Tabiiy Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari




Download 1,66 Mb.
bet7/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

Shimoliy Muz okeani

Asosiy xususiyatlari. Okeanlarning eng kichigi, shimoliy qutb atrofida joylashgan, dengizlari okean maydonining yarmini egallaydi, shelf egallagan maydoniga ko‘ra birinchi o‘rinda, eng sayoz, ko‘p yillik muzlar qoplangan yagona okean, eng sovuq, iqlim va tabiat mintaqalari eng kam, qo‘yho‘kiz, oq ayiqlar yashaydi, eng yirik oroli bor, uzoq qutb tunlari va kunlari bo‘ladi.
Geografik o'rni. Okean shimoliy qutb atrofida joylashgan. Uni ikkita materik o‘rab turadi. Bering bo‘g‘izi orqali Tinch okean bilan, Skandinaviya yarimoroli — Farer, Irlandiya va Grenlandiya orollari — Smit bo‘g‘izi — Kanada arxipelag lari orqali Atlantika okeani bilan chegaralanadi. Qirg‘oqlari ancha parchalangan. Orollari ko‘p..
O'rganilishi. Okean to‘g‘risidagi birinchi ma’lumotni yunon olimi Pifey (er. av. 325-yil) yozgan va «Qayrilgan dengiz» deb nom bergan. Keyinchalik yevropaliklar Giperborey (yunoncha Borey — «shimoldagi shamollar xudosi») deb atashdi. 1650-yilda B.Varenius mustaqil okean tariqasida ajratdi. XIX asrning boshlarida ichki dengiz sifatida Atlantika okeani tarkibiga kiritildi.
1845-yilda London geografiya jamiyati, 1928-yilda Xalqaro gidrografik byuro, 1936-yilda Rossiya geografiya jamiyati Shimoliy Muz okeanini mustaqil okean tariqasida ajratishga qaror qabul qildilar. Okeanni o‘rganishda Pyotr I (1733-1743), M.V.Lomonosov (XVIII asrning ikkinchi yarmi), shved olimi N.A.Nordensheld (1878-1879) larning tashkil etgan ekspeditsiyalari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Okean bundan 60 mln yil avval paydo bo‘la boshlagan. Uning tubi geologik jihatdan Shimoliy Amerika va Yevrosiyo litosfera plitalari tarkibiga kiradi. Okean tubida dengiz, daryo va aysberg yotqiziqlari katta maydonda tarqalgan. Ularning qalinligi 1000-3500 m atrofida. Shelf zonasida daryolar, dengiz oqimlari keltirgan cho‘kindi jinslar, okean markazida esa changsimon zarrachalar, biogen yotqiziqlar uchraydi.
O kean iqlimining o‘ziga xos xususiyati Arktika markazida joylashganligi va yil davomida sovuq havo massalarining hukmronligi bilan ifodalanadi. Uzoq qutb tunlari va kunlari 3-6 oylab davom etadi. Qish oylarida qahraton sovuq (-30 C, -40 C) va qorli bo‘ronlar makoniga aylanadi.Ko‘p yillik muzlarning qalinligi 3-5 m. Suvning sho‘rligi chuqurlik tomon o‘zgarib boradi. Yuza suvlar sho‘rligi 30-32‰, tubida 34-35‰ gacha ortadi.


  1. Download 1,66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tabiiy Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari

Download 1,66 Mb.