Osiyo Geografik mintaqalari va tabiat zonalari




Download 1,66 Mb.
bet15/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

Osiyo Geografik mintaqalari va tabiat zonalari

Osiyo geografik zonalarining kenglik bo`ylab yo`nalishini Old Osiyo tog`liklaridagi hamda Markaziy Osiyodagi kotlovinalar ancha murakkablashtirib yuboradi. Ana shu sababli materikning ichki qismidagi zonalar uzun cho`zilgan poloslar shaklida emas, balki tog`liklar qiyofasi hamda orografiyasiga mos ravishda markaziy qisimda cho`llar aniq namoyon bo`lgan cho`ziqroq aylana shaklida joylashgan .Tog`li va yassi tog`liklarning baland toglik chekka qismlarida namlikning oshishi munosabati bilan cho`llar chala cho`llar xamda Old Osiyoning o`ziga xos butazorli dashtlari bilan almashinadi. Bu dashtlar Janubiy Rossiya dashtlaridan ham, Mongoliya dashtlaridan ham aniq farq qiladi.
Osiyoning tropik kengliklarida ham zonalarning kenglik bo`yicha yo`nalishi ancha o`zgarib ketadi. Masalan, Hindiston va Hindixitoyda subekvatorial (musson) o`rmonlar hamda savannalar, siyrak o`rmonlar butazorlar zonalari Afrikadagi kabi janubdan shimolga tomon emas, balki g`arbdan sharqqa tomon birin ketin almashinib keladi. Bu tog` tizmalarining ko`proq meridian bo`ylab yo`nalganligiga hamda musson shamollarining yo`nalishiga bog`liqdir. Bu yerda ekvatorial havo shimolga tomon odatdagidan ko`ra uzoqroq kirib borganidan mazkur zonalar Afrikadagiga qaraganda shimolga davom etib to Himalay tog`larigacha yetib borgan.
Osiyoda keng tarqalgan tog`lik relyefi oblastlari kenglik zonalarini o`zida aks ettirib, balandlik mintaqalarining rivojlanishiga yordam beradi. Markaziy Osiyoning qurg`oqchil sharoitida balandlik mintaqalari differensiatsiyasi katta emas. Aksincha Himolay va Sichuan Alpi tog`larining Hindixitoydagi tog` tizmalarining shamolga ro`para yon bag`irlarida mintaqalar soni ancha ko`p. Shunday qilib balandlik mintaqalari strukturasiga bir tomondan tog`larning qanday geografik kengliklardan joylashganligi emas, balki ularning sektoral o`rni ham ikkinchi tomondan yon bag`irlar ekspozitsiyasi ham tasir ko`rsatar ekan. Tog`li mamlakat qanchalik quyi gegorafik kengliklarda joylashgan. Qanchalik baland va namgarchilik bo`lsa unda balandlik mintaqalari shunchalik to`liq tipga kirgan mintaqalarga ega bo`ladi. Balandlik mintaqalari ko`p bo`lgan joylarga Ximalay tog`larining janubiy yon bag`irlari ular kam bo`lgan joylarga esa Ximalay tog`larining shimoliy yon bag`irlari bilan Kunglun tog` bag`irlari misol bo`ladi.
Ekvatorial mintaqa. Ekvatorial o`rmonlar zonasi deyarli butun Malayya arxepelarini Filippin orollarining janubiy yarmini Selon orolining janubiy yarmini va Malakka yarim orolini ishg`ol qilgan. Bu zona Ekvatorial iqlim mintaqsiga deyarli to`g`ri keladi va radiyasiya balansi bilan namlik miqdorlari ham shu mintaqalarda ichadi. Yillik yog`in miqdori ko`p bo`lgan holda bug`lanish imkoniyati kam tog`larda 500 mmdan 750 mm gacha tekisliklarda 750 mm dan 1000 mm gachadir. Yillik havo tempiraturalari yuqori bo`lishi va yomg`ir bir tekisdan yog`ishi sababli namning ortiqcha ekanligi oqim bir meyorda bo`lishini taminlaydi va organik duyon va nurash po`sti taraqqiyoti uchun eng qulay sharoit yaratadi. Nurash po`sti ustida ishqori yuvilgan va podzollashgan laterik tuproqlar tartib topadi. Tuproq hosil bo`lishida alletlashish va podzollashish protsesslari ustun turadi. Organik moddalarini aylanma xarakati g`oyat intetsiv ro`y beradi. Yiliga har bir gektar yerga hisoblanganda 100-200 tonna barg shox-shaba va ildiz qoldiqlari chirindiga aylanadi hamda mikroorganizimlar yordamida minerallashadi.
Bu zonaning hayvonot dunyosi ham turlarga boy hamda kelib chiqishi jixatdan qadimiydir. Hayvonot dunyosida makakalar bilan ingichka tanalilar odamsimon maymanlardan orangutan, yirtqichlardan yo`lbars, oftob ayig`i, toqtuyoqlilardan yopiqchalik tupaylar xarakterlidir. Yovvoyi fillar kamdan - kam bo`lsa uchrab turadi. Sudraluvchilar, qushlar va hashoratlar g`oyat ko`pdir.
