Yevrosiyo iqlimi va ichki suvlari




Download 1,66 Mb.
bet10/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

Yevrosiyo iqlimi va ichki suvlari

Yevrosiyoning iqlimi boshqa materiklar iqlimiga qaraganda ancha xilma-xil. Materik iqlimining xususiyatlari, avvalo, Yevrosiyo hududining shimoldan janubga va g‘arbdan sharqqa qarab juda katta masofaga cho‘zilganligiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, okeanlardan keladigan havo massalariga va relyefiga bog‘liq.
Geografik kenglikning iqlimga ta’siri. Quruqlikning shimoldan janubga qarab uzoq masofaga cho‘zilganligi issiqlikning taqsimlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Yevrosiyoda iyul oyining o‘rtacha harorati ancha yuqori. Uning shimolida bu harorat +12 °C ga va janubida +28 °C ga teng. Arabiston yarimorolida esa +32 °C ni tashkil etadi. Qish materikning g‘arbida iliq, lekin shimoli-sharqida juda sovuq bo‘ladi. Ayniqsa, Sibirda yanvar oyining o‘rtacha harorati –48 °C gacha pasayadi. Ayrim kunlari bu harorat Oymyakonda –71 °C ga tushib ketgan. Shuning uchun bu yer Shimoliy yarimsharning „sovuqlik qutbi" deb ataladi. Qish Yevropaning janubi-g‘arbida iliq, Osiyoning janubida esa issiq (+20 °C) bo‘ladi. Asosiy iqlim elementlaridan hisoblangan yog‘in miqdori ham materik ichkarisi tomon kamayib boradi. Dunyodagi eng ko‘p yog‘in tushadigan joy Hindistondagi Cherrapunja qishlog‘idir. Bu yerda o‘rta hisobda yiliga 12 665 mm yog‘in yog‘adi. 1856-yilda bu yerga 23 000 mm ga yaqin yog‘in tushgan.
Okeanlarning iqlimga ta’siri. Yevrosiyoda iqlim sharoiti faqat kenglik bo‘ylab o‘zgarib qolmasdan, balki g‘arbdan sharqqa tomon ham o‘zgaradi. Iqlimning bunday o‘zgarishiga asosiy sabab, Yevrosiyo materigining g‘arbiy qismi doimo Atlantika okeanidan keladigan iliq va nam dengiz havo massasi ta’sirida bo‘lganligidir. Natijada, G‘arbiy Yevropada yog‘in ko‘p yog‘adi, qish ancha iliq, yoz esa salqin bo‘ladi.
Sharqqa borgan sari dengiz havo massasining tarkibida namlikning kamaya borishi natijasida yog‘ingarchilik miqdori ham kamayadi, iqlimning kontinentalligi orta boradi, yoz oylarining harorati ko‘tariladi, qishning harorati esa juda pasayadi, natijada qish va yoz oylarining haroratlari o‘rtasida katta farq vujudga keladi. Yozda Tinch okeandan keladigan dengiz havo massasi, ya’ni yozgi musson shamollari o‘zi bilan ko‘p miqdorda yog‘in keltiradi. Qishda materik ustida, ayniqsa, Markaziy Osiyoning katta qismida yuqori havo bosimi markazi tarkib topadi, natijada ob-havo quruq va ochiq bo‘ladi, yog‘in kam tushadi, sovuq havo hukmronlik qiladi. O‘zbekiston hududida ham ana shunday ob-havoning kuzatilishiga Markaziy Osiyodan kirib keladigan havo sababchidir.
Relyefning iqlimga ta’siri. Yevrosiyo Yer yuzasining tuzilishi ham iqlimning hosil bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, baland tog‘ tizmalari atmosferada harakat qilayotgan iliq va sovuq havo massalarini to‘sib qolib, iqlimning keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bunday holni Alp, Kavkaz, Tyanshan, Himolay tog‘lari misolida ko‘rish mumkin. Bu tog‘ tizmalari g‘arbdan sharqqa tomon cho‘zilgan bo‘lib, shimoldan keladigan sovuq shamollarning janubga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Yevrosiyo tog‘larida iqlim sharoiti balandlik mintaqalari bo‘yicha ham o‘zgaradi. Balandlik iqlim mintaqalari Alp, Karpat, Kavkaz, Tyanshan, Himolay kabi tog‘larda ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Tibet va Pomir tog‘liklaridagi iqlim baland tog‘ iqlimi bo‘lib, yozining iliqligi, qishining qattiq sovuqligi va atmosfera yog‘inlarining juda kam yog‘ishi bilan boshqa joylardan farq qiladi.
