Hind okeaniga umumiy ta’rif




Download 1,66 Mb.
bet8/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

Hind okeaniga umumiy ta’rif

Asosiy xususiyatlari. Eng sho‘r okean, eng issiq ko‘rfazi mavjud, eng katta suvosti deltasi bor, cho‘kindi jinslar eng qalin (5,5 km, Gang deltasi), asosiy qismi janubiy yarimsharda, o‘simlik va hayvonlarga eng kambag‘al, eng uzun bo‘g‘izi bor, neft va gaz zaxirasi va qazib olinishi, tashiladigan neft hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Marvarid va durlar yig‘ib olishda yetakchi hisoblanadi.
Geografik o‘rni. „Hind" so‘zi sanskritcha daryo degan ma’noni anglatadi.
Hind okeani to‘rtta materik (Afrika, Yevrosiyo, Avstraliya, Antarktida) oralig‘ida joylashgan. Okeanning asosiy qismi Janubiy yarimsharda joylashgan. Shimoli-sharqiy va shimoli-g‘arbiy qirg‘oqlari ancha parchalangan. Maydoni 76 mln kv.km.
O‘rganilish tarixi. Dastlab arablar, shumerliklar Fors ko‘rfazi, Qizil dengiz va Hind okeanida suzishgan (er. av. IV-V asrlarda) bo‘lsalar, finikiyaliklar (er.av.VI asrda) Hind okeani orqali Afrikani janubdan aylanib o‘tib, g‘arbdan qaytib kelganlar.
Eramizning boshlaridan arablar (ayniqsa, VII — XII asrlarda) Hind okeanini o‘zlashtirdilar. Ular okean qirg‘oqlarini, orollar, oqimlarni, shamollarni atroflicha o‘rgandilar. Vasko da Gama Hindistonga dengiz yo‘lini ochdi (1498-y.). Hind okeanini birinchi bo‘lib A.Тasman (1642-1643) g‘arbdan sharq tomonga (Avstraliya janubiga) suzib o‘tgan bo‘lsa, J.Kuk (1771-1775) okean chuqurligini aniqladi.
Okeanni muntazam o‘rganish XIX asrning oxiridan boshlandi. „Chellenjer" kemasi a’zolari, UNESCO tashabbusi bilan 1960-1965-yillarda tashkil etilgan Xalqaro Hind okeani ilmiy ekspeditsiyasi okean to‘g‘risida mukammal ilmiy ma’lumotlar to‘pladi.
Okean tubi relyefi. Hind okeani tubida uch tarmoqqa bo‘ linib ketgan tog‘ tizmalari mavjud. Bular Arabiston-Hindiston, G‘arbiy Hind tog‘lari va Avstraliya-Antarktida ko‘tarilmalaridir. Okeanning sharqiy qismida Markaziy va G‘arbiy Avstraliya botiqlari mavjud. Ularni bir-biridan Sharqiy Hind tizmasi ajratib turadi. Tog‘ tizmalarining kengligi 400-800 km, balandligi 2-3 km. Hind okeanining eng chuqur joyi Yava (Zond) cho‘kmasida bo‘lib, chuqurligi 7729 m ga teng.
Iqlimi. Okeanning shimoliy qismida suv yuzasining harorati yuqori +25 +28 °C, janubida esa ancha past. Suvining sho‘rligi Dunyo okeani o‘rtacha sho‘rligidan yuqori. Qizil dengiz suvi eng sho‘r (42 ‰), sho‘rligi eng past Bengaliya qo‘ltig‘i (30-34 ‰) suvlaridir. Yog‘inlar miqdori ekvatorial mintaqada ko‘p (3000 mm gacha), qutblar tomon kamayib boradi. Eng kam yog‘in shimoli-g‘arbiy qismida (100 mm) kuzatilgan. Okeanda shimolda subtropik, tropik, subekvatorial, ekvatorial, janubda subekvatorial, tropik, subtropik, mo‘tadil, subantarktika va antarktika iqlim mintaqalari tarkib topgan.
Organizmlari. Hind okeanining tropik mintaqalarida planktonlar ko‘p. Planktonlar orasida kechasi nur sochadigan turlari bor. Okean suvlarida baliqlardan sardinella, skumbriya, akula, kitlar, iliq suvlarda ulkan dengiz toshbaqalari, dengiz ilonlari, molluskalar (kalmarlar) yashaydi. Dengiz sayozliklarida, marjon riflari atrofida organizmlar eng ko‘p tarqalgan. Bu yerlarda haqiqiy suvosti o‘tloqlarini uchratish mumkin.
Okeanning tabiat mintaqalari. Okeanning ekvatorial mintaqasida iqlim sharoiti yil davomida kam o‘zgaradi. Yuzadagi suv harorati 20-28 °C. Yillik yog‘ingarchilik miqdori 2000-3000 mm ni tashkil etadi. Shunga mos tabiat kompleksi shakllangan.
Janubiy subtropik mintaqada ikkita yirik kompleksni — iliq va sovuq suv massalaridan tashkil topgan tabiat komplekslarini ko‘ramiz. Mintaqaning g‘arbiy qismida yog‘ingarchilik ko‘p (1000 mm), iliq oqimlar ta’sirida bo‘lganligidan yil davomida suvi iliq, harorati ancha yuqori bo‘ladi. Sharqiy qismida esa sovuq oqimlar ta’sirida yil davomida suvning harorati past bo‘ladi, yog‘in kam (500 mm) yog‘adi.
Okeanning janubida mo‘tadil va subantarktika tabiat mintaqalari joylashgan. Ular tabiatining shakllanishida g‘arbiy shamollar va muzli Antarktida materigining ta’siri kuchli. Mintaqalar yuza suvi nisbatan sovuq bo‘lganligi uchun shunga mos organizmlar yashaydi.


  1. Download 1,66 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   171




Download 1,66 Mb.