Subekvatorlar mintaqasida yong`inlarning mavsumiy tushishi va territoriyada notekis taqsimlanganligi, shuningdek, yil davomidagi temperaturasi farqlarining kattaligi natijasida Hindiston, Hindixitoy tekisliklarida va Filippin orollarining shimoliy yarmida Subekvatorial o`rmonlari, shuningdek savannalar, siyrak o`rmon hamda butazorlar landshaftlari rivojaldandi. Domiy nam o`rmonlar Gang- Braxmaputra etaklaridagi, Hindixitoy va Filippin arxipelagining sohillaridagi yog`in 1500 mm dan kam tushmaydigan eng namgarchil rayonlarni ishg`ol qilgan. Yog`in miqdori 1000-800 mm dan oshmaydigon quruqroq tekislik va yassi tog`liklarda mavsumiy namgarchil musson o`rmonlari o`sadi. Bunday o`rmonlar bir vaqtlar Hindiston yarim orolida va Hindixitoyning janubida ancha katta maydonlarni egallagan. Yog`in miqdorining 800-600 mm ga kamayishi yomg`ir yog`adigan davrning 200 kunda 150-100 kungacha qisqarishi bilan o`rmonlar o`rnini savannalar siyrak o`rmonlar butazorlar egallaydi. Yog`in miqdorining yanada kamayishi cho`lga aylangan savannalarning masalan, rajast hamda Txar cho`li chegarasida rivojlangan savannalarning paydo bo`lishiga olib keladi. Aksincha tog`li rayonlar yog`in miqdorining ko`payishi va bug`lanishning kamayishi tog` o`rmonlarining rivojlanishiga sabab bo`lgan. Bunday o`rmonlarda doimiy yashil o`simlik turlari ko`pchilikni tashkil etadi.
Geografik kenglik bo`ylab cho`zilgan zonalar yo`nalishini tog`lar relyefi ancha o`zgartirib yuboradi. G`arbiy Gxat tog`larning ayniqsa Ximalayning, Xindixitoy yarim orolidagi tog`larining yozgi musson namini ushlab qoladigan shamollar ro`para yon bag`irlari doimiy yashil daraxtlar lianalar va epefitlar ko`pchilikni tashkil etuvchi ko`p qavatli qalin o`rmonlar bilan qoplanib yotadi.
Balandlik mintaqalari Himalay tog`larining sernam va balandligining o`rta hisobda 6000 m gacha bo`lgan janubiy yon bag`irlarida boshqa joylardagiga qaraganda yaqqol namoyon bo`lgan. Tog` etaklarini qoplab yotgan nam subekvatorial o`rmonlardan yuqorida tog` suptropik va boreal tiplardagi nam sevar o`rmonlar tarqalgan, undan balandda esa subalp hamda alp o`tloqlari o`sib yotadi va abadiy muz va qorlar mintaqasi boshlanadi.
Qadimdan dehqonchilik rivojlangan rayonlarda musson aralash o`rmonlari o`rnida katta maydonlarda antropogen savannalar vujudga kelgan. O`rmonlarning tugatilishi oqim rejimi hamda tuproq qoplamini harakterining o`zgarishiga sabab bo`lgan. Bir vaqtlar nam o`rmonlar bilan qoplanib yotgan Gang-braxmaputra deltasida hozirgi vaqtda bog` park landshaftlari xukmrondir. Bazi bir joylarda tabiiy landshaft qiyofasini kishilarning ko`p asrlik mehnat faoliyati shu qadar o`zgartirib yuborganki hozirgi vaqtda ilgarigi tabiiy zonalar chegarasini tasavvur qilish juda mohol.
Tropik mintaqa. Txar cho`lidan boshlab Eron tog`ligining janubiy qismi Arabiston orqali Qizil dengizgacha tropik cho`l va chala cho`l zonalari cho`zilib ketgan. Ular Afrikadan ham o`tgan tropik cho`l mintaqasini Osiyo qismini ishg`ol qilgan. Platasimon relyef deyarli yil bo`yi to`xtovsiz o`sib turadigan passat shamollari va shu sababli namning juda tanqisligi doimiy daryolarning yo`qligi katta-katta maydonlarda qumlarning ko`chib yurishi bepoyon toshloqlar unda - bunda o`sgan o`simlik-bu zonalar tabiatiga xos xususiyatidir. Tropik cho`llarda quyosh radiatsiyasining yillik miqdori 200-220 kk al/sm2 ga teng. Binobarin u havo tez-tez bulut bo`lib turadigan ekvatorial mintaqadagiga qaraganda ortiqdir. Havoda bulut kam bo`lganligi sababli to`g`ri tushuvchi quyosh radiatsiyasi asosiy rol o`ynaydi. Biroq cho`llar yuzasi nurni ko`p qaytarganidan bu yerda radiatsiya balansi shu geografik kengliklarda joylashgan okean yuzasidan hamda o`rmonlardagidan ham pastdir. Temperaturaning sutka davomida keskin o`zgarib turishiga namlik hamda bulutning kamligi sababdir.
