• Andsiz SHarq
  • Lyanos Orinoko.
  • Gviana yassi tog‘ligi va Gviana pasttekisligi.
  • Amazonka pasttekisligi.
  • G‘arbiy Amazoniya
  • Braziliya yassi tog‘ligi.
  • Markaziy tekisliklar.
  • Gran-CHako tekisligi
  • Janubiy Amerikaning asosiy tabiiy geografik o’lkalari




    Download 1,66 Mb.
    bet24/171
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,66 Mb.
    #231734
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   171
    Bog'liq
    attaestatsiya javoblari

    24. Janubiy Amerikaning asosiy tabiiy geografik o’lkalari
    Janubiy Amerikaning orografik tuzilishi SHimoliy Amerikaga o‘xshash bo‘lib, uning g‘arbiy Tinch okean sohili meridian bo‘ylab cho‘zilgan And tog‘I tizimi bilan band. Materikning sharqiy katta kismi keng maydonlarni egallab olgandar biri mustaqil orotektonik strukturaga ega bo‘lgan pasttekisliklardan va yassi tog‘liklardan iborat. Landshaft komplekslari And tog‘ tizimida kenglik va balandlik bo‘ylab o‘zgarib borsa, pasttekisliklarda va baland tog‘liklarda kenglik bo‘ylab va qisman meridianal yo‘nalishda o‘zgarib boradi. SHuning uchun Janubiy Amerika orotektonik tuzilishi va landshaft komplekslarining zonal hamda vertical differensiatsiyalanishiga ko‘ra ikkita yirik qismga-pasttekislik va yassi tog‘lik tabiiy geografik o‘lkalardan tarkib topgan sharqiy qismga yoki Andiz SHarqqa va baland zonal tog‘li tabiiy geografik o‘lkalardan tarkib topgan g‘arbiy qismga yoki Andli G‘arbga bo‘linadi. Andsiz SHarq Janubiy Amerikaning sharqiy qismi er yuzasining morfologik tuzilishi, orotektonik xususiyatlari hamda yirik landshaft komplekslarining ichki va tashki farqlariga ko‘ra bir necha pasttekislik va yassi tog‘lik tabiiy geografik o‘lkalarga bo‘linadi. Bular shimoldan janubga qarab quyidagilarni tashkil etadi: Lyanos Orinoko, Gviana yassi tog‘ligi va Gviana pasttekisligi, Amazonka pasttekisligi, Braziliya yassi tog‘ligi, Markaziy (Ichki) tekisliklar, Kordilera oldi va Pampa Serralari hamda Patagoniya yassi tog‘ligi.
    Lyanos Orinoko. Lyanos Orinoko yoki Orinoko paettekislish materikning shimoli-sharqida, Orinoko daryosining chap sohilida, SHimoliy And tog‘lari, Gviana yassi tog‘ligi va Guavyare daryosi oralig‘ida joylashgan. Lyanos Orinoko And tog‘lari bilan Gviana yassi tog‘ligi oralig‘idagi tektonik bukilmada hosil bo‘lgan pasttekislik. U janubi-g‘arbdan shimoli-sharqqa qarab 1000 km masofaga cho‘zilgan, keng joylari 300-400 km ni tashkil etadi. Lyanos Orinokoning kata qismi Venesuelaga va janubi-g‘arbiy kichikroq qismi Kolumbiyaga qaraydi. Gviana yassi tog‘ligi va Gviana pasttekisligi. Bu tabiiy geografik o‘lka materikning shimoli-sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, ikkita yirik landshaft regionidan-yassi tog‘lik va pasttekislik landshaft komplekslari majmuasidan tarkib topgan. Gviana pasttekisligi o‘lkani shimoli-sharqiy qismini, Atlantika okeani qirg‘oqbo‘yi pasttekisliklarini egallab olgan. Pasttekislik Atlantika okeani tomonidan Gviana yassi tog‘ligiga qarab asta-sekin ko‘tarilib boradi. Uning sohilbo‘yi polosasi botqoqlangan keng maydoni gashkil etadi. Qirg‘oqdan uzoqlashgan sari botqoqlangan pastqam erlar tekis, rovon ko‘tarilib borgan va kristall jinslardan tarkib topgan plato bilan almashinadi. Janubi-g‘arbga borgan sari er yuzasi yanada baland ko‘tarilib tipik kristalli peneplen-Gviana yassi tog‘ligi bilan