagi daryolarga Rossiyaning Uzoq sharqining janubiy qismidagi hamma Shimoli-Sharqiy Xitoydagi yozgi oqimga ega bo`lgan, yomg`irdan va qisman qor suvidan to`yinadigan daryolar kiradi. Xitoy tipiga kiruvchi daryolar uchun ham yozgi oqim katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga Sharqiy Xitoyda va Yaponiyaning subtropik rayonlarida qish Amur xavzasidagiga qaraganda ancha Iliq keladi. Shu sababli daryolar muzlamaydi, lekin bug`lanish miqdori yozdagi kabi ko`p bo`ladi: bu xol qishda yog`inlarning kam tushishiga va u bilan bog`liq bo`lgan daryolarning sayozlanib qolishiga olib keladi.
Osiyoning ko`llari, daryolar kabi, materik xududida juda notekis joylashgan, lekin katta ko`llarning ko`pi namgarchil o`lkalarda emas, balki qurg`oqchil yerlarda - Old Osiyo tog`liklarida hamda Markaziy Osiyoda to`plangan.
Osiyoning bir qancha ko`llari tektonik cho`kmalarda joylashgan. Bunday ko`llar orasida O`rta dengiz yaqinidagi O`lik dengiz, Mongoliyaning shimolidagi Xubsugul, Nanshan tog`lik mamlakatidagi Kukunor, Xonsyu oralig`idagi Biva eng katta ko`llardir.
Tektonik ko`llar odatda chuqur (356 m) ko`l. Bu ko`l kotlovinasining tagi-kriptodepresiya 748 m chuqurlikda yotadi, suv satxi esa okean satxidan 392 m past turadi.
Osiyoda katta muzlik ko`llari unchalik ko`p emas. Qadimiy muzlik ko`llari kotlovinalariningsh izlari Ximalay va Qoraqum tog`larida saqlanib qolgan. Bu ko`llarning suvlari mazkur tog` sistemalari tez ko`tarilib, daryoar tog`larni shiddat bilan o`yib tushish tufayli oqib ketganligi aniqlangan.
Osiyoda kichik ko`llar sersuv hamda keng toshadigan daryo vodiylarida ko`p.
|
| |