|
Osiyoning geologic tuzilishi, tektonikasi relyefi va foydali qazilmalari
|
bet | 13/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblariOsiyoning geologic tuzilishi, tektonikasi relyefi va foydali qazilmalari
Geologik tuzilishi. Osiyo yer yuzasining to`rtdan uch qismidan ortiqrog`ini turli balandlikdagi va shakldagi tog` tizmalari hamda tog`liklar, yassi tog`lik va platolar ishg`ol qilgan; ular Osiyoning markaziy qismlarini ham, deyarli butun chekkalarini ham egallab olgan. Tog`li o`lkalar orasida Tibet, Eron va Kichik Osiyo tog`liklari, Markaziy Osiyoning shimoliy qismidagi hamda Xindiston yarim orolida-
gi yassi tog`lik va tog`liklar ayniqsa katta maydonlarni ishg`ol qiladi. Ana shu yassi tog`lik va tog`liklarni chekka tog`lar ulkan yoylar shaklida o`rab olgan. Bu chekka tog`lar ba`zi yerlarda bir-birlaridan ajralib, ikkita tog` kamarini hosil qiladi, ba`zi joylar esa ular yana yagona tog` tuguniga to`planadi. Bu tog`lar kamari orasidagi eng baland tog` tizmalari kichik Osiyo tog`ligining shimolidagi Pontiya eng baland tog`liklar va tog` tizmalari kamari Old Osiyo, Tibet orqali o`tib, Xindixitoygacha cho`zilgan.
Qayd qilib o`tilgan tog` kamaridan tashqarida nisbatan uncha baland bo`lmagan (400 m dan 500-1000 m gacha) yemirilgan tog`lik o`lkalar joylashgan. Shu bilan birga bu yerlarda tog` tizmalari ma`lum bir tomonga yo`nalmagan.
Arabiston va Xindiston yarim orollarida o`rtacha balandlikdagi va past platolar hamda yassi tog`liklar ko`pchilikni tashkil etadi.
Osiyoning g`arbiy Sibir va Turon tekisliklaridan boshqa tekisliklari katta emas. Tekisliklar Osiyoning ichki rayonlarida ham, chekkalarida ham bor. Osiyoning pastak tekisliklari uning chekkalarida joylashgan. Tekisliklar tog`lar bilan o`ralgan bo`lib, ular tog`larda yemirilgan mahsulotlar, asosan allyuvial jinslar bilan tez to`lib boradi. Shu sababli pastak tekisliklar maydoni ayniqsa dengiz tomonga, ya`ni delta qismlari tomonga o`sib boradi. Chekkadagi pastak tekisliklarga Mesopotamiya, Xind-Gang, Iravadi, Mekong, Shimoliy Xitoy va Sunlyao pasttekisliklarini misol qilib ko`rsatish mumkin.
Gipsometrik va tektonik kartalar bir-birlariga taqqoslansa, Osiyodagi yirik relyef shakllarining asosiy tektonik bo`laklarga mos kelishini osongina payqash mumkin. Vaxolanki, xozirgi relyefning ko`pgina xususiyatlari tektonik strukturalarning yoshi va tarixi bilangina bog`liq bo`lmay, yaqin o`tgan geologik davr hamda xozirgi zamoninng ekzogen jarayonlari bilan ham bog`liqdir.
Osiyo, aniqrogi Yevrosiyo qadimiy yadro, ya`ni kembriydan avval paydo bo`lgan Shimoliy Amerika platformasiga tobora yosh burmali oblastlarning muntazam ravishda qo`shilib turishi yo`li bilan tarkib topgan. Shimoliy Amerikadan farq qilib, bir kancha ana shunday qadimiy yadrolar: Sibir, Xitoy Sharqiy Yevropa platformalariga ega bo`lgan.
Bu platformalar oralig`ida bosqichma-bosqich asta-sekin rivojlanib borgan paleozoy hamda mezozoy davrlarining burmalangan zonalari ana shu platformalar kiyofasiga tobora moslashib bordi.
Markaziy Osiyoning gumbazsimon va palaxsasimon xarakatlar zaifrok ro`y bergan tog`li rayonlardagi xozirgi relyef o`rtacha balandlikdagi va past tog`lardan iborat. Neotektonik xarakatlar to`rtlamchi davrdan oldin tarkib topgan relyefning yosharishigagina olib keldi. Burmalangan negiz kam o`zgaradi. Bunday tog`lar Mongoliya Xalk Respublikasi territoriyasi uchun xosdir. Shunday qilib, neotek-tonik xarakatlar turli xil natijalarga olib keldi: materikning markaziy qismida baland tog`lar va chuqur cho`kmalar vujudga keldi, chekka rayonlarning tektonik tuzilishi hamda relyefi esa nisbatan kam o`zgardi.