tutashib ketadi. Amazonka pasttekisligi. Amazonka pasttekisligi yoki Amazonii maydoni jihatdan faqat Janubiy Amerikada emas, balki barcha, materiklardagi tabiiy geografik o‘lkalar orasida eng yirik ekvator pasttekislik hisoblanadi. U shimolda Gviana, janubda Braziliya yassi tog‘liklari bilan chegaralanib, g‘arbda And tog‘lari etagidan boshlanadi va sharqda Atlantika okeanigacha davom etadi. Maydoni 5 mln. km2 dan ortiq. Amazoniya Janubiy Amerika platformasining sinekliza (botiq) qismini paleogen, neogen va antropogen davrlarining dengiz, ko‘l va daryo yotqiziqlari bilan to‘lishi natijasida paydo bo‘lgan. G‘arbiy Amazoniya pasttekislikning eng kengaygan qismi bo‘lib, eni 1600 km gacha etadi. Er yuzasi antropogen davri yotqiziqlaridan tarkib topgan bir xil ko‘rinishdagi tekislik. Uning balandligi And tog‘lari etagida okean sathidan 100 m dan oshmaydi, Manaus shahri yaqinida 20 m ni tashkil etadi. Bu erda daryolar juda sekin oqadi, vodiylar chuqur kesilmagan, qayirlar juda keng va qing‘ir-qiyshiq. Meandralar va qoldiqli daryo uzanlari yaxshi rivojlangan. Iqlimi ekvatorial doimiy nam va issiq iqlim. Yillik yog‘in mikdori 3000-3500 mm ni tashkil etadi. Tuproq qoplami asosan podzollashgan kizil laterit tuproqlardan iborat. Daryo vodiylarida allyuvial tuproqlar vujudga kelgan. Suv bosadigan joylarda botqoq tuproqlar uchraydi. Braziliya yassi tog‘ligi. Bu tabiiy geografik o‘lka Amazoniyaga nisbatan ham kattaroq maydonni egallab, Janubiy Amerikaning sharqiy qismini asosini tashkil etadi. U shimolda Amazonka pasttekislgi bilan janubi-g‘arbda Markaziy pasttekisliklar bilan va sharqda Atlantika okeani bilan chegaralangan. YAssi tog‘likning aksariyat qismi Braziliyaga, eng janubiy qismi Urugvayga, janubig‘arbiy chekka qismi Paragvay va Argentinaga qaraydi. YAssi tog‘likning sharqiy va janubi-sharkiy yon bag‘rlari Atlantika okeani sohilidan tik ko‘tarilgan. Uning shimoliy yon bag‘ri Amazoniyaga va janubi-g‘arbiy yon bag‘ri La-Plata pasttekisligiga kiyalanib tutashadi. lariga boy bo‘lgan daryolarda elektr stansiyalar qurilgan. Markaziy tekisliklar. Markaziy yoki Ichki tekisliklar o‘lkasi shimolda Amazonka pasttekisligi, janubda Patagoniya YAssi tog‘ligi, g‘arbda And tog‘lari va sharqda Braziiliya YAssi tog‘ligi bilan chegaralangan. Uning hududi Braziliya, Boliviya, Argentina, Paragvay va Urugvay mamlakatlariga qaraydi. Markaziy tekisliklar morfologik tuzilishi va tabiiy geograf xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq kiladigan ikkita yirik qismga-Gran-CHako tekisligi va La-Plata pasttekisligiga bo‘linadi. Gran-CHako tekisligi Janubiy Amerikaning markaziy qismida joylashgan tabiiy geografik oblast hisoblanadi. Uning er yuzasini qiyaligi g‘arbdan sharqqa qarab pasayib boradi. G‘arbda And tog‘lari etagida tekislikning okean sathidan balandligi 500-700 m ni, sharqda La-Plata pasttekisligi bilan tutash joylarda 50 m ni tashkil etadi. Gran-CHakodan shimolda platformaning kristall poydevori er yuzasiga ko‘tarilib balandligi 1425 m keladigan CHochi tepaligini hosil qilgan. Bu tepalik Amazonka va Paragvay daryolari o‘rtasida suvayirg‘ich vazifasini bajaradi.

    Download 1,66 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   171




    Download 1,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Janubiy Amerikaning asosiy tabiiy geografik o’lkalari

    Download 1,66 Mb.