Janubiy Amerikaning o’ziga xos xususiyatlari va materik tabiatini o’rganishning asosiy bosqichlari




Download 1,66 Mb.
bet21/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

21. Janubiy Amerikaning o’ziga xos xususiyatlari va materik tabiatini o’rganishning asosiy bosqichlari
Dunyodagi eng sersuv daryosi, eng baland va eng keng sharsharasi, eng katta iloni, eng mitti «odamxo‘r» balig‘i, eng uzun tog‘i, eng katta daryo havzasi, eng balandda joylashgan chuchuk suvli katta ko‘li, eng baland harakatdagi vulqoni, eng qalin Amazoniya o‘rmonlari - «sayyoramiz o‘pkasi» bor. Eng sernam materik.
Geografik o'rni. Janubiy Amerika maydoning kattaligi jihatidan materiklar orasida to'rtinchi o'rinda turadi. Materikning katta qismi janubiy yarimsharda joylashgan. Uning shimoliy qismidan ekvator kesib o'tadi. Shimoldan janubga 7000 km, g'arbdan sharqqa 5000 km cho'zilgan. Janubiy Amerikaning eng keng joyi 5150 km, tor joyi 600 km.dan oshmaydi..
O'rganilishi. Amerikaning kashf etilishi haqida aniq ma'lumotlar yo'q. Xristofor Kolumbgacha, ya'ni XV asrdan oldin Amerikaga xitoylar, yaponlar, finikiyaliklar, arablar, inglizlar, skandinaviyaliklar, okeaniyaliklar borganligi haqida dalillar topilmoqda. Vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy o'zining "Hindiston" asarida Amerika quruqligining mavjudligini X.Kolumb kashfiyotidan 450 yil oldin bashorat qilgan.
XKolumb «Yer shar shaklida» degan g‘oyaga asoslanib, Hindistonga g‘arbdan yaqin dengiz yo‘li bilan borish uchun safarga chiqadi. U 1492-yilning 12-oktabr kuni San-Salvador (ispancha xaloskor degani) oroliga keladi. Bu sana Amerika kashf etilgan kun tariqasida geografiya tarixiga kiritilgan. Buyuk geografik kashfiyotlar davrini boshlab bergan.
Amerigo Vespuchchi (asli italiyalik, Ispaniya dengiz flotida xizmat qilgan) 1499-1504 yillardagi Janubiy Amerikaga uyushtirgan ikkita sayohati davrida birinchi bo‘lib bu yerlar Hindiston emas, balki yirik quruqlik - Yangi Dunyo ekanligini aytib, uning tabiatini mohirona tavsiflab yozadi. 1507-yildan boshlab Yangi Dunyoga Amerika deb nom berildi.
Janubiy Amerika hududi relyef tuzilishiga ko‘ra ikki qismga bo‘linadi. Birinchisi tog‘li g‘arb. Bu deyarli meridianal yo‘nalishdagi eng uzun (9000 km) And tog‘ tizmalaridir. And tog‘lari ko‘p qismida tog‘ tizmalarini, markaziy qismida tog‘lik va yassitog‘liklarni (3500-4500 m) hosil qiladi.

Download 1,66 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Janubiy Amerikaning o’ziga xos xususiyatlari va materik tabiatini o’rganishning asosiy bosqichlari

Download 1,66 Mb.