Ichki suvlarini yer usti va yer osti suvlariga bo‘lib o‘rganish mumkin. Ularning geografik joylashishi birinchi navbatda iqlim va relyefga bog‘liq. Yer usti suvlari daryo, ko‘l va muzliklar, suv omborlari va kanallardan tashkil topgan. Eng yirik sersuv daryolar mo‘'tadil va musson iqlimli o‘lkalarda joylashgan. Ular Sharqiy Yevropa, G‘arbiy va O‘rta Sibir, Uzoq Sharq, Janubi-sharqiy Osiyo o‘lkalaridan oqib o‘tadi. Quruq iqlimli o‘lkalarda daryolar ancha siyrak. Yevrosiyo daryolari suvlarini beshta havzaga quyadi. Bular - Shimoliy Muz, Atlantika, Tinch va Hind okeanlari havzalari hamda berk havzadir. Yanszi, Xuanxe, Ob, Yenisey, Volga, Dnepr, Hind, Gang yirik daryolardir. O‘lkamizdagi Amudaryo va Sirdaryo, Yevropadagi Volga berk havzaning eng yirik daryolari hisoblanadi. Qurg‘oqchil o‘lkalarda daryolar siyrak, nam iqlimli o‘lkalarda esa zich joylashadi.
Daryolarning to‘yinish tiplari.
Yevrosiyo daryolari to‘yinishiga ko‘ra to‘rt tipga bo‘linadi: yomg‘ir, qor, muz va yer osti suvidan to‘yinuvchi daryolar. Lekin daryolar ko‘pincha aralash holda to‘yinadi. Masalan, yomg‘ir va qor suvlaridan, qor va muz suvlaridan, muz va yer osti suvlaridan, yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi.
Daryolarning suv rejimi va to‘yinishi yil fasllariga bog‘liq. Masalan, daryolar yozda qurg‘oqchil joylarda tog‘lardagi qor va muzlarning erishidan, musson iqlimli o‘lkalarda yomg‘irdan, mo‘'tadil mintaqada bahorda qorning erishidan va yomg‘irdan, nam subtropiklarda hamda ekvatorial mintaqada yil davomida yomg‘irdan suv oladi.
Yevrosiyoning eng yirik daryolaridan Volga, Ob, Irtish irmog‘i bilan, Yenisey, Lena, Pechora, odatda, qor va yomg‘ir suvlaridan to‘yinib, bahorda to‘lib oqadi va qirg‘oqlaridan toshib ketadi. Shimolga oqadigan daryolar qishda uzoq vaqt muz bilan qoplanadi.
Musson iqlimli o‘lkalardagi daryolar - Amur, Xuanxe, Mekong, Gang, Hind va boshqalar musson yog‘inlaridan to‘yinib, ularnmg suv sathi yozda keskin ko‘tariladi. Bu daryolar boshlanadigan tog‘lardagi qor va muzlar ham yozda eriydi. Natijada daryolar qirg‘oqlaridan chiqib, suv toshqinlariga sabab bo‘ladi. Qishda suv sathi keskin pasayadi; hatto mo‘'tadil mintaqadagi Amur daryosi muzlab qoladi.
Ekvatorial iqlimli Katta Zond orollaridagi daryolar yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi va ularning rejimi yil davomida o‘zgarmaydi. Markaziy Osiyo daryolari - Amudaryo, Sirdaryo, Ili, Tarim baland tog‘ muz va qorlarining erigan suvlaridan to‘yinib, yozning boshida to‘lib oqadi, kuzda va qishda keskin kamayadi.
Yevrosiyo ko‘llari
Yevrosiyoda ko‘llar juda ko‘p. Ularning asosiy qismi materikning shimoliy va sharqiy o‘lkalarida joylashgan. Dunyodagi eng katta (Kaspiy 371 ming km.kv) va eng chuqur (Baykal 1620 m) ko‘l ham shu materikdadir. Hosil bo‘lishiga o‘ra, tektonik (Baykal, Jeneva, Issiqko‘l), to‘g‘onli (Sarez), vulqonli, morena, qoldiq (Kaspiy, Orol) ko‘llar mavjud.
Hozirgi zamon muzliklari chuchuk suvlarning asosiy manbaidir. Shulardan biri Pomir tog‘idagi Fedchenko muzligi. Uning uzunligi 72 km, qalinligi o‘rta qismida 1000 m, eni 1700-3100 m.
Suv oqimiga ko‘ra ko‘llar oqar (Baykal, Onega), oqmas (Issiqko‘l, Balxash, Kaspiy, Orol) ko‘llarga bo‘linadi. Sun‘iy ko‘llar ham mavjud. Deyarli barcha daryolarda elektr energiya olish, yerlarni sug‘orish, selga qarshi kurash kabi maqsadlarda katta-kichik suv omborlari qurilgan. Tekisliklarda kema qatnovini tartibga solish, qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish maqsadida ko‘plab kanallar barpo etilgan.
Materik yer osti suvlariga ham boy. Yirik tekisliklarning tagida yer osti suvlarining juda katta zaxirasi bor. Ular faqat daryolar va ko‘llarni suv bilan ta'minlab qolmasdan, aholining ham suvga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi.


  1. Download 1,66 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   171




Download 1,66 Mb.