Tog`larda suv eroziyasining roli yana ham katta bo`lgan. Suv eroziyasi yon bag`irlardagi dastlabki o`nqir-cho`nqirliklarni kengaytirgan hamda chuqurlangan. Eroziya natijasida o`yilgan joylarning chuqurligi Markaziy Osiyoning chekka tog`larida uch-to`rt ming metrga yetadi va undan ham ortadi. Bunga vertikal ko`tarilishlar, ya`ni tektonik xarakatlar natijasida eroziya bazasining o`zgarishini sabab qilib ko`rsatish mumkin.
Foydali qazilmalari. Osiyoning bir kancha rayonlari xozircha kam tekshirilgan. Biroq Osiyoning temir, marganets, xrom, molibden, volfram, qalay, vismut, margimush, surma, alyuminiy, mis, qo`rg`oshin, rux, oltin, nikel, kobalt, simob, titan, vanadiy shuningdek uran hamda toriy rudalariga boyligi xozirning o`zidayok ma`lumdir.
Metall rudalarining asosiy zapaslari qadimiy platformalarda hamda massiv kristall yoki metamorfik jinslar yer yuzasiga chiqib yotgan tog`lik o`lkalarda joylashgan. Yoqilgi-energetika qazilmalari odatda tog` oldi va tog` oralig`idagi cho`kindi jinslar qoplami, platformalar sineklizalari hamda cho`kkan turg`un massivlar bilan bog`liqdir.
Rudali foydali qazilmalar dastavval qadimiy madaniyatga ega bo`lgan mamlakatlar - Xindiston bilan Xitoy topilgan va ishlatila boshlagan. Xindiston platformasining arxey-proterozoy jinslari temir rudalariga boy.
Old Osiyo tog`liklarida va Janubi-Sharqiy Osiyoda ham ko`pgina ko`mir konlari bor. Sharqiy Osiyoning orollari yoyida ko`mir kam uchraydi.
Mesopotamiya tog` oldi bukilmasida neft juda ko`p. Neft konlari Eron tog` oldi zonasidagi burmalangan strukturalarda va Arabiston platformasining sharqiy qismida ham bor. O`rta Sharqning neftli oblasti neft zapasi jixatidan kapitalistik dunyodagi eng boy rayondir.
Relyefi - Yer po`stining geosinklinallarida ham, platformalarida ham g`oyat aktiv ro`y bergan mezozoy-kaynozoy tektonik xarakalari Osiyoning struktura planini juda o`zgartiri yuboradi va platformaga qadimda hamda yangidan qo`shilgan quruqliklar relyefidagi farqlarni ancha kamaytiradi. Tektonik xarakatlar relyefning yirik endogen mega shakllarini vujudga keltirish bilan birga relyef hosil kiluvchi ekzogen jarayonlarning yo`nalishini ham oldindan belgilab berdi, chunki bu xarakatlar Osiyoning ichki rayonlari bilan chekka okean bo`yi rayonlarga iqlimining kontinentalligida hamda oqim sharoitlarida keskin farqlarni vujudga keltirdi. Xorijiy Osiyoda geologik tuzilishiga va ham endogen, ham ekzogen jarayonlar natijasida tarkib topgan relyef shakllariga qarab o`n bitta yirik morfostrukturali rayonni ajratib kursatish mumkin.
Arabiston va Xindiston yarim orollarining relyefi kristall va metamorfik zamin ustida yotuvchi peneplenlarning keng tarqalganligi bilan ajralib turadi. Yarim orollarning ichki qismlarini yosh dislokatsiyalar buzib turadi. Ayniqsa ular yarim orollarning g`arbiy chekkalarida kuchli rivojlangan.
Arabiston yarim orolining g`arbiy qismlarida balandlik amplitudasi katta. Bu yerda -748 metrli O`lik dengizdan balandligi 3000 metrgacha bo`lgan tog` massivlari mavjud.
Arabiston va Xindiston yarim orollari shimolda xamda shimoliy sharqda tog` tizmalariga paralel xolda cho`zilgan Mesopotamiya va Xind Gang pasttekisliklari bilan chegaralanadi. Bu pasttekisliklar allyuvial jinslar bilan to`lgan tog` oldi chuqur bukulmalarini ishg`ol qilgan. Himalayoldi bukilmasining sharqiy qismida allyuvial yotqiziqlarning qalinligi 8-9 kmga yetadi. Hind-Gang pasttekistligida, uning sharqiy qismidagi gorst (irg`itma) balandlik – Shillong platosini hamda Dehli yaqinidagi Aravalli sistemasi va boshqa joylarni hisobga olmaganda, tub jinslar hech bir joyda yer yuzasiga chiqmaydi; shu sabali relyef nihoyatda tekisdir.
|
| |