Mintaqaning markaziy Osiyodagi qismi bilan Sharqiy Osiyodagi qismining vegitatsiya davridagi termik sharoit bir - biriga ancha o`xshash bo`lmagan holda, namlik darajasida kattagina faqat qiladi. Kontinental sektorning janubidagi Tatlamakon, Beshan, Alshan cho`llari joylashgan kengliklar eng qurg`oqchilikdir. Mumkin bo`lgan bug`lanish 2500 mm bo`lgan holda yillik yog`in miqdori 100 mm yetmaydi. Sharaqqa, Los platasiga va Mongoliyaning sharqiy tekisliklariga tomon namgarchilik biroz ko`payadi. Nam shu darajada tanqiski 100lab klometr yurilganda xam yuzaki qaraganda hayotda asar ham ko`rinmaydi: Na o`simlik, na hayvon, na chuchuk suv uchraydi. Faqat quruq daryo o`zanlari va qurib borayotgan ko`llar bor holos. Biroq bur quduqlari yordamida bazi joylarda yer osti suvlarining ancha katta sapazlari ko`rinadi.
Cho`l va chala cho`lar markazi Osiyoning janubiy yarimini to 41- 420 gradus shimoliy kengliklargacha, dasht va o`rmon dashtlari uning shimoliy yarmini ishg`ol qilgan. Markaziy Osiyo cho`llari o`simlik o`sishi uchun sharoit juda og`ir. Namlikni kam ekanligida tashqari, qishda ob-havoning keskin sovib ketish o`simliklarniing o`sishi va rivojlanishi uchun juda yomon sharoit vujudga keltiradi.
Markaziy Osiyo cho`l va chala cho`llari tuproqlari sarg`ish - qo`ng`ir va bazi buz qo`ng`ir tuproqlaridir. Tuproqlarining rangining o`zgarishi challa oksidlanish xisobiga ro`y beradi.
Cho`l va chala cho`llarining asosiy o`simliklari kserofit butalar hamda chala butalardir.
Gobining sharqiy qismida borbudurgan, baglur, tar o`sadigan sho`ralar formatsiyalari eng ko`p tarqalgan. Buta va kichik butalar saksavullar va efedralardan iborat. Reomyuriya chala butalar keng tarqalagan.
Dashtlar zonasi 41-420 gradus shimoliy kengliklardan shimolroqda tarkib topgan. Yog`in sochindan tog`lar bilan to`silgan joylarda – Jung`oriya (XXR) va ko`p (MXR) kotlovinalarida chala cho`llar dashtlar zonasining ayrim bo`lib yuborgan. Umuman, dashtlar zonasi g`arbda nisbatan kambarg, sharqi tomon kengayib boradi, katta Xingan tog`larigacha yetib boradi va bu yerda namlik miqdori ko`payishi sababli janubga va sharqqa, Shimoliy – Sharqiy Xitoy tekisliklariga o`tib ketadi. Katta Xingan shimoliy yon bag`ri tilyog`och tagas o`rmoni bilan qoplangan, janubiy yon bag`ri o`rmon – dashtlaridan iborat. Dashtlarning janubiy Tyanshan tizma tog`laridan o`tadi, bu tizimining tog` oldi yerlari tarxiy vaqtda o`rmon dashtlar bilan qoplangan bo`lgan, bu o`rmon dashtlar shimolida o`z platasiga qadar yetib borgan bo`lishi mumkin. Yevropa dashtlaridan farq qilib bu yerdagi dashtlarning zuno tuproqlari qora tuproqlari emas balki ishqori yuvilgan kashtan tuproqlari. Bu tuproqlari qum va chag`ir toshli ona jinslar ustida tashkil topgan hamda sho`rtoq emas. Ular kashtan, to`k tusli kashtan va och tusli kashtan turoqlarga bo`linadi. Bu tuproqlar rangi ulardagi gumus miqdoriga bog`liqdir. To`q tusli kashtan tuproqlarning ustki qatlamida 4%dan 6% gacha, och tusli kashtan tuproqlar esa 2% dan 4% gacha gumus bo`ladi.
Osiyo mo`tadil mintaqasining Tinch okeani sektorida keng va aralash bargli o`rmonlar zonasi mavjud. Aralash o`rmonlarda dubning mahalliy turlari, zarang, lipa, Koreya kedri, qora pixta kabilar ko`pchilikni tashkil etadi.
Shimoli-sharqiy Xitoy tekisliklarida preriyalar zonasi ajratiladi. Bu zona o`rmon-dashtlarning preriyaga o`xshagan formasidir. Tuproqlari tarkibida 5-9% gumus bor. Hozir bu yerlar madaniy landshaftga aylantirilgan.
Tayga zonasi Osiyoning okean bo`yi sektorida katta maydonni egallamaydi. Bu yerda o`rmonlar ostida qalin o`tlar o`sadi, tuprog`i podzol tuproqlardir.


  1. Download 1,66 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Osiyo Geografik mintaqalari va tabiat zonalari

Download 1,66 Mb.